• Insoniyat uchun oqibatlari
  • Ajratilgan soat-2 soat Plastik ifloslanish




    Download 66.64 Kb.
    bet2/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi66.64 Kb.
    #166637
    1   2   3
    Bog'liq
    5-mavzu.sanoat
    atrabotka maruza matematika, Mavzu Xavsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag rikenglikni, 2-qism amaliy mashg\'ulot , o\'tkinchi jarayonlar sxemalar, 88 (16), 88 (9), 27, 88 (14), 88 (40), 88 (2), 88 (10), 88 (8), 2024 FieldOfStudy, 88 (25), 88 (230)

    Hayvonlarga taʼsiri


    Plastik ifloslanish hayvonlarni zaharlashi, bu esa oʻz navbatida insonning oziq-ovqat taʼminotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Plastik ifloslanish yirik dengiz sutemizuvchilarga juda zarar koʻrsatishi aniqlangan va bu „Dengiz biologiyasiga kirish“ kitobida ular uchun „eng katta tahdid“ deb baholangan. Dengiz toshbaqalari kabi baʼzi dengiz turlarining oshqozonida katta miqdorda plastmassa borligi isbotlangan. Bu sodir boʻlganda, hayvon odatda ovqat iste’mol qila olmay och qoladi, chunki plastik hayvonning oshqozon-ichak yoʻlini toʻsib qoʻyadi. Dengiz sutemizuvchilari baʼzan toʻr kabi plastik buyumlarga oʻralib qoladi, bu esa ularga zarar yetkazishi yoki hatto oʻldirishi mumkin.
    260 dan ortiq hayvon turlari, jumladan, umurtqasiz jonzotlar plastikni tasodifan yutib yuborishi yoki plastik chiqindilarga oʻralib qolishi xabar qilingan. Biror jonzot ularga oʻralashib qolsa, harakati keskin cheklanadi, bu esa unga oziq-ovqat topishni juda qiyinlashtiradi. Oʻralib qolish odatda oʻlimga yoki ogʻir tana jarohati va yaralarga sabab boʻladi. Hisob-kitoblarga koʻra, har yili 400 000 dan ortiq dengiz sutemizuvchisi okeanlarning plastik ifloslanishi oqibatida nobud boʻladi. 2004-yilda Shimoliy dengizdagi chagʻalaylar oshqozonida oʻrtacha oʻttiz donadan plastik buyum borligi hisoblab chiqilgan.

    Insoniyat uchun oqibatlari


    Plastik plastmassa turiga qarab, turli xil kimyoviy moddalarni oʻz ichiga oladi. Kimyoviy moddalar qoʻshilishi plastmassaning koʻp maqsadli boʻlishi asosiy sababidir, shu sabab u bilan bogʻliq muammolarni ham keltirib chiqaradi. Plastmassa ishlab chiqarishda ishlatiladigan ayrim kimyoviy moddalar teri orqali odam tanasiga soʻrilish mumkin. Ushbu kimyoviy moddalar odamga qanchalik jiddiy jismoniy zarar yetkazishi haqida hali koʻp narsa maʼlum emas. Plastmassa ishlab chiqarishda ishlatiladigan baʼzi kimyoviy moddalar inson terisiga tushganda, dermatitga olib kelishi mumkin.
    JSST mikroplastikning odamga qanchalik xavf solayotgani hali isbotlanmaganini eʼlon qildi. Jami 52 ta nashr koʻrib chiqildi va faqat toʻrttasi sifat talablariga javob berishi aniqlandi. Mutaxassislar bugungi kunda ichimlik suvidagi mikroplastik konsentratsiyasi odam uchun xavfli emasligini taʼkidlamoqda, ammo bu muammo yetarlicha oʻrganilmaganini ham tan oldi — tashkilot, aniqroq baholash uchun yanada sifatli tadqiqotlar oʻtkazish zarur, deb hisoblaydi. Plastik ifloslanish odamlarga estetik taʼsir koʻrsatishi, ya’ni tabiiy muhitdan zavqlanishga xalaqit berishi mumkin.
    Keniya soʻnggi yillarda plastik qoplarni taqiqlayotgan, katta miqdorda jarima solayotgan va jinoyatchilarni qamash bilan jazolayotgan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Tailand Janubi-Sharqiy Osiyoda bir martalik plastik qoplarni taqiqlagan birinchi mamlakatlardan biri boʻlib, dunyodagi atrof-muhitga chiqindilarni tashlash boʻyicha oltinchi eng yirik mamlakat hisoblanadi. Mutaxassislar plastmassani qayta ishlashning uchta asosiy usuli borligini aytadi. Ular sirasiga plastikni poligonlarga koʻmish, yoqish yoki ishlab chiqarishda qayta ishlatish uchun qayta ishlash usullari kiradi.

    Download 66.64 Kb.
    1   2   3




    Download 66.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajratilgan soat-2 soat Plastik ifloslanish

    Download 66.64 Kb.