Reja: O’simliklar olami




Download 1.01 Mb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#71159
  1   2   3
Bog'liq
Nozima
word, Протокол — копия, 3d printer, 2 5238123452568700120, Eratosfe2

Mavzu: Turli guruhlarda tabiat burchagida o’simlik va hayvonlarni parvarishlash va ularga g’amxor’lik qilish
Reja:

  1. O’simliklar olami

  2. Maktabgacha ta’lim maskanlarda tabiat burchaklari

  3. O’simliklar burchaklari

Oʻsimliklar — tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim Oʻ. (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻ.ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻli, yopishib yashash va boshqalar) hamma Oʻ.ga tegishli emas, lekin bu belgilarning majmui Oʻ.ni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi — xloroplastlar boʻlishidir. Tuzilish darajasi orta borgan sari Oʻ. bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi.
Oʻ.ning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). Oʻ. tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq.
Anʼanaga koʻra, XX asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻ. dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak Oʻ.ga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350 000 turdan iborat barcha Oʻ.ni oʻz ichiga oladi.
Oʻ.ning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 mlrd. yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻganligi taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak Oʻ. — riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli Oʻ. (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan.
Oʻ. Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamning hayotini Oʻ.siz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan Oʻ. anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda Oʻ. atmosferadan S02gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil Oʻ. atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻ. organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi Oʻ. turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻ.ning xilmaxil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilma-xilligini belgilab beradi. Oʻ.ning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham Oʻ. bilan bogʻliq.
Oʻ.ning gʻoyat xilma-xil turlaridan urugʻli Oʻ., asosan, gulli Oʻ. katta ahamiyatga ega. Urugʻli Oʻ. oziq-ovqat, kiyimkechak, yoqilgʻi, qurilish materiallari va boshqalarni beradi (qarang Madaniy oʻsimliklar). Odam juda katta maydonlarda madaniy Oʻ.ning sunʼiy qoplamlari (ekin ekiladigan dalalar, bogʻlar, xiyobonlar va boshqalar)ni barpo etishni, Oʻ.ning xilma-xil navlarini yaratishni bilib olgan. Ammo Oʻ.ni koʻp miqdorda yigʻib olish va Oʻ. boyliklaridan oqilona foydalanmaslik ularning juda katta maydonlarda yoʻqolib ketishiga olib keldi; koʻplab oʻsimlik turlarining butunlay yoʻqolib ketish xavfi tugʻildi. Shu sababdan, Oʻzbekistonda Oʻ.ni himoya qilish va ularning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish toʻgʻrisida maxsus qonun qabul qilingan (qarang Tabiashni muhofaza qilish). Oʻzbekiston Qizil kitobiga noyob va yoʻqolib borayotgan Oʻ. turlari kiritilgan. Oʻ.ni botanika fani oʻrganadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni tabiat bilan tanishtirish tabiat bilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida tabiat burchagiga ega bo‘lishdir. Biroq butun bolalar muassasasi uchui umumiy tabiat burchagiga ega bo‘lish yanada yaxshiroq. Undan yoshlar guruxlari tabiat burchaklarida yashovchi hayvonlarni to‘ldirib turishda foydalanish mumkin. Bolalarning tabiat burchagidagi mehnati hamda o‘simlik va hayvonlarni kuzatishlari butun yil davomida (qishda, kech kuzda va erta bahorda) tashkil etiladi. O‘rta mintaqa sharoitlarida bolalarning yer uchastkasidagi mehnat va kuzatishlari bu davrlarda anchagina qisqaradi. Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va tizimli tarzda tanishtirish, ularda tabiat burchagida yashovchilar haqida pishiq va anglangan bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish, kuzatuvchanlikni o‘stirish ishi uchun sharoit ana shunday yaratiladi. Ana shu malaka va ko‘nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi. Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga, ularning o‘ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalarning anchagina chuqur, mustahkam bilimga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Bevosita tabiatda bolalar uchratadigai hayvonlar va o‘simliklarning xilma-xilligi hayvon va o‘simliklar hayotidagi umumiy,ahamiyatli hamda qonuniylikni ajratib ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob’ektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkonini beradi. Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar masalan, aytaylik akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko‘rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Bu tasodifiy yashovchilarni saqlashning oldini olishga yordam beradi, mehnat hamda kuzatishlarning bolalarga tarbiyaviy va ta’limiy ta’sirini ta’minlaydi. Tabiat burchagi uchun hayvon va o‘simliklarni tanlashga qo‘yiladigan talablar. 1. O‘simlik yoki hayvon u yoki bu tizimli yoki ekologik gurux uchun xos bo‘liish lozim. Bunday holda bolalarni o‘simlik va hayvonlarning katta guruxi uchun xarakterli bo‘lgan asosiy, o‘ziga xos belgilari, yashail sharoiti yoki tarzlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi. 2. Tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarning qo‘lidan keladigan (tarbiyachining ishtiroki va rahbarligi ostida) bo‘lishi lozim. Shuning o‘chun «beor» o‘simliklar va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi. 3. Tabiat burchagidagi hayvon va o‘simliklar tashqi ko‘rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha yoshdagi bolaning hali unchalik barqaror bo‘lmagan diqqatini o‘ziga jalb qilib tura oladigan bo‘lishi kerak. 4. Bir turdagi o‘simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo‘lishi lozim, bolalar kuzatish ob’ektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki individual belgilarni ham ko‘ra oladilar, bu bolalarni tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini anglashlariga olib keladi. 5. O‘simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo‘lishi, bolalarning sog‘liqlariga hech qanday zarar yetkazmasligi lozim. 6. O‘simlik va hayvonlarning bolalar tashkiloti binosidagi normal hayot faoliyati, o‘sishi va rivojlanishida, binoning doimiy temperaturasini, karbonat angidrid gazining katta konsentratsiyasini, quruqligi, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim. Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirish. Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlari nazarda tutilishiga e’tibor berish lozim. Masalan, ba’zi xona o‘simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurining ko‘proq bo‘lishini talab qiladilar, shuning uchun ularni eng yorug‘ joyga qo‘yish lozim, boshqalar (masalan, uzumbar gunafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh berolmaydi. Kaltakesak va qurbaqaning biologiyasi quyidagicha, kaltakesak yashayotgan terrariumni quyosh nuri yaxshi isitib turadigan joyga, qurbaqa yashaydigan terrariumni esa albatta soya joyga qo‘yish lozim. Shu bilan birga tabiat burchagi ko‘zni quvontiriish, intererni bezashi lozim. Va nihoyat, ob’ektlarni shunday joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari, tabiat burchagini kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari lozim. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkiloti tabnat burchagida yashovchilarning barchasini doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin. Doimiylar tabiat burchigida butun yil davomida xona o‘simliklari, baliqlar va shu kabilar yashasalar, vaqtincha yashovchilar esa guruxga qisqa muddatga olib kiriladi, Bular mahalliy o‘lka o‘simlik.va hayvonlari bo‘lib, ularning-hayot faoliyatlari u yoki bu mavsumda alohida qiziqarli va yorqin namoyon bo‘ladi (bahorgi dastlabki gullar; kuzda qiyg‘os gullaydigan gulxonadagi dekorativ o‘simliklar, hasharotlar va shu kabilar). 1-maranta 2-paporotnik amazon piyozguli— euxaris metal begoniya dog‘li begonaya briofillyum degremon

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tabiat burchagida doimo yashovchilar - xona o‘simliklaridir. Ular inson uyini qadimdan bezab kelganlar. Ulardan ba’zilari qiyg‘os va uzoq gullasa, boshqalarining bargi chiroyli, poyalari xilma-xil (tik o‘sadigan; yotib o‘sadigan, yuqoriga qarab o‘sadigan, chirmashib o‘sadigan va shu kabi. Xona o‘simliklarining asosiy ko‘pchiligi tropik va yarim tropik mamlakatlarda: qaynoq cho‘l va savannalar, tropik nam o‘rmon va botqoqliklar, tog‘ qiyaliklari va vodiylarda o‘sadigan o‘simliklardir. Tabiatdagi o‘sish o‘rniga ko‘ra xona o‘simliklari turlicha parvarishni (turli tuproqni, sug‘orishii, yoritilishni va shu kabilarni) talab qiladi. Xona o‘simliklari shunisi bilan qiziqarliki, ularning har bir turida aktiv aegetatsiyaning o‘z muddat va davrlari mavjud bo‘ladi. Xona o‘simliklari bebaho didaktik materialdir, shunnng uchun ham ular tabiat burchagida albatta bo‘lishlari shart.

Download 1.01 Mb.
  1   2   3




Download 1.01 Mb.