|
Mavzu: Virusga qarshi vaksina va ularni ishlab chiqish Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 228,81 Kb. | | #156820 |
Bog'liq 5m Reja: 1. Vaksina nima 2. Virusga qarshi vaksina qanday ishlab chiqiladi
1. Vaksina nima Vaksinalar (lot. vaccina — sigirga oid), emlashda ishlatiladigan moddalar —infeksion kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida qoʻllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, shuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegishli yuqumli kasalliklarga nisbatan sunʼiy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, oʻldirilgan, kimyoviy V. va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik V. (chechak, poliomiyelit, qizamiq, gripr, toun, tulyaremiya, silga qarshi V.) kasallik qoʻzgʻatish xususiyatini yoʻqotgan, biroq immunogen xossalarga ega boʻlgan, qoʻzgʻatuvchiga qarshi himoya antitelolar hosil qiladigan maxsus kuchsizlantirilgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sunʼiy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik V. qoʻllanilganda immunitet barqaror boʻlib, uzoq saqlanadi. Oʻldirilgan V. bakteriyalar va viruslarga yuqori temperatura, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, formalin, spirt yoki b. moddalar taʼsir ettirib tayyorlanadi (ich terlama, koʻkyoʻtal va b. kasalliklarga qarshi V.). Kimyoviy V. (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqshol va b. kasalliklarga karshi V.), mikroorganizmlar yoki ularning mah-sulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponentlardir. Anatoksinlar bakterial ekzotoksinlardan (qarang Toksinlar) ularning zaharli xossalarini formalinda zararsizlantirish yoʻli bilan olinadi. Tibbiyot amaliyotida bitga (monovaksina), ikkita (divaksina) yoki undan koʻp (polivaksina) mikroorganizm komponentlaridan iborat V.dan foydalaniladi. Mikroblarning bir necha tipidan tayyorlanib bitta yuqumli kasallikka qarshi qoʻllaniladigan vaksina polivalent vaksina deyiladi. V. turli yoʻllar bilan yuboriladi; muskul orasiga (qizamiq), teri ostita (ich terlama, toshmali terlama, paratiflar, dizenteriya, vabo, oʻlat va b.), teri yuzasiga (chechak, sil, tulyaremiya, kuydirgi), burunga (gripp) yoki ogʻiz orqali (poliomiyelit). Ayrim yuqumli kasalliklar (chechak, sil, difteriya va b.)ning oldini olish uchun V. reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha yuboriladi. V.ni keng qoʻllash tufayli bakterial va virusli infeksiyalar-ning oldini olishga muvaffaq boʻlindi. Veterinariya amaliyotida virusli (qutirish, Auyeski kasalligi, parranda chechagi, oʻrdaklar virusli gepatiti va b.) hamda bakteriyali (kuydirgi, brutsellyoz, leptospiroz, brauzet va b.) kasalliklarning oldini olish va davolashda tirik, oʻldirilgan V.dan keng foydalaniladi. Saidjalol ahromov, Hoshim Nurmamashov.Hozirgi kunda uning talofati 200 mlrd $ dan ortiq.
|
| |