|
Gen injeneriyasi yo'li bilan olinadigan vaksinalar. Fanda erishilgan ko'plab yutuqlarning ahamiyati evaziga yuzaga keldi va vaksinalar ishlab chiqishning biotexnologik 4 – avlodi hisoblanadi
|
bet | 6/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 228,81 Kb. | | #156820 |
Bog'liq 5m Gen injeneriyasi yo'li bilan olinadigan vaksinalar. Fanda erishilgan ko'plab yutuqlarning ahamiyati evaziga yuzaga keldi va vaksinalar ishlab chiqishning biotexnologik 4 – avlodi hisoblanadi. To'rtinchi avlod vaksinalarini olishda quyidagilarga amal qilinadi: patogent mikroorganizmlarning protektiv xossalariga javob beradigan antigeni aniqlanadi. So'ngra antigenni sintez qiluvchi “gen” ajratib olinib, odam normal mikroflorasi tarkibiga kiradigan, bakteriya genomi (masalan, ichak tayoqchasiga yoki achitqi zamburug'lari” ga biriktiriladi. Mikroorganizm ko'payishi natijasida sintez qilinadi. So'ng bu omillar alohida ajratib olinib, boshqa oqsillardan tozalanadi va vaksina sifatida ishlatiladi. Hozir achitqi zamburug'i genomiga kiritib, olingan gepatit “V” ga qarshi rekombinant vaksina dunyoda keng qo'llanilmoqda. Yuqumli kasalliklar profilaktikasida bir necha tarkibli vaksinalar ham ishlatiladi. Masalan, monovaksinalar bitta antigenga qarshi tayyorlangan bo'lib, organizmni shu antigenga xos kasallik qo'zg'atuvchisidan himoya qiladi. (Masalan, chinchechak, quturish, sil va qoqsholga qarshi), rivaksinalar ikkita antigen tutadi. (Bo'g'ma va qoqshol anatoksini). Trivaksinalar uchta antigendan tuzilgan, masalan AKDS (adsorbirovannaya koklyushno-difteriyno-stolbnyachnaya vaksina) ko'kyo'tal, bo'g'ma va qoqsholga qarshi vaksina. Assosiatsiya qilingan polivaksinalar hozirgi kunda bir muncha qulay va samarador hisoblanadi. Chunki, ular organizmda bir vaqtning o'zida bir nechta patologiyalarga qarshi immunitet hosil qiladi. Autovaksina vaksinaning o'ziga xos turi bo'lib, odamdan ajratib olingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Autovaksinalar ko'pincha stafilakokk, so'zak kasalliklarini davolashda qo'llaniladi. Vaksinalar teri ustiga, teri ostiga, mushaklar orasiga, og'iz orqali burun, tomoq shilliq qavatlariga, yuqori nafas yo'llariga immunizasiya qilinadi. Emlash yoshiga va epidemiologik holatga ko'ra o'tkaziladi. Tana harorati ko'tarilganda, og'ir yuqumli kasalliklardan so'ng, og'ir kechadigan surunkali infeksiyalarda, yurak etishmovchiligi va ba'zi a'zolar faoliyati buzilganda, homiladorlik vaqtida, ko'krak suti bilan emizayotgan paytda, allergik holatlarda, organizmda immunitet tanqisligi kuzatilganida, stress paytida emlash man etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gen injeneriyasi yo'li bilan olinadigan vaksinalar. Fanda erishilgan ko'plab yutuqlarning ahamiyati evaziga yuzaga keldi va vaksinalar ishlab chiqishning biotexnologik 4 – avlodi hisoblanadi
|