Virusga qarshi vaksina qanday ishlab chiqiladi




Download 228,81 Kb.
bet2/6
Sana15.02.2024
Hajmi228,81 Kb.
#156820
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5m

2. Virusga qarshi vaksina qanday ishlab chiqiladi

Vaksinalar yuqumli kasallikka olib kelishi mumkin boʻlgan viruslar, bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlarga taqlid qilish orqali ishlaydi. Bu bizning immunitet tizimimizni unga qarshi tez va samarali javob berishga "oʻrgatadi".

An’anaviy ravishda vaksinalar buni immunitet tizimimiz xotirasida saqlanib qolinadigan yuqumli kasallikning zaiflashgan shaklini kiritish orqali amalga oshiradi. Shunday qilib, bizning immunitet tizimimiz infeksiyani u bizni kasal qilishidan oldin tezda taniy oladi va unga qarshi kurashadi. Hozirda COVID-19 ga qarshi vaksina uchun nomzod vaksinalar aynan shunday ishlab chiqilmoqda.

Boshqa ishlab chiqilayotgan potensial vaksinalar uchun ham yangi yondashuvlardan foydalanilmoqda: ular RNK va DNK vaksinalari deb ataladi. RNK va DNK vaksinalar antigenlarni (immunitet tizimingizda antitanachalar hosil boʻlishiga olib keladigan modda) kiritish etish oʻrniga, tanamizga genetik kodni beradi, bu bizning immunitet tizimimizga zarur boʻlgan antigenni oʻzi ishlab chiqarishiga imkon beradi.

Har bir mamlakatda vaksinalar keng qoʻllanilishidan oldin ularning xavfsizligi va samaradorligini nazorat qiladigan, tartibga soluvchi organlar mavjud. Dunyo miqyosida JSST vaksinalar xavfsizligini ular joriy qilinishidan avval va hatto keyin ham koʻrib chiqadigan bir qator mustaqil texnik organlarni muvofiqlashtiradi. JSST tomonidan foydalanish uchun tasdiqlangan vaksinalar kasalliklarga qarshi kurashishda xavfsiz va samarali ekanliklarini koʻrsatish uchun jiddiy tekshiruvlardan va klinik sinovlardan oʻtkazildi. COVID-19 ga qarshi vaksinalar tez fursatlarda ishlab chiqilayotganligiga qaramay, ular qat’iy xavfsizlik va samaradorlik standartlariga javob bergan taqdirdagina tartibga soluvchi organlarning zarur ruxsatnomalarini olishlari mumkin.

UNICEF uchun bolalar va ularning oilalari xavfsizligi, jumladan xavfsiz vaksinani yetkazib berish masalasi eng ustuvor hisoblanadi.

Virusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni tezlashtirish va testlar, muolajalar va vaksinalardan teng huquqli asosda foydalanishni ta’minlashga qaratilgan global hamkorlikdir. ACT-Akseleratorning tarkibiy qismi sifatida COVAX, COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni jadallashtirish hamda dunyodagi har bir mamlakat uchun adolatli va teng huquqli foydalanish imkoniyatini kafolatlashga qaratilgan.


Download 228,81 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 228,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Virusga qarshi vaksina qanday ishlab chiqiladi

Download 228,81 Kb.