• «Korxona iqtisodiyoti» kursining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi
  • 1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»




    Download 353 Kb.
    bet1/67
    Sana29.01.2024
    Hajmi353 Kb.
    #147810
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    Korxona iqtisodiyoti maruza matn


    1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari.
    Reja:

    1. Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida

    2. «Korxona iqtisodiyoti» – iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va bilimlar sohasi tarkibiy qismi

    3. «Korxona iqtisodiyoti» kursining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi

    “Borliq ongni belgilaydi” iborasi ma`lum bir jihatlari bilan har bir inson hamda jamiyat hayoti va iqtisodiyotning tuzilishini anglatadi. SHu sababli iqtisodiyotning oila o`chog`i miqyosida, shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xo`jaligi miqyosida ko`rib chiqilishi bejiz emas. So`nggi holatda gap makroiqtisodiyot haqida, uning tendentsiyalari, qonuniyatlari haqida borib, unda ko`rib chiqiladigan muammolar ba`zi hollarda korxona iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi. “Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo`jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo`lsa, iqtisodiyot ko`rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslarsdan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qo`llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bo`ladi. Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatiga o`z vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb atagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning moqiyatini, hayot ne`matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag`larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni o`rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma`qul keluvchi sifat va miqdor parametrlariga ega bo`ladi, deb o`ylash noto`g`ri bo`lar edi. Demak, iqtisodiyot parametrlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona qo`jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma`naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog`liq bo`lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta`minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyimbosh, turarjoy va boshqa vositalar kerak bo`ladi. Bu predmetlar, qoidaga ko`ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. SHu sababli iqtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma`muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini bilish, ro`y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xo`jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi. «Iqtisodiyot » fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo`yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ob`ektlarning katta qismini hamda moddiy va ma`naviy ne`matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o`z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta`minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi. SHu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo`jalik tavakkalchiligining riskini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to`g`ri tanlov olib borishga imkon yaratadi. «Iqtisodiyot» fani tarkibiga tarmoqlar (sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va hokazo), funktsional («Mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiyoti», «Iqtisodiy statistika», «Moliya va kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi turli fan («Iqtisodiy geografiya», «Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va boshqalar) tarmoqlari tizimi kiradi. «Iqtisodiyot» fanining bu va boshqa yo`nalishlarida chuqur bilimga ega bo`lish insonlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oqilona xo`jalik yuritish, kadrlarni yangi iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga katta turtki bo`ladi. «Iqtisodiyot» fanining, jumladan, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarning metodologik asosi, ularning poydevori bo`lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi. U real voqelik bilan bog`liq bo`lish barobarida davlatning iqtisodiy siyosatini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo`lgan yo`llarni mos keluvchi bosqichlarida aks ettiradi. Bu maqsadda «Iqtisodiyot» fani statistik kuzatuv, gipotezalarni ilgari surish va tekshirish, tahlil va sintez, induktsiya va deduktsiya, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, tajriba (eksperiment)lar o`tkazish kabi bir qator voqelikni anglash usul va uslublarini ishlab chiqqan va ulardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanadi. Aytish joizki, bu usullar nafaqat iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko`ra, tabiiy va boshqa turdagi fanlarda ham qo`llanishi mumkin. Iqtisodiyot bozor munosabatlari yo`lida rivojlanayotgan hozirgi kunda e`tiborga molik va echimini topmagan muammolar talaygina bo`lib, «Iqtisodiyot» faniga qiziqish ortib bormoqda. Inson hayoti va faoliyatiga munosib, siyosat va davlat aralashuvidan xoli bo`lgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yo`naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish vazifasi qo`yilmoqda. P.Samuel’sonning iqtisodiyot bo`yicha darsligida ko`rsatib o`tilishicha, “iqtisodiyot fanini muntazam ravishda o`rganib bormaydigan odam musiqiy asarga o`zining bahosini bermoqchi bo`layotgan garang kishiga o`xshaydi”. SHu bilan birga «Iqtisodiyot» fani barcha hayotiy muhim savollarga tayyor javob bermaydi, chunki iqtisodiyot ishlab chiqarish, boshqaruv, tartibga solish, bashorat qilish sohasi sifatida oddiy fan tushunchasidan ko`ra, murakkabroq kategoriyani anglatadi. U faqatgina ilmiy vosita bo`lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o`taydi. Iqtisodiyot iqtisodiy fanning o`ziga xos sinov maydoni, asossidir. Iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini ilmiy jihatdan o`rganish, «Iqtisodiyot» fani va uning alohida tarmoqlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi real iqtisodiyot mavjud emas. Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyot rivojlanishining asosi, xo`jalik faoliyatining boshlang`ich nuqtasi bo`lib kelgan va shundayligicha qoladi. SHu sababli iqtisodiyotning turli darajadagi - korxona, tarmoq va butun davlat miqyosidagi holati moddiy ishlab chiqarishning yutuqlari, jumladan, moddiy ishlab chiqarishning keng ma`noda iste`molga, yoki bugungi til bilan aytganda bozor talabiga mos kelishi bilan tavsiflanadi va oldindan belgilab beriladi. “Iqtisodiyot doimo moddiydir” iborasi insonning hayotiy ehtiyojlari, ya`ni uyjoy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, avtomobil’ va hokazolarga bo`lgan ehtiyojlaridan tashqari, iqtisodiyotning aholi va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mahsulot(tovar) tayyorlanuvchi moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan aloqasini ham aks ettiradi. Aynan moddiy ishlab chiqarish sohasi (sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va hokazo) aholining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi. Mehnat bilan bandlik ko`rsatkichi iqtisodiyot holatining o`ziga xos “barometri” vazifasini bajaradi: aholining Mehnat bilan bandligi qanchalik yuqori bo`lsa, ishsizlik sur`ati shunchalik past bo`ladi va aksincha. Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishida kompyuterlashtirish va informatizatsiya, internet tarmog`iga kirishni ilgari surmoqda. Bu esa boshqaruv tizimining eng muhim bo`g`inlaridan tashqari, ishchi kuchining sifatini oshirish vositasi hamda ishlab chiqarish jarayonini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun turtki bo`lib xizmat qiladi.
    Fan tadqiqotlar faoliyati sohasi bo`lib, asosiy maqsad tabiat, jamiyat va fikrlash to`g`risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo`naltiriladi. «Iqtisodiyot» fani umumiy fanlarning tarkibiy qismi bo`lib, uning o`rni va ahamiyati to`g`risida avvalgi bo`limda qisqacha to`xtalib o`tildi. Fan yordamisiz, atrofimizni o`rab turgan dunyo to`g`risidagi bilimlar tizimini yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Ilmiy o`rganish voqelikni oddiy hayotiy tarzda qabul qilishdan farqli ravishda, hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o`zaro aloqalarini ochib berish, ularning rivojlanish sabablari va kuchlarini aniqlash imkonini beradi. «Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko`rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`muriy-xo`jalik mexanizmlarini o`rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob`ektiv qonunlari namoyon bo`lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. Iqtisodiyot – bu odamlar jamiyati, muayyan, cheklangan resurslardan foydalanib, kerakli mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, odamlar guruhlari o`rtasida taqsimotiga aytiladi. Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan vazifa ayrim korxona chegarisida hal etilishi haqidagi fan. «Korxona iqtisodiyoti» «Iqtisodiyot» fanining tarkibiy qismi bo`lsada, mustaqil bilimlar sohasi hisoblanadi.
    Fanning predmeti predmeti predmeti bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslarini, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo`lishini, shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyati samaradorligini reurslardan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv, investitsion va tadbirkorlik faolligi asosida oshirish yo`llarini aniqlash bilan ifodalanadi. Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
    • bozor munosabatlarida korxonaning roli, o`rni va xatti-qarakatlari hamda davlat idoralari bilan o`zaro aloqalari;
    • korxonaning tashkiliy strukturasi va boshqaruv mexanizmi;
    • ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish;
    • korxonaning innovatsion va investitsion faoliyati;
    • resurs korxonaning saloqiyati va resurslardan foydalanish;
    • ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini baholash va tahlil qilish;
    • korxonaning tijorat sirlari va iqtisodiy xavfsizligi.
    Korxona iqtisodiyoti kursini o`rganish predmeti – korxonaning tijorat tashkiloti sifatidagi moqiyati asosiy ishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag`lari, ishchi kuchi, investitsiyalarning o`zaro bog`lanishi, o`zaro qarakati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llarini o`rganadi. YUqoridagi va boshqa savollar o`zgaruvchanlik dinamika asosida o`rganilib, zamonaviy korxonalarni boshqarishning turli shakl va usullari vujudga kelishi va yo`qolib ketishining tarixiy sabablari aniqlanadi. Bunday muayyan tarixiy yondashuv ushbu fanni o`rganishning muhim metodologik qolatlaridan biri hisoblanadi. Fanning Fanningmaqsadi maqsadi maqsadi ta`lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o`rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari(masalalari) bo`yicha qaror qabul qilish ko`nikmalarini singdirishdadir. YAnayam aniqroq aytadigan bo`lsak, gap bo`lajak mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish vazifalarini malakali tarzda qal qilish, korxonaning xarajat va daromadlari qanday yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud bo`lgan yo`llarni topish haqida bormoqda. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, istalgan bilimlar doimo to`ldirib va mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda korxonalar hayotida vujudga keluvchi turli xil vazifalarni qal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap shundaki, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo`shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lishlarini talab qiladi. SHu sababli olingan axborotlar, o`rganilgan formula, atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to`ldirib, fan va xo`jalik amaliyotining so`nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar faqat shu asosdagina amaliyotda qo`llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi mumkin.

    Download 353 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 353 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»

    Download 353 Kb.