|
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|
bet | 3/67 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 353 Kb. | | #147810 |
Bog'liq Korxona iqtisodiyoti maruza matnNazorat savollari:
Milliy transport tarmog`ini rivojlantirishda qanday ishlar amalga oshirildi?
Transport tarmoqlariga nimalar kiradi?
Markaziy Osiyoda transport tizimini rivojlantirishda qanday ishlar amalga oshirildi?
3 – Mavzu: Moddiy texnika bazasi tushunchasi; asosiy fondlar tushunchasi.
Reja:
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo`llari
Moddiy-texnika resurslari - ehtiyot qismlar, yonilg’i-moylash materiallari yetkazib berish bo’yicha shartnomalar.
Moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning huquqlari
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llari quyidagilardan iborat:
1). Qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligini, chorva mollarining mahsuldorligini oshirish. Nimaiki hosildorlikni, chorva mollarining mahsuldorligini oshirishga ta`sir ko`rsatsa, o`sha narsa fondlardan foydalanishning samaradorligi oshishiga ijobiy ta`sir qiladi. Demak, fan – texnika taraqqiyoti natijasida yangi, serhosil ekin turlarini va mahsuldor chorva mollarini ishlab chiqarishga joriy etish fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biridir.
2). Asosiy fondlarning aktiv qismi bo`lgan texnika, asbob – uskunalardan foydalanishning smenalik koeffitsiyentlarini ko`tarish ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi.
3). Asosiy fondlar tarkibini takomilashtirish ulardan foydalanishning juda muhim yo`llaridan biridir. Bugungi kunda ishlab chiqarishda mavjud kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) bilan ishchi mashinalar o`rtasidagi optimal nisbatni ta`minlamaslik asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini keskin pasaytiradi. Bugungi kunda ishlab chiarishda foydalanilayotgan kuch beruvchi texnikalar (traktor va h.q.) katta quvvatga ega. Masalan, bitta “Magnum” rusmli traktordan yil davomida to`liqroq foydalanish uchun 35 va undan ko`proq ishchi mashinalar (pluglar, ekin agregatlari va h.q.) kerak ekan. Birorta ishchi mashinaning bo`lmasligi ushbu kuch beruvchi mashinadan foydalash ham ulardan foydalanish imkoniyatlari kamayishiga olib keladi.
4). Asosiy va oborot fondlar mutanosibligini ta`minlash ham ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan asosiy fondlar yetarli miqdorda aylanma fondlar bilan ta`minlanishi kerak. Masalan, chigit ekish davrida traktor va chigit ekish agregatidan faqat yetarli miqdorda chigit bo`lgandagina samarali foydalanish mumkin. Ekish uchun zarur chigit bo`lgandagina samarali foydalanish mumkin. Ekish uchun zarur chigitning yetishmasligi texnikalar bekor turib qolishiga olib keladi va h.q.
5). Asosiy fondlardan foydalanishda jamoa a`zolarining moddiy manfaatdorligini ta`minlash ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi. Agarda mavjud qonun – qoidalar, asosiy fondlardan foydalanuvchilarni asosiy fondlardan yaxshi foydalanganligi uchun moddiy manfaatdor qilinsa , yaxshi natijalarga erishish mumkin yoki aksincha.
6). Asosiy fondlardan foydalanishning iqtisodiy samardorligiga ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri unga xizmat ko`rsatish tizimining rivojlanganlik darajasi hisoblanadi. Fsosiy fondlarni vaqtida texnik qarovlardan o`tkazish, joriy va kapital ta`mir qilish ishlarni talab darajasida tashkil etish lozim.
7). Asosiy fondlardan foydalanish darajasiga kadrlarning bilim va malakasining ahamiyati katta. Mexanizator, ishjener texnik xodimlarning o`z ishini yaxshi bilishi fasosiy fondlardan foydalanishning samaradorligini oshiradi va aksincha.
Moddiy-texnika resurslari (ehtiyot qismlar, urug’lik, o’simliklarni himoya qilish vositalari, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’it va boshqalar) yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar bo’yicha yetkazib beruvchi tashkilot fermer xo’jaligiga o’zi ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan moddiy-texnika resurslarini qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatlarda yetkazib berish majburiyatini oladi, fermer xo’jaligi esa moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan yoki kelishilgan narxlar bo’yicha haq to’lash majburiyati.
SHartnomaga moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va xizmatlar ko’rsatish (ishlarni bajarish) muddatlari, miqdori va assortimentini belgilovchi, ikkala tomonning imzosi bilan tasdiqlangan hamda shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan jadval ilovasi.
Har bir fermer qishloq xo’jalik ekinini ekishi, parvarish qilishi, nes-nobud bo’lmasdan yigib-terib olishi va tayyorlov tashkilotlariga o’z vaqtida hamda sifatli holda topshirishi uchun ko’pgina moddiy resurslar yetkazib beruvchi turli xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi.
Tayyorlov va xizmat ko’rsatuvchi korxonalari fermer xo’jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan o’z vaqtida ta’minlab tursa, mahsulot hajmi ortadi va fermerning to’lov qobiliyati oshadi. Agar moddiy-texnika ta’minoti o’z vaqtida amalga oshirilmasa, avval fermer xo’jaligining ish faoliyatiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, undan keladigan daromadga salbiy ta’sir etib, to’lov qobiliyatini yo’qotadi. SHuning uchun iste’molchi bilan ta’minotchi o’rtasida tuzilgan shartnomalar o’z vaqtida samarali bajarilishini ta’minlash kerak.
Bunda asosiy tamoyillar: ishonchli sherik (partner) tanlash va shartnomalarni mukammal tuzish, moddiy resurslar va xizmatlarni o’z vaqtida zarur hajm, turda va sifatda bo’lishini talab kilish va albatta ularga yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlarga o’z vaqtida haq to’lashdan iborat bo’lishi kerak.
-amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va ko’rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan haq to’lashni va yakuniy hisob-kitob qilishni talab qilish;
-taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan moddiy texnika resurstalrini va ko’rsatiladigan xizmatlarni asossiz ravishda rad etish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni xo’jaliklardan talab qilish.
Majburiyatlari:
-xo’jaliklar bilan qonun hujjatlariga muvofiq o’z vaqtida shartnomalar tuzish va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash;
-xo’jaliklarning buyurtmanomalariga binoan shartnomaga muvofiq muddatlarda, miqdorda va sifatda moddiy-texnika resurslari yetkazib berish hamda xizmatlar ko’rsatish (ishlarni bajarish);
-etkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari, ko’rsatiladigan xizmatlar sifatining shartnomada belgilangan talablarga, shuningdek, amaldagi standartlar va normativlarga muvofiqligini ta’minlash;
-shartnomani bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik natijasida xo’jalikka yetkazilgan zararni qoplash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|