|
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|
bet | 2/67 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 353 Kb. | | #147810 |
Bog'liq Korxona iqtisodiyoti maruza matnNazorat savollari
Iqtisodiyot atamasi birinchi bor kim tomonidan kiritilgan?
Iqtisodiyot fani tarkibiga qaysi tarmoqlar kiradi?
Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga qaysilar kiradi?
2 – Mavzu: Transportning xalq xo`jaligidagi ahamiyati
Reja:
Milliy transport tarmog`ini rivojlantirish.
O`zbekistonda transport tizimini rivojlantirish.
Mamlakatimizda transport tizimining ahamiyati.
Respublikamiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev faoliyatining ilk kunlarida boshlab Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida rivojlantirishning ahamiyati va dolzarbligini, Markaziy Osiyoda qulay siyosiy muhit yaratish, mintaqadagi mamlakatlar bilan barcha yo’nalishlarda, jumladan, O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tarmoqlaridan bo’lgan transport sohasi bo’yicha konstruktiv va o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’yish kabi vazifalarni belgilab bergan. Davlat rahbari Ostona shahrida bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvidagi nutqida mintaqani yirik dengiz portlari va dunyo bozorlari bilan bog’lash imkonini beradigan transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish ustuvor vazifa ekanligini ham ta‘kidlab o’tgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur milliy transport tarmog’ini rivojlantirish sohasida xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan yaxlit kompleks strategiyani ishlab chiqish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini hududiy va jahon bozoriga olib chiqishni hisobga olgan holda ushbu strategiyani xalqaro transport tizimiga keng integratsiyalashni ta‘minlashni ko’zda tutadi. Markaziy Osiyoda qo’shimcha yuk tashish oqimlarini jalb etish imkonini beradigan yangi transport va tranzit yo’laklarini shakllantirish, transport va logistika sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha xorijiy tajribani o’rganib, xalqaro logistika markazlari tarmog’ini yaratish, mintaqa transport-logistika salohiyatini rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlarning portlaridan samarali foydalanish uslublarini shakllantirish, Markaziy Osiyoda Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo, Evropa, YAqin va O’rta SHarq mamlakatlarini birlashtiruvchi muhim tranzit yo’l bo’lib xizmat qiladigan yagona integratsiyalashgan tizimni yaratish masalalari mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning ichki transport tizimi xalq xo’jaligida muhim ahamiyat kasb etib, mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettiruvchi, nihoyasiga etkazuvchi, ya‘ni iste‘molchiga etkazuvchi sohaga aylangan. Transport sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi etkazib beruvchi bo’g’in sifatida rivojlanmoqda. CHunki yuk tashish va yuk oqimlarining hajmi, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish punktlariga, Respublika xududining har qanday joylariga, mavjud yo’llar orqali etkazilib berilishi transportning rivojlanishiga bog’liq. SHuningdek, transport tovar ishlab chiqarish sohalarining ulkan iste‘molchisi bo’lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlar strukturasi va hajmiga bog’liq holda tovar 5 aylanmasini tezlashtirish, bozor iqtisodiyotini jadallashtirishda juda katta ahamiyatga egadir. Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta o'rin tutadi. Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo'l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi. Transporting asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir: Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi. Bu sohani yanada rivojlanishi uchun O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasidagi qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar maxkamasining qarorlari Respublika qishloq va suv xo’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, har tomonlama etuk kadrlar tayyorlash taqozo etiladi. SHu maqsadda tayyorlanadigan kadrlar transport ishlari samaradorligini oshirish, suv va qishloq xo’jaligi yuklarini tashishni tashkil etish; transport tashkilotlari faoliyatining tahlil qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; asosiy texnik iqtisodiy tushunchalar va ko’rsatkichlar, texnik servis korxonalarini iqtisodiy baholash; ularning faoliyatini; traktor va avtomobil transport vositalarini qishloq va suv xo’jaligidagi tutgan o’rnini; transport vositalarini suv va qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilish va ularni yuklarning xususiyatlari bo’yicha tanlash usullarini; transport ishlarini tashkil etish, maqbul harakat marshrutlarini ishlab chiqish va taqsimalashni; transport vositalari parkini tanlash, hisoblash va baholashni; texnik xizmat ko’rsatish va ta‘mirlashni tashkil etish, boshqarishni; transport vositalaridan foydalanishda mehnat va atrof muhit muxofazasini, fan va texnika yutuqlarini qo’llay bilishni bevosita amalga oshirish malakasiga ega bo’lishlari kerak. Fanning maqsadi: Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining bo’lajak mutaxassislariga berilgan tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlariga asosan qishloq va suv xo’jalik yuklarini tashishda avto-traktor transport vositalarini, texnologik komplekslarini, parklarini ilmiy asosda tanlash, yuqori samarada ishlatish, servis xizmatini tashkil etishni o’rganish, ishonchlilik ko’rsatkichlarini baholash, ishlash qobiliyatini hamda resursini eng zamonaviy usullar yordamida ta‘minlash asoslarini o’rgatishga yordam berishdan iboratdir.
Transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan ishlar Ma‘lumotlarga ko’ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari temir yo’llarining uzunligi 22 ming kilometrga tengdir. Qozog’iston eng yirik va eng ko’p foydalaniladigan temir yo’llar tizimiga ega, uning hissasiga mintaqadagi temir yo’llarning 66 foizi va barcha yuk tashishlarning 84 foizi to’g’ri keladi. Mintaqadagi temir yo’llarning qariyb 18 foizi O’zbekiston hududidan o’tadi va barcha tashishlarning qariyb 11 foizi mamlakatimiz hissasiga to’g’ri keladi. Turkmaniston taxminan 12 foiz mintaqaviy temir yo’llarga egalik qiladi va barcha tashishlarning 4 foizini ta‘minlaydi. 1993 yilda Belgiya poytaxtida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ishtirokida Bryussel deklaratsiyasi qabul qilingan. Mazkur hujjat Evropadan Qora dengiz, Kavkaz, Kaspiy dengizi orqali o’tib, Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiqish bo’yicha transport yo’lagini rivojlantirish maqsadida Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan TRASEKA texnik ko’mak bo’yicha mintaqalararo dasturining amalga oshirilishini boshlab bergan. 1996 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Eron va Turkiya hududlari orqali dunyo bozoriga chiqish imkonini beradigan yangi Transosiyo yo’lagi – Tejon – Seraxs – Mashhad temir yo’li ochilgan. So’nggi yillarda Markaziy Osiyoda o’zaro ishonch va do’stona muhit sharoitida transport loyihalarini ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy choralar ko’rilmoqda. O’zbekistonni xorijiy mamlakatlarning, xususan, Frankfurt, Milan, Bryussel, Vena, Saragosa, Oslo, Bazel, Dubay, Tehron, SHanxay kabi yirik logistika markazlari bilan bog’laydigan ―Navoiy‖ xalqaro intermodal logistika markazi faoliyati jadal rivojlanmoqda. 2016 yil 22 iyun kuni Angren – Pop temir yo’li ochildi. Ushbu yo’nalish Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa temir yo’lining muhim bo’g’ini sifatida Xitoydan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eng qisqa yo’l orqali chiqishni ta‘minlaydi va O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2017 yil fevral oyida Toshkent va Dushanbe o’rtasida 1992 yilda to’xtatilgan aviaqatnovlar qayta tiklandi. 7 SHu yilning mart oyida Toshkent – Olmaota yo’nalishi bo’ylab tezyurar poezdlar harakati, milliy aviatashuvchilarning qo’shimcha parvozlari yo’lga qo’yildi. 2017 yil sentyabr oyida O’zbekiston – Qirg’iziston chegarasidagi ―Do’stlik‖ nazorat-o’tkazish punkti faoliyati tiklangani O’zbekiston va Qirg’iziston tarixida muhim voqea bo’ldi. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi azaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 2017 yilda Amudaryo orqali o’tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo’l va avtomobil ko’priklari ochildi. Bu yuk tashish hajmini 2,5 barobar oshirish imkonini berdi. Amudaryo orqali o’tadigan ko’priklar yuk oqimlarini Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo davlatlaridan Kaspiy dengizi, undan keyin Qora dengiz va O’rtaer dengizi mintaqasi, Evropa, Kavkazorti, YAqin va O’rta SHarq mamlakatlariga to’g’ridan-to’g’ri olib chiqish imkonini beradi. SHuningdek, ushbu ko’priklar O’zbekiston – Turkmaniston – Eron – O’mon transport-tranzit yo’nalishining muhim bo’g’ini hisoblanadi. O’zbekiston – Qirg’iziston – Xitoy temir yo’li qurilishi ham faollashgan. Uning amalga oshirilishi loyiha ishtirokchilari hamda Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlari va Xitoy o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish imkonini beradi. Ushbu temir yo’li Xitoydan Qirg’iziston va O’zbekiston orqali SHarqiy Evropa va YAqin SHarq mamlakatlariga yuk tashish imkoniyati yaratilishi tufayli Xitoy yuklarini Evropa mamlakatlariga etkazadigan eng qisqa yo’llardan biriga aylanadi va butun Markaziy Osiyo transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 2018 yil fevral oyida Markaziy Osiyodan ilk bor to’g’ridan-to’g’ri Xitoyga chiqadigan Toshkent – Andijon – O’sh – Irkeshtom – Qashg’ar avtomobil yo’lagi bo’yicha qatnov yo’lga qo’yildi. Mart oyida O’zbekiston va Tojikiston chegarasida Samarqand va Panjikentni birlashtiruvchi ―Jartepa‖ nazorat-o’tkazish punkti ishga tushdi. Sakkizta avtomobil va bitta ―Amuzang‖ temir yo’l o’tkazish maskani faoliyati tiklandi. G’alaba – Amuzang – Xushadi temir yo’l liniyasining ishga tushirilishi tranzit tashishlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi, Turkmaniston va Afg’onistonga chiqish uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. Markaziy Osiyoning strategik kelajagi va istiqbollari mintaqaning ajralmas qismi hisoblangan Afg’onistondagi hududiy jarayonlarda faol ishtirok etishga bevosita bog’liq. Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’anining 2017 yilda O’zbekistonga tashrifi doirasida "Surxon – Puli Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish to’g’risida kelishuvga erishildi. YAngi liniya O’zbekistondan 8 Afg’onistonga elektr energiyasi etkazib berishni 70 foizga oshirish, ya‘ni yiliga 6 milliard kVt/soatga etkazish imkonini beradi. 2011 yilda Afg’onistondagi ilk temir yo’l – Hayraton – Mozori SHarif liniyasini bunyod etgan O’zbekiston ushbu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»
|