• Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari
  • Aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar




    Download 353 Kb.
    bet6/67
    Sana29.01.2024
    Hajmi353 Kb.
    #147810
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    Korxona iqtisodiyoti maruza matn

    Aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar
    1. Aylanma mablag`lar holati natural-moddiy shaklidan va qiymat o`lchov birliklaridan kelib chiqib natural va qiymat ko`rsatkichlar orqali biror bir paytga (momentga) yoki davrga hisobga olinadi. Masalan: tovar zahiralari biror paytga (1.01; 1.04; 1.07; 1.10; 1.12; 1.01 kelgusi yil kabi) natural va qiymat ko`rsatkichlarda hisobga olinishi mumkin yoki biror bir davrga qiymat ko`rsatkichlari orqali ularni o`rtacha miqdori aniqlanadi.
    Aylanma mablag`larni o`rtacha qiymati:
    birinchidan, o`rtacha arifmetik usul bilan, aniqlanishi mumkin. Bu usul aylanma mablag`lar summasi kvartal yoki oylar bo`yicha o`rtachasi berilgan bo`lsa ishlatiladi. (Bu formuladi «Х» - «Aylanma mablag`lar» deb hisoblanadi;
    ikkinchidan, aylanma mablag`lar summasi dinamik qatorda bir paytga (kunga) berilgan bo`lsa o`rtacha xronologik usul bilan hisoblanadi, ya`ni
    Aylanma mablag`larni holatini anglatuvchi ko`rsatkichlar qatoriga, ularni takrorlanish yoki aylanish ko`rsatkichini (kunlar va marotaba hisobida) kiritish zarur. Bu ko`rsatkich ikki xil turda, ya`ni birinchisi, aylanma mablag`lari aylanishi, ikkinchisi tovar zahiralarni aylanish sifatida ishlatiladi (ushbu ko`rsatkichni mohiyati «Chakana tovar aylanishi» mavzusida batafsil yoritilgan).
    Aylanma mablag`larni aylanishi kunlar hisobida ularni takrorlanishini bir sikl muddatini ko`rsatadi, tovar zahiralari kun hisobidagi ko`rsatkich esa, ularni qancha muddatga yetishini, ya`ni necha kunda sotilib bo`lishini ko`rsatadi.
    Aylanma mablag`larni aylanish muddati quyidagicha hisoblanadi (chakana savdo misolida): Aylanma mablag`larni biror bir davrida (kvartal, yil) aylanish miqdori ularni ushbu davrda necha marotaba aylanishligi (takrorlanishini) anglatadi va quyidagicha hisoblanadi:Ushbu ko`rsatkichlarni ulgurji savdo aniqlashda «Ulgurji ombor tovar aylanishi» ko`rsatkichi ishlatiladi.
    Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari
    Ushbu ko`rsatkichlar asosiy fondlarniki kabi aylanma mablag`larni bir necha yillar davomida «aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi»,, «aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi», «aylanma mablag`lar bilan ta`minlanganligi» va «aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligini anglatuvchi» ko`rsatkichlarni absolyut miqdorini farqi, foizlar, indekslar orqali u yoki bu tomonga o`zgarish darajasini ifodalaydi. Ular ishlatilayotgan ko`rsatkichlar nomi bilan atalib, ushbu ko`rsatkichlarni o`tgan yillarga nisbatan absolyut miqdorini o`zgarishi aniqlanadi, foiz hisobida dinamikasi va indeks o`lchov birliklarida hisoblanadi.


    Download 353 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 353 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar

    Download 353 Kb.