• 1. Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati 2. Aylanma fondlar (mablag`lar) tarkibi 3. Aylanma fondlar (mablag`lar)ning ko`rsatkichlari
  • 1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»




    Download 353 Kb.
    bet5/67
    Sana29.01.2024
    Hajmi353 Kb.
    #147810
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    Korxona iqtisodiyoti maruza matn

    Nazorat savollari:

    1. Asosiy fondlardan foydalanishning qanday samaradorli yo`llari mavjud?

    2. Moddiy texnika resurslarini sanab bering?

    3. Iste`molchi va ta`minotchi majburiyatlarini nimalardan iborat?



    4 – Mavzu: Aylanma fondlar tushunchasi
    Reja:
    1. Aylanma fondlar (mablag`lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati
    2. Aylanma fondlar (mablag`lar) tarkibi
    3. Aylanma fondlar (mablag`lar)ning ko`rsatkichlari

    Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo`lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi moliyaviy munosabatlar bilan bog`liq bo`lgan mablag`lar ham kiritiladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot tizimini amaliyotda qo`llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma mablag`lar» termenlari o`rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo`lib, faqat boshqacha termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag`lar» termenini ishlatishni maqsadga muvofiq deb topdik.
    Aylanma mablag`lar o`z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga zarur bo`lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan mehnat qurollarini sotib olish uchun zarur bo`lgan pul ta`minotidir.
    Aylanma mablag`lar natural-jismoniy ko`rinishi nuqtai nazaridan joriy moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ta`minlaydigan va bir yilgacha bo`lgan davrida iste`mol qilinadigan moddiy boyliklarni o`zida mujassamlashtiradi.
    Aylanma mablag`larning manbalari bo`lib korxonaning o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb etilgan mablag`lar hisoblanadi.
    Korxonani tashkil topishda aylanma mablag`lar uning tasischilari mablag`i hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to`ldirish korxona foydasi, jalb qilingan mablag`lar (passivlar) hisobidan to`ldiriladi.
    Aylanma mablag`lar asosiy fondlardan farqli bo`lib, ular muomala jarayoni bir siklida to`la iste`mol qilinadi va o`z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari qiymatiga to`la o`tkazadi.
    Aylanma mablag`larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini likvidligi qariyb «1»ga teng bo`ladi.
    Savdo jarayonida aylanma mablag`lar bir turdan ikkinchi turga aylanib turishi mumkin.
    Aylanma mablag`lar doimiy harakatda bo`ladi. Ular savdo jarayonining bir siklida takror ishlab chiqariladi.
    Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning aylanma mablag`lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma mablag`iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo`lib xizmat qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta`minlaydi, ya`ni ishlab chiqarishdan tovarlarni iste`molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom ettirishni ta`minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste`molchilarni talabini qondirishga yo`l ochib beradi.
    Ikkinchi jarayonda aylanma mablag`lar tovar shaklidan pulga aylanadi, bunda tovarlar muomala jarayonidan iste`mol jarayoniga o`tadi, pul esa yana muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o`tadi. Bu pullar yangi mehnat predmetlarini sotib olishga yo`naltiriladi va jarayon takrorlanadi.
    Ushbu jarayonda aylanma mablag`lar bir tomondan muomala jarayonini tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste`molchilar talabini qondiradi.
    Aylanma mablag`larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog`liqdir. Shu sababli aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.
    Aylanma mablag`larni miqdoriga har xil omillar ta`sir qiladi. Ularning biri aylanma mablag`larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi mumkin.
    Umuman aylanma mablag`larga ta`sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.
    Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment tarkibini) o`zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne`matlar bilan ta`minlovchilarni dislokatsiyasi, ya`ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va savdoga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi kabilarni kiritish mumkin.
    Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni yangi progressiv usullarini qo`llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-vositachilik bo`g`inlarini qisqartirish kabilar kiradi.
    Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog`liq bo`lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport, komunal xo`jaligi kabilar) kiradi.
    Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag`larni miqdorini oshirishga olib keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog`liq tadbirlar savdo shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida (assortimentida) aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi.
    Aylanma mablag`larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag`larni takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko`payishi kabilar kiradi.
    Yuqoridagi omillarni obyektiv va subyektiv omillarga ham ajratish mumkin. Obyektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta`minlovchilarni xo`jalik yuritish tartibi, savdo korxonalari faoliyatiga bog`liq bo`lmagan omillar kiradi.
    Subyektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to`g`ri ratsional tashkil qilish borasida qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Subyektiv omillar inson omili bilan bog`liqdir.
    O`tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to`g`risida suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag`lar hamda moliyaviy resurslar to`g`risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan tig`iz bog`liqligi, xo`jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga o`zgarishi, ya`ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi, qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o`tganda asosiy fondlar, amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag` shaklidan asosiy fondlarga aylanishini kuzatamiz.
    Xuddi shunday o`zgarishlar aylanma mablag`lar va moliyaviy resurslar o`rtasida ham ro`y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor bo`lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo`lib qolishi, ya`ni ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta`minotchilardan qarzdor bo`lib qolishi kabilar. Tovarlarga qo`yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi, foydasini shakllanishi.
    Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e`tibor berilmaydi va bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o`zaro bog`liqliklarni o`rganish resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik ko`rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aylanma mablag`lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan natural-moddiy shakllari va qiymat ko`rsatkichi sifatida tasniflash zarur. Savdo korxonalarining aylanma mablag`lari natural-moddiy shakllari bo`yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo`ladi:

    1. Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida, yo`lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida).

    2. Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida).

    3. Taralar, yoqilg`i, qodoqlash materiallari.

    4. Xo`jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter kraskalari kabi).

    5. Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan tez eskiradigan mehnat qurollari.

    6. Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar.

    Aylanma mablag`lar qiymati bo`yicha quyidagicha tasniflanadi.

    1. Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag` tarkibida tovar zahiralarini summasi 60-70 % tashkil qiladi.

    2. Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez eskiradigan mehnat qurollari summasi.

    3. Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo`yicha qarzlari summasi.

    4. Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag`lari.

    5. Qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Savdo korxonalarini har xil qimmatbaho qog`ozlarga qo`yilgan mablag`lari, bankdagi depozit hisob raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat ichida bo`sh pul mablag`laridan foydalanishni ifoda qiladi.

    6. Aylanma mablag`larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo`lib, lekin hisobot davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to`langan ijara haqlari; oldindan to`langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan bo`nak (avans) sifatidagi to`lovlar kiradi.

    Ushbu xarajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning muomala (davr) xarajatlarida o`z aksini topadi.
    Aylanma mablag`lar ularni rejalashtirilishi nuqtai nazardan normalashtiriladigan aylanma mablag`lar va normalashtirilmaydigan aylanma mablag`larga bo`linadi.
    Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar normalashtiriladigan aylanma mablag`lar tarkibiga kiradi.
    Normalashtirilishi mumkin bo`lgan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish zarur:

    • tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish shoxobchalarida, yo`ldagi);

    • kassadagi va yo`ldagi pul mablag`lari;

    • tovarlar bilar turgan va bo`sh taralar;

    • kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatalr;

    • moddiy-texnik ta`minot materiallari, yoqilg`i, qadoqlash va xo`jalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan materiallar;

    • belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;

    • ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar.

    • Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo`lmagan aylanma mablag`lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari;

    • belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;

    • har xil debitorlar;

    • saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish inkor qilingan holdagi);

    qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar. Aylanma mablag`lar ko`rsatkichlarini quyidagi guruhlarga taqsimlab o`rganishni tavsiya qilamiz.

    1. Aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkichlar, bular absolyut miqdorlarda (natural va qiymat o`lchov birliklarida) va o`rtacha qiymat ko`rsatkichida hisobotga olinadi.

    2. Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari.

    3. Aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi ko`rsatkichlar.

    4. Aylanma mablag`lar bilan korxonani ta`minlanganligi ko`rsatkichlari.

    5. Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi ko`rsatkichlari.


    Download 353 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 353 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – Mavzu: Kirish. Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari. Reja: Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida «Korxona iqtisodiyoti»

    Download 353 Kb.