Munosabatlarning fenomeni sifatida




Download 247,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.01.2024
Hajmi247,4 Kb.
#147971
  1   2   3


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Saint Petersburg, Russia 
httpseconferencezone.org April 20
th
 2022 
pg. 41 
O`ZARO BIR-BIRINI ANGLASH SHAXSLARARO 
MUNOSABATLARNING FENOMENI SIFATIDA 
Maxmudov Salim Uralovichning 
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy Universiteti 
Psixologiya yoʻnalishi magistranti 
 
Annotatsiya: Shaxslararo munosabatlar - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan 
kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish 
jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, 
ijod qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki 
har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni 
uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har 
bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga 
kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. 
 
Kalit so‘zlar: Muloqot, bir-birini anglash, fikr almashish, tinglash, psixologiya, mohiyat. 
KIRISH 
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, 
unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab 
ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, 
unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi
1

a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; 
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni; 
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni». 
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, 
nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish 
imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u 
shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur 
qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz. 
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir - birini 
tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib 
olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga 
birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol - ahvol so‘raydi. 
Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his 
qilamiz. 

Download 247,4 Kb.
  1   2   3




Download 247,4 Kb.
Pdf ko'rish