• International Conference on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https : econferencezone.org April 20 th
  • TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL




    Download 247,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana29.01.2024
    Hajmi247,4 Kb.
    #147971
    1   2   3
    TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL 
    Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar 
    davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining 
    yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana 
    odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot 
    sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday 
    1
    Psixologning 1001 savolga 1001 javobi. – T.: “Mehnat”, 2011. 


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Saint Petersburg, Russia 
    httpseconferencezone.org April 20
    th
     2022 
    pg. 42 
    xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z 
    isbotini topdi. 
    Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. 
    Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, 
    borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. 
    Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning 
    ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, 
    tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi 
    bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band 
    etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin 
    baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, 
    hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish 
    hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt 
    o‘tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi 
    xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. 
    Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir 
    ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashish imkoniyatining 
    mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib 
    o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar 
    o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. 
    To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi 
    bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi
    2

    Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina 
    qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga 
    harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. 
    Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari na aniq idrok 
    qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev 
    boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator 
    psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga: 
    · identifikatsiya
    · refleksiya; 
    · stereotipizatsiya kiradi. 

    Download 247,4 Kb.
    1   2   3




    Download 247,4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

    Download 247,4 Kb.
    Pdf ko'rish