Reja: empirik tadqiqot usuli kuzatish va o’chash empirik usul sifatida taqqoslash va tavsiflash




Download 3.31 Mb.
Sana08.04.2024
Hajmi3.31 Mb.
#191330
Bog'liq
emperik tadqiqotlar
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

EMPERIK TADQIQOTLAR

  • 123-23 GURUH TALABASI YUNUSOVA SHODIYA
  • QABUL QILDI: RAVSHANOV O.

REJA: 1.EMPIRIK TADQIQOT USULI 2.KUZATISH VA O’CHASH EMPIRIK USUL SIFATIDA 2.TAQQOSLASH VA TAVSIFLASH

  • Empirik tadqiqot usuli – bu ob'ektning bevosita yoki asboblar yordamida idrok qilsa bo'ladigan unsurlari, belgilari va xossalari haqida ma'lumotlar olish, faktlarni guruhlashtirish, tavsiflash, tasniflash amallarini bajaradigan izlanish vositasidir. Bunday usulning qimmatli tomoni shundan iboratki, ob'ektni tuzilishi, mohiyati yoki funktsiyaonal qonuniyatlarini namoyon etadigan xossalar, ularning miqdoriy va me'yoriy qiymatlari xususida bevosita axborot olinadi. Shu turdagi empirik ma'lumot nazariy tadqiqot doirasiga kiritiladi, oqibatda jiddiy kashfiyotlar qilinadi, texnologik loyihalar, tuzilmalar ishlab chiqiladi.
  • Kuzatish empirik tadqiqotda birlamchi fakt va bilim beradigan manba va usuldir. Manba sifatida kuzatish ob'ekt xususida har tomonlama, ya'ni uning idrok qilsa bo'ladigan unsurlar va xossalariga oid axborot va faktlarni olish imkoniyatini beradi.
  • Usul sifatida kuzatish qanday funktsiyani bajaradi? Buni quyidagi ta'rifdan bilish mumkin. Kuzatish – bu reja asosida faol, tizimli va maqsadga muvofiq bevosita yoki asbob yordamida ob'ektning tashqi yoki ichki,
  • o'zgaruvchan yoki barqaror xossalari, tuzilishi, miqdoriy qiymatlarini qayd etish, olingan axborotni ilmiy faktga aylantirish usulidir.
  • bir maqsadga yo'naltirilganlik, diqqat e'tibor faqat qiziqish o'yg'otadigan hodisalarga qaratish;
  • faollik, ya'ni tadqiqotchini qiziqtiradigan xislatlarni izlash va qayd qilish;
  • Kuzatish usuli tarkibiga kirgan bir qator metodologik talablar mavjud:
  • - kuzatishni rejali va oldindan mo'ljallangan bo'lishi
  • tizimli bo'lishi, ya'ni ob'ektni belgilangan rejimda izchillik bilan qo'yilgan maqsad uchun yetarli miqdorda idrok qilish.
  • Kuzatish usuli bir qancha turlarga bo'linadi:
  • - qayd qiluvchi (ayrim tomonlar va holatlarni) va ob'ektni bir butunligicha idrok qiluvchi kuzatish;
  • - bevosita (ob'ekt xossasini to'ppa-to'g'ri, bevosita idrok qilish) va bilvosita (ob'ektni o'zi emas, qoldirgan izi yoki oqibatini) kutazish;
  • - bevosita sezish organlari va bilvosita asboblar yordamida kuzatishni olib borish.
  • O'lchash. Har qanday tadqiqot ob'ekti sifat va miqdor birligini tashkil qiladi. Sifat ob'ektning bir butunligi, barqaror muayyanligi, mohiyatli tomonini bildiradi.
  • Bir xil sifatga ega bo'lgan narsalar miqdorga ega bo'ladilar. O'xshash yoki aynan xossa, tomon, unsurlarni birlashtirsak to'plam, son, hajm, sur'at darajasida namoyon bo'ladi.
  • Har bir xossa, sifat o'zini me'yoriy chegarasiga ega. Me'yoriy chegara ma'lum miqdor doirasida namoyon bo'ladi.
  • Tadqiqotda 4 xil o'lchov shkalalaridan foydalanadilar.
  • Nominal, ya'ni, nomlar, ifodalar shkalasi. Bu shkala bir-birini kesib o'tmaydigan guruhlarni ifodalaydi. Masalan, jins va millati, ma'lumot bo'yicha mutaxassis, qaysi rangni afzal ko'rish va boshqalar. Mazkur atamalarni belgilashda ko'p – oz ko'rsatkichlari ishlatilmaydi, ularraqamlar, hafrlar, so'zlar yordamida ifodalanadi. Nominal shkalani funktsiyasi ob'ektlarni aynan yoki turli guruhlarga tegishli ekanligini qayd qilishdir. Tadqiqotda nominal shkaladan ob'ektlarni tasniflash, ularni guruhlarga, sinflarga, sohalarga bo'lish maqsadida foydalanadilar.
  • Tartib shkalasi. Bu shkala nafaqat ob'ektlarni sinflarga (turlarga) bo'lish, balki ulardgi belgilarni o'sishi yoki kamayishiga qarab tartiblashtirish, aniqlanilayotgan xislat qaysi ob'ektlarda ko'p yoki oz miqyosda xos ekanligini qayd qilish imkoniyatini beradi. Masalan, kimyoviy elementlarni guruhlashtirish, minerallar qattiqligi, jismlardagi moda zichligi, bo'ron yoki zilzila kuchi kabi qiymatlar tartib shkalasi asosida belgilanadi.
  • Interval (oraliq) shkalasi. O'lchanadigan hodisani qiymati yoki miqdori nolь raqami bilan boshlanadigan, keyingi darajalar o'sish yoki kamayish sonlari bilan belgilaydigan o'lchagichlar (termometr, spektrofotometr va boshqalar) yordamida aniqlanadi. Hodisani bir holatdan ikkinchi holatga o'tishi oraliq daraja qiymatida namoyon bo'ladi. oraliq holatlar o'zgarishi ko'tarilishi yoki pasayish moyilligiga ega. O'lchagichlardagi simvollar (raqamlar) bunday o'zgarishlarni qayd qiladi
  • Munosabat shkalasi. Bunda munosabatlar darajasi miqdor shkalalari yordamida belgilanib, bir ob'ektdagi xislatlar qiymati boshqasidagidan qanchalik ko'p yoki oz ekanligi raqamlarda ifodalanadi. Masalan, demografik tadqiqotlarda oilalardagi bolalar soni, psixologik eksperimentda sinalayotgan guruh a'zolarining intellektual natijalari koeffitsiyenti, test sinovlari natijalari munosabat shkalasi simvollari yordamida aniqlanadi.
  • Munosabat shkalasi. Bunda munosabatlar darajasi miqdor shkalalari yordamida belgilanib, bir ob'ektdagi xislatlar qiymati boshqasidagidan qanchalik ko'p yoki oz ekanligi raqamlarda ifodalanadi. Masalan, demografik tadqiqotlarda oilalardagi bolalar soni, psixologik eksperimentda sinalayotgan guruh a'zolarining intellektual natijalari koeffitsiyenti, test sinovlari natijalari munosabat shkalasi simvollari yordamida aniqlanadi.
  • Taqqoslash jarayonida ob'ektlardagi, bir tomondan o'xshashlik, umumiylik, moslik, aynanlik, ikkinchi tomondan, farq, xususiylik, o'ziga xoslik (indivuduallik) kabi birlashtiruvchi yoki ajratuvchi belgilar, xossalar aniqlanadi.
  • Taqqoslash usuli ob'ektlarni guruhlash, umumlashtirish, aniqlash va tasniflashda muhim rolь o'ynaydi. Bundan tashqari bu usul analogiya, induktsiya, deduktsiya va boshqa ratsional – mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish operatsiyalarida ham faol ishlatiladi.
  • Taqqoslash usuli tadbiq qilinganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
  • - faqat bir turdagi ob'ektlar taqqoslanishi lozim;
  • - ob'ektlarning eng muhim xossalari bo'yicha taqqoslash amalga oshiriladi;
  • - bir turga oid, lekin har xil perarxik darajada turgan ob'ektlarning parametrlari va funktsiyalari taqqoslanadi.
  • Predmetni tavsiflash – bu ob'ektning belgilari va xossalariga doir axborot va faktlarni ma'lum qoidalar asosida matnda qayd qilib, u haqda to'la yoki to'liqsiz tasavvur hosil qilishdir. To'liq tasavvur ob'ektning xossalari va qonuniyatlarini tushuntirish uchun zamin bo'lsa, to'liqsiz tasavvur uni tushuntirish yoki tushunishga yordam beradigan g'oyani, gipotezani ishlab chiqishga xizmat qiladi.
  • Tavsiflash izlanishda 2 xil funktsiyani bajarishi mumkin: 1) ob'ektlarni kuzatish, o'lchash, ular bilan eksperiment o'tkazish natijasida olingan axborot va faktlarni tabiiy-tarixiy yoki sun'iy, formallashtirilgan tilda bayon qilish; 2) ob'ektlarning ichki xislatlari va bog'lanishlarini anglashga yordam beradigan tahliliy bayonni amalga oshirish. Birinchisi empirik tavsiflash, ikkinchisi nazariy tavsiflash deb ataladi.

Download 3.31 Mb.




Download 3.31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: empirik tadqiqot usuli kuzatish va o’chash empirik usul sifatida taqqoslash va tavsiflash

Download 3.31 Mb.