1-Seminar. ISHLAB CHIQARISHDA METROLOGIYANING О‘RNI VA
AHAMIYATI
1.1. O‘lchashlar nazariyasi va texnikasining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
O‘lchash vositalari shunchalik rang-barang va har xil sohalarda ishlatiladiki,
ular ishlatilmaydigan biror inson faoliyatini eslash juda qiyindir. SHunga
qaramasdan, o‘lchashlar nazariyasi va texnikasining ijtimoiy ishlab chiqarishga
ta’siri bo‘yicha uchta asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Falsafiy nuqtai nazarda o‘lchash vositalari dunyoni bilish quroli deb
tasavvur qilinadi;
2. Ilmiy nuqtai nazarda o‘lchash texnikasi tabiatni tekshirish amaliyoti va
nazariyasi orasidagi bog‘lovchi vosita deb qaraladi;
3. Muxandislik- texnikasi nuqtai nazarida o‘lchash texnikasi texnologik
jarayonlarni boshqarishning eng qulay vositasi deb tushuniladi.
O‘lchash vositalari ishlatiladigan barcha sohalarda ularga muayyan talablar
qo‘yiladi. Masalan, ilmiy ishlarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalariga yuqori
aniqlik, qishloq xo‘jaligidagilari uchun - murakkab ob-havo sharoitlarida ishlash
qobiliyatlarining mavjudligi va yuqori ishonchliligi, tibbiyotdagilari uchun- mijoz
a’zolarining tavsiflari va o‘lchanayotganda uning havfsizligi va boshqa talablar
qo‘yiladi.
Hech qanday bo‘rttirmasdan aytish mumkinki, har qanday tajribaning asosida
biror kattalikni o‘lchash yotadi. Bu nafaqat, avvaldan tajribaga asoslangan fizika,
kimyo yoki boshqa fanlarga tegishli. Hattoki, nazariy fanlar malikasi riyoziyotda
ham o‘lchashlar ishlatiladi. Bu xususda buyuk olim Dmitriy Mendeleevning
quyidagi so‘zlarini eslatib o‘tish joiz bo‘ladi - «Har qanday fan o‘lchashlar bilan
boshlanadi». Ma’lumki, o‘lchash-axborot vositalarining rivoji ilm-fan va
texnikaning, jumladan sanoatning rivoji va yutuqlarini belgilaydi.
Ilmiy izlanishlarda fizikaviy kattaliklarni o‘lchash har xil hodisalarni
tekshirishda ishlatiladi va bu natijalar keyinchalik texnikada, qishloq ho‘jaligida,
tibbiyotda va boshka sohalarda qo‘llaniladi. SHuning uchun odatda ilmiy
tekshirishlar uchun mo‘ljallangan asboblar prinsipial yangiliklari, tafovutlari bilan
ajralib turadi.
Tajriba maqsadidan uning natijasigacha bo‘lgan yo‘l qanchalik qisqa bo‘lsa,
bu natija shunchalik qimmatroq bo‘lib, atrofimizdagi dunyo qonuniyatlarini tezroq
aniqlab, bizga, jamiyatga muayyan darajada ko‘prok foyda keltiradi. Ilmiy asboblar
yaratishdagi tezkorlik va yangilik talablarining uyg‘unligi ilmiy izlanishlarda
avtomatlashtirilgan usullardan va prinsiplardan foydalanish ehtiyojini yuzaga
keltirdi. Ilmiy ishlar avtomatlashtirilgan tizimlarining (IIAT) afzalliklari shundan
iboratki, ulardan olinayotgan ma’lumot qayta ishlangan va umumlashtirilgan tajriba
natijalari, hamda tekshirilayotgan hodisalarning matematik modelini o‘zida
mujassamlashtirgan bo‘ladi.
IIATlarni yaratishdagi modul (ya’ni agregat) prinsipidagi qurilmalar uchun
umumlashtirilgan o‘lchashlar hisoblash komplekslarining asosi hisoblanadi.
Agregatlashtirish va umumlashtirish - ko‘p maqsadli o‘lchash o‘zgartkichlari va ular
to‘plamidan talab qilingan funksional imkoniyat va tavsifli o‘lchash vositalarini
tashkil qilish
maqsadida
foydalanishdan iboratdir. Asosan
quyidagilar
umumlashtiriladi: oraliq o‘zgartkichlar, o‘lchash axborotlarini qayta ishlagichlar va
ko‘rsatkichlar, kuchaytirgichlar, berilgan qiymatlarni uzatuvchi qurilmalar, analog-
raqamli o‘zgartkichlar, tutashtirish qurilmalari. Kerakli o‘lchash vositasini yig‘ish
uchun umumlashtirilgan modullar xar xil tuzilishga ega bo‘lgan agregatlarga
birlashtirilishi mumkin. Hozirgi paytda ilmiy ishlarda qo‘llanilayotgan har xil
umumlashtirilgan tizimlar ishlab chiqilgan.
SHuni eslatib o‘tish joizki, umumlashtirilgan tizimlar o‘zlarining mutloq
afzalliklari bilan birgalikda ba’zi bir kamchiliklarga ham ega. Bulardan birinchisi-
umumiylikni yuzaga keltiruvchi har xil asboblarning ko‘pligi. Bu kamchilik
geofizik, kosmik, okeanografik va boshqa tekshirishlar uchun dinamik o‘lchash
tizimlarini tashkil etishda asosiy to‘siqlardan biridir, chunki bu asboblar ihchamlik,
engillik, kam iste’mol quvvati, yuqori ishonchlilik kabi talablarga javob bermaydi.
Asboblarning
ko‘pligidan tashqari, ilmiy asbobsozlikda o‘lchash
axborotlarini idrok qiluvchi vositalar (birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari)ning noyob
va nodir ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Bunga sabab, yangi hodisalar va
qonuniyatlarni tekshirishning modda ichki tuzilishiga yanada chuqurrok kirib
borishga bog‘likligi bo‘lib, avval yasalgan va ishlatilayotgan o‘lchash axborotlarini
idrok qiluvchi vositalar imkoniyatining cheklanganligidir. Bundan tashqari, ilmiy
tekshirishlarda o‘lchash kerak bo‘ladigan fizikaviy kattaliklar miqyosi sanoat,
qishloq ho‘jaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda uchraydiganlariga nisbatan ancha
kengdir.
|