Ishlash prinsipi va guruhlanishi Ish suyuqliklari




Download 21,17 Kb.
Sana30.05.2024
Hajmi21,17 Kb.
#257512
Bog'liq
Gidromexanik , gidrohajmiy va elektromexanik transmissiyalar. Gidralik uzatmalarning kamchilik va afzalliklari


Mavzu: Gidromexanik , gidrohajmiy va elektromexanik transmissiyalar. Gidralik uzatmalarning kamchilik va afzalliklari

Reja:
1 Gidrodinamik uzatmalarning vazifasi va ishlatilish sohalari
2 Ishlash prinsipi va guruhlanishi
3 Ish suyuqliklari


Suyuqliklar ishtirokida bir mexanizmning ikkinchi mexanizmni harakatga keltirishiga asoslangan mexanizmlar gidravlik uzatmalar deyiladi, bunda suyuqlik uzatma mexanizmidagi kuch zanjirining bir halqasi hisoblanadi. Gidravlik uzatma bnr agregatda ikki xil parrakli mashinadan, ya’ni markazdan qoshma nasos va gidravlik turbinadan birgalikda foydalanuvchi qurilmadan iborat. Unda energiya elektr dvigatelidan gidrodvigatelga suyuqlik oqimi yordamida beriladi. Gidravlik uzatmalar katta energiya sig‘imiga ega boMib, kinetik imkoniyatlari deyarlik cheklanmaganligi tufayli mashinasozlik texnikasining turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Transport mashinalarida gidravlik uzatmalardan foydalanish yetaklovchi g‘ildiraklaming tezligini juda kamaytirish imkonini beradi, bu esa mashinalaming yo‘ldagi to‘siqlardan o ‘ta olishini va dvigatellaming barqaror ishlashini ta’minlaydi. Gidravlik uzatmasi bo‘lmagan avtomobil dvigatellari, ko‘pincha, turgan joyidan qo‘zg‘alishda, tepaliklarga ko‘tarilishlarda, burilishlarda va boshqa hollarda o‘chib qoladi. Gidravlik uzatmali dvigatel bu kamshiliklardan holidir. Maxovik bilan dvigatel va kush zanjirining qolgan halqalari orasida bikr bogManish yo‘qligi sababli, ular, shuningdek, dvigatelning o ‘zi ham zarbaga uchramaydi. Gidravlik uzatmalar turgan joyidan siljishda va tezlikni o‘zgartirishda hosil boMadigan keskin silkinishlami kamaytiradi, bu esa mashinadan foydalanish davrini uzaytiradi. Gidravlik uzatmali avtomobil tepalikka ko‘tarilishda, pastlikka tushishda va burilishlarda kam tajribali haydovchining boshqarishiga ham imkon beradi. Korpusda ish g‘ildiraklarining mumkin qadar yaqinlashtirilishi sababli qurilmalarda trubalar, spiral kameralar, diffuzorlaming zaruriyati bo‘lmay qoladi, demak, bu qismlardagi gidravlik qarshiliklarga bo'ladigan sarf bartaraf qilinadi. Shuning uchun FIK faqat ish g‘ildiraklaridagi yo‘qotishlar hisobiga bo‘ladi va 0,85 0,98 qiymatlarga etadi. Teplovozlar, avtomobillar, traktorlarda, kuchli ventilyator va nasos uzatmalarida, kemashilikda va burg‘ulash mashinalarida, er qazish va yo‘l mashinalarida, aviasiyada gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Hozir deyarlik hamma zamonaviy metall ishlash stanoklari gidrouzatmalar bilan ta’minlangan. Gidrouzatmalardan foydalanib bajariladigan turli-tuman harakat va operasiyalami tushunish uchun hajmiy gidrouzatmalar haqida tushunchaga ega bo‘lish zarur, ular haqida keyinroq to‘xtalamiz. 3.2-§. Ishlash prinsipi va guruhlanishi Ishlash prinsipiga qarab gidravlik uzatmalar hajmiy va gidrodinamik turlarga bo‘- linadi. Hajmiy gidravlik uzatmalar hajmiy nasoslar yordamida ishlaydi. Bunday uzatmalarda energiya suyuqlik orqali yetaklovchi valdan statik bosim sifatida uzatilib, gidrodvigatelni ishga tushiradi. Hajmiy gidravlik uzatmalarda energiya yetaklovchi valga statik bosim ko'rinishida berilgani sababli uni, ko‘pincha, gidrostatik uzatma ham deydilar. Gidrodinamik uzatmalar parrakli gidromashinalar yordamida ishlaydi. Bu yerda ish g‘ildiraklarining parraklari yordamida suyuqlikka berilgan dinamik bosim energiyasidan foydalaniladi. Bu uzatmalar ba’zan turbouzatma deb ataladi, bunga sabab ularda markazdan qoshma nasos va gidravlik turbinalardan birgalikda foydalaniladi. Gidrodinamik uzatmalar bir oqimli va ikki oqimli bo'lishi mumkin. Bir oqimli gidrodinamik hamma quw at gidravlik g'ildiraklar orqali uzatiladi. Ikki oqimli gidrodinamik uzatmalarda esa dvigatel: bir qismi gidravlik gildiraklar orqali, ikkinchi qismi esa mexanik yul bilan uzatiladi. Aylantirish momentining uzatilish usullariga qarab gidrodinamik uzatmalar ikkiga bo‘linadi: 1) gidroilashgich yoki gidromuftalar; 2) gidrotransformatorlar yoki turbotransformatorlar. Mashinalarda gidromuftalar va gidrotransformatorlar alohida va turli kombinasiyalarda, ya’ni gidromufta va gidrotransformator; gidromufta va ikkita yoki uchta gidrotransformator va hokazo tarzda ishlatilishi mumkin.
Hajmiy gidravlik uzatma nasosining seksiyalari soni bittadan to‘rtgacha bo‘lishi mumkin. Taqsimlash klapani yordamida gidravlik uzatmaning seksiyalami ishga tushirish yoki to‘xtatish yo‘li bilan zarur bo‘lgan uzatish nisbatiga erishamiz. Ya’ni tezlik nasosdan gidrodvigatelga kirayotgan suyuqlik miqdorini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi. Sistemada nasosda dvigatelgasha boMgan yoMda (suyuqlikning bir qismini) boshqa yo‘nalishga burib yuboruvchi qurilmalar orqali ham gidrodvigatel tezligini o‘zgartirish mumkin. Hozirgi ko‘pgina zamonaviy gidrouzatmalardagi ish qismlarida suyuqlik sarfi va harakat tezligi avtomatik ravishda boshqariladi. Gidrodinamik uzatmaning ishlash prinsipini 3.2-rasmdagi sxema bo‘yicha tushuntiramiz. Bu rasmda 1-nasosning 3.2 - rasm. G idrodinam ik uzatm aning yetaklovchi vali, 2-markazdan qochirma naishlash prinsipi. sos, 3-boshqariluvchi turbina vali, 4-turbina, 5,6, 7-trubalar. Nasos gMldiraklarini aylantirish bilan suyuqlik oqimiga energiya beriladi. Qo‘shimcha energiya olgan suyuqlik turbina gMldiragiga o‘tadi va olgan energiyasini turbinaga berib, ish suyuqligi nasosga qaytadi. Suyuqlikning bunday berk harakati nasos va turbina g ‘ildiraklaridagi burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydi.
Gidromashinalarning vazifasiga qarab ish suyuqligi suv, neft moyi, sintetik suyuqliklar, spirt va gliserin aralashmasi va hokazo bo‘lishi mumkin. Suyuqlikni bosim yordamida uzatishga moMjallangan nasoslar haydalayotgan suyuqlikning xususiyatlarini hisobga olib loyihalanadi. Tomshilanuvchi suyuqliklar bosimning turli qiymatlarida ham energiyani uzatish qobiliyatiga ega boMgani sababli hajmiy gidrouzatmaning gidromashinalari har qanday tomshilanuvchi suyuqliklar bilan ham ishlashi mumkin. Lekin har qanday suyuqlik mavjud sharoitga muvofiq boMavermaydi. Gidrouzatmada ish suyuqligi oraliq muhit sifatida o‘zining asosiy vazifasini bajaradi va shu bilan birga moylovchi modda hamdir. Shu sababli unga turli qo'shimcha talablar qo‘yiladi. Suyuqlik oqayotganda uning tigMzlagichlardan oqib ketishini kamaytirish uchun mustahkam moy qatlamini hosil qiluvchi suyuqliklar tanlab olingani ma’qul. Suyuqlikning ishqalanish qarshiligini kamaytirish ega qovushoqligi kam suyuqliklar tanlashni taqozo qiladi. Masalan, toza suvning qovushoqligi kam ximiyaviy barqaror, serob boMgani bilan moylash va korroziyani kamaytirish xususiyatlariga ega emas. Hajmiy gidrouzatmalarda foydalanish talablarga toMaroq javob bera oladigan suyuqliklar qovushoqligi kam boMgan va yaxshi tozalangan neft moylaridir. Lekin ular ham talabga toMiq javob bera olmaydi. Shuning uchun sintetik suyuqliklar va neft moylari ushun ulaming xossalarini yaxshilovshi qo‘shilmalaming yangi turlari yaratilgan va yaratilmoqda. Shuningdek, ish suyuqliklarining xususiyatlari uzatmaning yaxshi va uzoq ishlashiga ta’sir qiladi, shuning uchun suyuqligini tanlashda uzatmaning xususiyatlaridan tashqari, suyuqlikning sifatini ham nazarda tutish kerak. Shunday qilib, ish suyuqliklariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Ish suyuqliklari tigMzlagichlarda shunday mustahkam moy qatlami hosil qilishi kerakki, gidrouzatma yaxshi ishlasin. Aytib o‘tish kerakki, agar moy qatlamining mustahkamligi keragidan ortib ketsa, gidroapparaturalaming ishlashi yomonlashadi. 2. Mexanizmlardan uzoq foydalanish, ulaming beto‘xtov va yuqori darajada aniqlik bilan ishlashini ta’minlash uchun ish suyuqligi korroziyani kamaytirish va ximiyaviy barqarorlik xususiyatlariga ega boMishi zarur.
Download 21,17 Kb.




Download 21,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlash prinsipi va guruhlanishi Ish suyuqliklari

Download 21,17 Kb.