1.2. Sanoatdagi o‘lchashlar
O‘lchash vositalaridan asosan texnikaviy o‘lchashlarda qo‘llaniladi. Hozirgi
vaqtda o‘lchash vositalari to‘plami bilan jihozlanmagan zamonaviy stanoklar yoki
avtomatik yo‘nalishlarni uchratish qiyin. Sanoatda ishlatiladigan o‘lchash
vositalarining ko‘p qirraligiga qaramasdan, quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:
•
texnologik qurilmalar holatini baholovchi vositalar;
•
ob’ektning avtomatik tizim va avtomatlashtirilgan boshqaruvdagi holatini
baholovchi vositalar;
•
moddalar tarkibini o‘lchash vositalari;
•
sanoat robotlarining "his etuvchi" vositalari;
•
jismlar va moddalarning xususiyatlarini o‘lchash vositalari;
•
ishlab chiqarilgan buyumlar sifatini baholovchi vositalar;
•
mahsulotlarning sifatini va miqdorini o‘lchash vositalari.
Sanoatda ham ilmiy tekshirishlarda o‘lchangani kabi, fizikaviy kattaliklarni
o‘lchash ehtiyoji mavjuddir. Ammo, bu holatda o‘lchash sharti va diapazoni keskin
farq qiladi. Masalan, ilmiy tekshirishlarda o‘lchamlar atom qismiga teng
o‘lchamlardan, to yulduzlar va galaktikalararo masofalargacha o‘lchanadi.
Temperatura Kelvin gradusining o‘nli ulushlaridan, to o‘nlab million gradusgacha
teng oraliqda o‘lchanadi. Massa esa elementar zarracha massasidan, to yulduzlar
massasigacha o‘lchanadi. Ilmiy tekshirishlarda o‘lchashlarni bajarishda diapazonni
qanchalik o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:
Antarktidagi o‘lchash asboblaridan past temperaturalarda (-60
0
S gacha)
muqobil ishlay olish qobiliyati talab etilsa, Sahroi Kabirdagi o‘lchash asboblariga
esa birmuncha issiqroq (60
0
S gacha) bo‘lgan sharoitda me’yorli ishlay olish talablari
qo‘yiladi. YOki shunga o‘xshash, atrof muhitdagi bosimi yuzlab atm. bo‘lgan okean
tubini tadqiq etishga mo‘ljallangan o‘lchash asboblari bilan koinotning fazo
bo‘shlig‘idagi turli tadqiqot maqsadlaridagi o‘lchash asboblari.
Odatda sanoatdagi o‘lchash vositalarining imkoniyat chegaralari birmuncha
torroq bo‘ladi. Ammo, bu sohada ham o‘lchash vositalariga bir qator alohida talablar
qo‘yiladiki, ularning butkul bajarilishi muayyan to‘siqlarni engishga bog‘liqdir.
Birinchi navbatda sanoat asboblarining ilmiy tekshirish asboblaridan farqli ravishda
seriyali ishlab chiqarishga va ko‘plab korxonalarda ishlatilishga mo‘ljallanganligini
eslash kifoyadir. Bu talab sanoat asboblarida seriyali ishlab chiqarish sharoitida
faqat iqtisodiy foyda keltiradigan texnik echimlardan foydalanish zaruriyatini
keltirib chiqaradi. Bu erda qimmatbaho materiallar va elementlarni, juda murakkab
texnologik jarayonlarni qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari, sanoat asboblari
etarli darajada ishlatish va ta’mirlash uchun sodda bo‘lishligi kerak, chunki hamma
sanoat korxonalarida ham murakkab o‘lchash asboblarini ishlata oladigan yuqori
malakali mutaxassislar bo‘lavermaydi.
Sanoat asboblari doimo rivojlanishdadir. Har yili seriyali ishlab chiqarishga
yangi o‘lchash asboblari va to‘plamlari joriy qilinadi. Lekin oliy o‘quv yurtlari va
ilmiy tekshirish oliygohlaridagi olimlarning, loyihalash oliygohlari va loyihalash
byurolaridagi loyihachilarning hamma urinishlariga qaramasdan sanoatda o‘lchash
va nazorat vositalari tanqisligi sezilarlidir. Ushbu jihatdan o‘lchash va nazorat
vositalarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga mo‘ljallanganligi texnologik
jarayonlar foydaliligi, mahsulot sifatini hamda ishlab chiqarish salmog‘i va
madaniyatining oshishiga olib keladi.
Takrorlash uchun savollari.
1. O‘lchashlar nazariyasi va texnikasining ijtimoiy ishlab chiqarishga ta’siri
o‘lchash vositalarining turlari.
2. Sanoatdagi o‘lchashlar haqida ma’lumot bering.
3. Ihtiyoriy olingan 5 ta soha yo‘nalishiga tegishli o‘lchashlarga misollar
keltiring.
4. Mahsulot sifatini o‘lchashni qanday tushunasiz?
5. «Qobusnoma» kitobida o‘lchashlarga oid juda ko‘p eslatmalar bor.
SHulardan bir nechtasiga izoh bering.
6. Inson o‘lchash vositasi sifatida qurilishi mumkinmi?
7. Sanoatda o‘lchashlar qaysi sifatlarda namoyon bo‘ladi?
|