• Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar
  • 6-amaliy ish




    Download 1,19 Mb.
    bet1/3
    Sana23.09.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #272041
      1   2   3
    Bog'liq
    6-amaliy ish

    6-AMALIY ISh


    MAVZU: AVTOMOBIL YO‘LLARINI MUHANDISLIK JIHOZLASh
    Ishdan maqsad: Talabalar berilgan topshiriqga asosan Avtomobil yo‘lini muxandislik jixozlash sxemasini tuzishadi va xulosa qilib me’yoriy hujjatlarga asosan asoslab berishadi.

    Nazariy qism


    Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘siqlari transport vositalarining, piyodalarning harakatini tartibga solish va yo‘l - transport hodisalarining oldini olish hamda ularning og‘irlik darajasini pasaytirish uchun o‘rnatiladi. Yo‘l to‘siqlariga qo‘yiladigan talablar GOST 26804-86 «Ograjdeniya dorojnыe, metallicheskie barernogo tipa. Texnicheskie usloviya» da keltirilgan. Yo‘l sharoitining o‘zgarishiga qarab yo‘l to‘siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST 23457-86 «Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya»da keltirilgan.
    Yo‘l to‘siqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va og‘irlik darajalarini pasaytirish bilan birgalikda, to‘siqlarni o‘ziga kelib urilishi natijasida transport vositalarining ishdan chiqishiga, hatto odamlarning o‘limiga ham sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha yo‘l to‘siqlari o‘rniga xavfsizlikni ta’minlashning boshqa yo‘llarini o‘ylash kerak. Masalan, egrilik radiusini kattalashtirish, ko‘tarma balandligini pasaytirish, yo‘l poyining yon qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun er osti yoki usti yo‘lakchalarini qurish, yo‘l mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish.

    Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar


    Yo‘l to‘siqlari mustahkam, egiluvchan, sutkaning har qanday vaqtida ko‘rinuvchan, almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lishi kerak.
    Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida yo‘l poyining chetidan 0,5 m masofadan kam bo‘lmagan va 0,85 m ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l to‘sig‘ining bikirligiga qarab joylashtiriladi.
    Topshiriq: Talabalar berilgan topshiriqga asosan Avtomobil yo‘llarini muxandislik jixozlanishini o‘rganishadi, topshiriqni chizma va xulosani yozma ravishda topshirishadi.
    Yo‘l to‘siqlari va yo‘naltiruvchi qurilmalar va ularni qo‘llash sharoitlari.
    Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘siqlari transport vositalarini, piyodalar harakatini tartibga solish va yo‘l transport hodisalarini oldini olish hamda ularni og‘irlik darajasini pasaytirish uchun o‘rnatiladi. Yo‘l to‘siqlariga qo‘yiladigan talablar GOST 26804-86 da keltirilgan. Yo‘l sharoitini o‘zgarishiga qarab yo‘l to‘siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari Gost 23457-86 da keltirilgan. Yo‘l to‘siqlarini qo‘llash shartlariga qarab 2 guruhga bo‘linadi.

    6.1-rasm. 1-guruh yo‘l to‘siqlari
    Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari I-IV darajali Avtomobil yo‘llarida yo‘l yoqasida qo‘yidagi hollarda o‘rnatiladi: Yo‘l poyi ko‘tarmada o‘tib, uni yon qiyaligi 1:3 va undan tik bo‘lsa. Temir yo‘l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2 m va undan ko‘p bo‘lsa), jarlarga va tog‘ daralariga oraliq masofa yo‘lni qatnov qismini chetidan 25 m va undan kam bo‘lmagan hollarda, yo‘l parallel o‘tgan joylarda. har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda. Rejada yo‘lni yo‘nalishi o‘zgarib ko‘rinish ta’minlanmagan uchastkalarda. Ajratish tasmalarida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda. Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida, yo‘l poyini chetidan 0.5 m masofadan kam bo‘lmagan va 0.85 m ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l to‘sig‘ini bikirligiga qarab joylashtiriladi.

    6.2-rasm. 2-guruh yo‘l to‘siqlarini qo‘llash
    Xavfsizlik talablariga ko‘proq temir plankalardan yasalgan to‘siqlar to‘g‘ri keladi. Ko‘ndalang kesimi W ko‘rinishida bo‘ladigan plankalar qattiq konsolga mahkamlanadi, konsol esa №12 shvellerga biriktiriladi (4.3-rasm). Ustunlarining orasi 1 m, 2m, 3m va 4m bo‘ladigan, bir tomonli yo‘l to‘siqlari konstruksiyasining (GOST 26804-86 bo‘yicha ) to‘rt xili ishlab chiqilgan. Bu konstruksiyalarning ishlashi quyidagicha bo‘ladi: Avtomobil to‘siqqa urilganda asosiy zarba plankaga tushadi, zarbaning bir qismi o‘tgan ustun esa qiyshayadi. Ustunning qiyalik burchagi taxminan 35° daraja bo‘lganda undagi qattiq konsol ajralib ketadi va shuning uchun plankani tik ushlab uni yerga tushirmaydi, natijada Avtomobilning to‘siqdan oshib ag‘darilib ketishi oldi olinadi. Urilgan vaqtida planka ishlashi uchun «tortilgan ip» qoidasiga muvofiq qilib, 2 m oraliqda o‘rnatilgan usunlar orasida, to‘siq uchastkasining boshlanish va tugash vositasi ko‘zda tutilgan (har bitta uchastkaning uzunligi 12 m).

    6.3-rasm. Bir tomonli metall to‘siq (GOST 26804—86):
    a – old ko‘rinishi; b – plan; v – ish uchastkasidagi ustun; g – boshlanish va tugash
    uchastkalaridagi ustunlar; d – qattiq konsal; ye – plankani ustunga biriktirish; L1
    boshlanish uchastkasi; L2 – ish uchastkasi; L3 – oxirgi uchatka; 1 – oxirgi element; 2 – planka; 3 – nurni qaytaradigan element; 4 – diagonal bog‘lash; 5 – ustun; 6 – qattiq konsol; 7 - M10X1.25-8g 30.58 bolt; 8 - MI6X45.58 bolt.
    GOST 26804—86 bo‘yicha ajratish polosasida ikki tomonli bar’er to‘siq qo‘yiladi (20-rasm). Ustunlari qattiqligining kamaygani, plankalari tortilgani, urilganda plankali konsol ustundan ajrab ketishi, to‘siq hisoblangandek bo‘ylama egilishi uchun ustun cheti bilan yo‘l poyi qoshi orasi oshirilgani sababli bir tomonli va ikki tomonli bunday to‘siqlarning foydalanish ko‘rsatgichlari baland bo‘ladi. Agar andoza loyiha urilganda konsolning planka bilan ajralib ketishini nazarda tutgan bo‘lsa ustun (№16 qo‘shtavr), konsol (№14 shveller) va po‘lat plankadan (21a rasm) iborat bo‘ladigan bar’er to‘siqning foydalanish ko‘rsatgichlari ham taxminan shunday bo‘ladi.
    Plankalar amortizatorlorlarga, amortizatorlar esa yog‘och yoki temir beton ustunlarga biriktirilganda metall ustunga birikkanidan ko‘ra samarasi kamroq bo‘ladi, lekin metallni tejash uchun ko‘pincha shunday konstuksiyalar ishlatiladi (4.5,6,v rasm).

    6.4-rasm. Ikki tomonli metall to‘siqlar (GOST 26804—86):
    a – old ko‘rinishi; b – plan; v – ustun konstruksiyasi; g – tirgak konsol; d – balkalarni
    ustun bilan birlashtirish; L1 – boshlanish uchastkasi; L2 – ish uchastkasi; L3 – o‘tish
    uchastkasi: 1 – nurni qaytaradigan element; 2 – ustunlar; 3 – plankalar; 4 – tirgak konsol; 5 – skoba; 6 –bolt M16X45.58; 7 –bolt M16X1,5 8gX30,58;

    6.5-rasm. Amortizatorlardan o‘tkazib ustunga mahkamlangan po‘lat plankali bar’er to‘siqlar (503-0-17 andoza loyiha):
    a – metall ustunga; b, v – temir beton ustunga; 1 – planka; 2 - amortizator; 3 – metall ustun; 4 – oraliq temir beton ustun; 5 – asosiy temir beton ustun.

    Download 1,19 Mb.
      1   2   3




    Download 1,19 Mb.