• Dаrsning blоk sхemаsi.
  • Tаshkiliy qism.
  • O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
  • Yangi mаvzuyni mustahkamlash.
  • Uygа vаzifа berish.
  • Mavzu: butun zanjir uchun om qonuni. Tok manbayining foydali ish koeffitsiyenti




    Download 43.44 Kb.
    Sana04.04.2024
    Hajmi43.44 Kb.
    #187740
    Bog'liq
    konispekt
    Третий закон термо.призентация, Окислительно - восстановительные реакции, aaaaaaa, Fizika fanining boshqa fanlar bilan bog’lanish, Web dasturlash texnologiyelari-2020, yozma ish kolloid, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data, davron kazus javob, GAIBOV ZARIFJON, 2-Mavzu(1), 10-sinf-informatika, Sodda dinamik struktyradir, Access MB ochiq dars, Adoble photoshop, 2 5199598704025147487

    Mavzu: BUTUN ZANJIR UCHUN OM QONUNI.
    TOK MANBAYINING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI

    Darsning maqsadi:
    1. Ta`limiy maqsad: Butun zanjir uchun om qonuni. Tok manbayining foydali ish koeffitsiyenti to`g`risida tushunchalar berish.
    2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
    nutqini o`stirish va tarbiya berish;
    3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish Dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
    Dasrning turi: Aralash
    Darsning usuli: Ma`ruza darsi. Savol- javob
    Darsning jihozi: Ko`rgazmali materiallar , darsga oid slaydlar to`plami va darslik

    Dаrsning blоk sхemаsi.




    Dаrs bоsqichlаri

    Vаqti

    1

    Tаshkiliy qism.


    3- minut

    2

    O`tilgan mavzuni so`rash.


    10- minut

    3

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash.


    5- minut

    4

    Yangi mаvzu ustida ishlash.


    10- minut

    5

    Yangi mаvzuyni mustahkamlash.


    10- minut

    6

    Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash.


    5- minut

    7

    Uygа vаzifа berish.


    2- minut


    Darsning tashkiliy qismi:


    1. O`quvchilar bilan salomlashish.

    2. O`quvchilarning davomatini aniqlash.

    3. O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa.

    4. O`tilgan mavzuni so`rash.



    Yangi darsning bayoni.

    O‘tkazgichdan tok o‘tganda u qiziydi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Demak, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, o‘tkazgich bo‘ylab erkin elektronlar ko‘chganda elektrostatik maydon ish bajaradi. Lekin, elektr zanjirida energiya ajralsa, energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra, shuncha energiya elektr zanjiriga kelishi kerak. Shunday savol tug‘iladi: bu zanjirning qaysi qismida ro‘y beradi va qanday fi zik jarayonlar natijasida energiya elektr zanjiriga beriladi? Dastlab aniqlashtirib olamiz: elektr zanjiridagi energiya manbayi vazifasini elektrostatik maydon bajara oladimi?


    Bajara olmaydi, chunki 33-mavzuda ko‘rib o‘tilganidek elektrostatik maydonda zaryadni berk trayektoriya bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish nolga teng. Demak, faqat elektrostatik maydon ta’sirida erkin zaryadlar berk zanjir bo‘ylab harakatlana olmaydi.
    Aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, zanjirning qandaydir bir qismida zaryadlarga elektrostatik bo‘lmagan kuchlar ta’sir qilishi kerak. Bu kuchlarni chet kuchlar deyiladi. Ular zaryadga tok mabayining ichida ta’sir qilib, aynan shu kuchlar energiyani elektr zanjiriga yetkazib beradi.
    Tok manbayida chet kuchlar ta’sirida zaryadlarning ajralishi ro‘y beradi. Natijada manbaning bir qutbida musbat zaryad, ikkinchi qutbida manfi y zaryad to‘planadi. Qutblar orasida potensiallar farqi vujudga keladi.
    Tokning kimyoviy manbalarida chet kuchlar kimyoviy tabiatga ega bo‘ladi. Masalan, agar rux va mis elektrodlarni sulfat kislotaga tushirilsa, ruxning musbat ionlari, misning musbat ionlariga nisbatan elektrodini tez-tez tashlab ketib turadi. Natijada mis va rux elektrodlar orasida potensiallar farqi vujudga
    keladi: mis elektrodning potensiali, ruxnikiga nisbatan katta bo‘ladi. Mis elektrod tok manbayining musbat qutbi, rux elektrod esa manfi y qutbi bo‘ladi.
    Tok manbayida chet kuchlar erkin zaryadlarni elektrostatik maydon kuchlariga qarshi ko‘chirishda Achet chet ish bajaradi.
    B u ish berilgan vaqt ichida zanjir bo‘ylab ko‘chayotgan q zaryad miqdoriga proporsional bo‘ladi. Shunga ko‘ra chet kuchlarning bajargan ishining zaryad miqdoriga nisbati Achet ga ham, q ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. Demak, u tok manbayining xarakteristikasi hisoblanadi. Bu nisbat, ya’ni birlik q musbat zaryadni berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ishi manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYuK) deyiladi va harfi bilan belgilanadi: (8.9)

    EYuK kuchlanish kabi voltlarda o‘lchanadi.


    A gar zanjirdagi tok kuchi I bo‘lsa, t vaqt ichida zanjirdan q = It zaryad o‘tadi. Shunga ko‘ra (1) formulani quyidagicha yozib olamiz (8.10)
    Bu paytda tok manbayining ichida va tashqi zanjirda (8.11)
    i ssiqlik miqdori ajralib chiqadi. Bunda r – manbaning qarshiligi bo‘lib, u ichki qarshilik deb ataladi.
    Energiyaning saqlanish qonuniga ko‘ra (8.12)
    ( 8.9), (8.10) va (8.11) larni (8.12) ga qo‘yib, tegishli amallar bajarilganidan so‘ng
    (8.13) ga ega bo‘lamiz. Bu ifoda butun zanjir uchun Om qonuni deyiladi.
    R + r ni zanjirning to‘la qarshiligi deyiladi.
    Butun zanjir uchun Om qonunini (8.14) ko‘rinishda yozib olamiz. Bu ifodadagi birinchi qo‘shiluvchi, manba qutblaridagi U kuchlanishga teng: IR=U.
    M anba qutblaridagi maksimal kuchlanish ga teng. Bu I = 0 bo‘lganda bo‘ladi. Tashqi zanjirga qarshilik ulanmasdan ochiq qolganda tok kuchi nol bo‘ladi. Ushbu holda
    M anba qutblarininig orasidagi minimal kuchlanish nolga teng. Bu hol qisqa tutashuv ro‘y berganda, ya’ni tashqi qarshilik R = 0 bo‘lganda kuzatiladi. Bu holda tok kuchi maksimal bo‘ladi: (8.15)

    Uni qisqa tutashuv toki deyiladi.


    T ashqi zanjirda bajarilgan ish foydali ish deyiladi. Uni Af bilan belgilaylik. Tokning bajargan ishi formulasidan foydalanib A1=I2Rt ni olamiz Achet=I2Rt+I2rt bo‘lganligidan, foydali ishning chet kuchlar bajargan ishga nisbatini topamiz:

    (8.16)

    Foizlarda ifodalangan bu nisbatni tok manbayining FIK deyiladi.



    Yangi mavzuni mustahkamlash.

    1. Nima sababdan elektrostatik maydon elektr zanjiridagi energiya manbayi vazifasini bajara olmaydi?


    2. Chet kuchlar deyilganda nima tushuniladi?
    3. Elektr yurituvchi kuch deyilganda nimaning kuchi nazarda tutiladi?
    4. Qisqa tutashuv qanday hodisa?

    Uyga vazifa: O`tilgan mavzuni o`qish va savollarga javob toppish
    Download 43.44 Kb.




    Download 43.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: butun zanjir uchun om qonuni. Tok manbayining foydali ish koeffitsiyenti

    Download 43.44 Kb.