|
Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Elektrostatik maydonda nuqtaviy zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish
|
Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 22,59 Kb. | | #114313 |
Bog'liq Abdullayeva Yulduz Fizika lab ish 3
Laboratoriya ishi № 3
Mavzu: Elektrostatik maydonda nuqtaviy zaryadni ko`chirishda bajarilgan ish
Ishdan maqsad: Elektrostatik maydonda ekvipotensial sirtlarni yasashni
o’rganish.
Kerakli asbob va uskunalar:
1. O’zgarmas kuchlanish manbasi
2. Zond
4. Elektrostatik vanna
5. Voltmetr
5. Ulovchi simlar
Nazariy ma’lumotlar.
Zaryadlangan jism atrofida elektr maydoni hosil bo`ladi. Elektr maydoni
materiyaning 2 chi turi bo`lib, fazoda zaryadlangan jismlar bilan elektr kuchlari
orqali ta’sirlashadi.
Elektr maydonining berilgan nuqtasidagi kuchlanganligi deb, shu nuqtada
joylashgan nuqtaviy birlik musbat zaryadga ta’sir qilayotgan kuchga miqdoran
teng bo’lgan vektor kattalikka aytiladi.
E=F/q
Elektr maydonning berilgan nuqtasidagi potensial deb, shu nuqtada
joylashgan nuqtaviy birlik musbat zaryadning potensial energiyasining uning
zaryad miqdori nisbatiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
U=W/q
Maydonning kuchlanganligi va potensiali quyidagi munosabat bilan bir-
biriga bog`langan.
E=grad U
Elektr maydonining potensiallari bir xil bo’lgan nuqtalaridan tashkil topgan
geometrik sirt ekvipotensial sirtni hosil qiladi. Ekvipotensial sirtning berilgan
nuqtasidagi kuchlanganlik vektori sirtiga perpendikular yo`nalgan. ( 1-
rasmdagiday)
1-rasm
Qurilma va metodning tavsifi.
Bu ishda ekvipotensial sirtlar anqlanadi. Buning uchun potensiallari bir xil
bo’lgan bir necha nuqta vannada voltmetr yordamida topiladi. So`ngra ular
biriktirilib sirtlar yasaladi.
Elektrostatik vannaga elektrodlar tushiriladi. Elektrodlar o’zgarmas
kuchlanishli manbaga ulaniladi. Agar vannaga suv solinsa bu suv orqali to’q oqa
boshlaydi. Ekvipotensial sirtlarning shakli huddi to’q oqmaganidek bo`lib qoladi.
Bunday vannaga indikator (voltmetr) bilan ulangan elektr zondi tushirilsa
potensiallar farqi bir xil bo’lgan nuqtalar topilishi mumkin.
2-rasm.
2-rasmda elektrostatik vanna, unga tushirilgan elektronlar va tartibli
xarakatlanayotgan zarralar ko`rsatilgan. Elektrostatik maydon ekvipotensial
sirtlarning shakli elektrodlarning shakliga mos ko`rinishga ega bo`ladi. Bu sirtning
har bir nuqtasi kuchlanganlik vektoriga perpendikular bo`lib qoladi.
Vanna shaffof jismdan yasalgan bo`lib pastki qismi millimetrlarga bo`lingan
qog`oz yopishtirilgan. Bu sirt nuqtalarining qoordinatalarini aniqlashga yordam
beradi.
3-rasm.
Ishni bajarish tartibi.
1. Sxemada keltirilgan zanjirni yig`ing.
2.Elektrodlarni kuchlanish manbasiga ulang.
3.Voltmetrning birinchi qlemmasini zondga 2 chi qlemmasini esa
elektrodning biriga ulang.
4.Zondni vannaga tushirib shu nuqtaning qoordinatalarini aniqlang,
potensiallar farqini voltmetrda aniqlang.
5.Aniqlangan kuchlanishingiz uchun ( ya’ni, keyingi nuqtalar uchun
kuchlanish o’zgarmasdan qolsin) yana 3-4 nuqta qoordinatasini toping.
6.2-potentsial sirtga tegishli nuqtalarni topish uchun zondning elektrodlarga
nisbatan joylashishini o`zgartiring. Buning uchun zondni biror bir elektordga
yaqinroq tushirish kerak xolos. Endi 4-5 punktlardagi ishlarni takroriy bajaring.
7.4-5-6-punktlarda ko`rsatilgan ishlarni takrorlab 3- ekvipotensial sirtga
tegishli 4; 5 ta nuqtaning qoordinatasini va ularga tegishli kuchlanishni voltmetr
yordamida aniqlang.
8.Natijalarni jadvalga tushiring.
Xulosa :
--------------------------------------------------------------------------------------------------------
-------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
|
| |