• Kerakli asbob va uskunalar: 1. O’zgarmas kuchlanish manbasi 2. Zond 4. Elektrostatik vanna 5. Voltmetr 5. Ulovchi simlar Nazariy ma’lumotlar.
  • Qurilma va metodning tavsifi.
  • Ishni bajarish tartibi.
  • Sinov savollari.
  • Laboratoriya ishi №8 Mavzu: Elektrostatik maydonni o’rganish. Ishdan maqsad




    Download 151.91 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana04.11.2023
    Hajmi151.91 Kb.
    #94249
    Bog'liq
    F2RHiywULrwp938yYOLdq6tmEAaxlClEPr4riDad (1), Oliy-talimda-matematika-fanlarini-oqitish-metodikasi, 2 5332514769171648861, 10-sinf olimpiada, 5-sinf geografiya uzb, Документ Microsoft Word, 4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205, 3 52 01 02 Аппарат ва дастурий таъминот созловчиси УД OZGARTIRILGAN, O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, jfjnjh, elektronika 10 MDYa (1), imtixon natijalari[ matem, OBYEKTIVKA. Ozoda, Masofaviy ta’lim texnologiyasi, анкета талабгор учун 4 docx63ca356b6c424


    Laboratoriya ishi № 8 
     
    Mavzu: Elektrostatik maydonni o’rganish. 
     
    Ishdan maqsad: Elektrostatik maydonda ekvipotensial sirtlarni yasashni 
    o’rganish. 
    Kerakli asbob va uskunalar:
    1. O’zgarmas kuchlanish manbasi 
    2. Zond 
    4. Elektrostatik vanna 
    5. Voltmetr 
    5. Ulovchi simlar 
    Nazariy ma’lumotlar. 
    Zaryadlangan jism atrofida elektr maydoni hosil bo`ladi. Elektr maydoni 
    materiyaning 2 chi turi bo`lib, fazoda zaryadlangan jismlar bilan elektr kuchlari 
    orqali ta’sirlashadi. 
    Elektr maydonining berilgan nuqtasidagi kuchlanganligi deb, shu nuqtada 
    joylashgan nuqtaviy birlik musbat zaryadga ta’sir qilayotgan kuchga miqdoran 
    teng bo’lgan vektor kattalikka aytiladi. 
    E=F/q
    Elektr maydonning berilgan nuqtasidagi potensial deb, shu nuqtada 
    joylashgan nuqtaviy birlik musbat zaryadning potensial energiyasining uning 
    zaryad miqdori nisbatiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi. 
    U=W/q 
    Maydonning kuchlanganligi va potensiali quyidagi munosabat bilan bir-
    biriga bog`langan. 
    E=grad U 
    Elektr maydonining potensiallari bir xil bo’lgan nuqtalaridan tashkil topgan 
    geometrik sirt ekvipotensial sirtni hosil qiladi. Ekvipotensial sirtning berilgan 
    nuqtasidagi kuchlanganlik vektori sirtiga perpendikular yo`nalgan. ( 1-
    rasmdagiday) 
    1-rasm 
    Qurilma va metodning tavsifi. 
    Bu ishda ekvipotensial sirtlar anqlanadi. Buning uchun potensiallari bir xil 
    bo’lgan bir necha nuqta vannada voltmetr yordamida topiladi. So`ngra ular 
    biriktirilib sirtlar yasaladi. 


    Elektrostatik vannaga elektrodlar tushiriladi. Elektrodlar o’zgarmas 
    kuchlanishli manbaga ulaniladi. Agar vannaga suv solinsa bu suv orqali to’q oqa 
    boshlaydi. Ekvipotensial sirtlarning shakli huddi to’q oqmaganidek bo`lib qoladi.
    Bunday vannaga indikator (voltmetr) bilan ulangan elektr zondi tushirilsa 
    potensiallar farqi bir xil bo’lgan nuqtalar topilishi mumkin. 
    2-rasm. 
    2-rasmda elektrostatik vanna, unga tushirilgan elektronlar va tartibli 
    xarakatlanayotgan zarralar ko`rsatilgan. Elektrostatik maydon ekvipotensial 
    sirtlarning shakli elektrodlarning shakliga mos ko`rinishga ega bo`ladi. Bu sirtning 
    har bir nuqtasi kuchlanganlik vektoriga perpendikular bo`lib qoladi. 
    Vanna shaffof jismdan yasalgan bo`lib pastki qismi millimetrlarga bo`lingan 
    qog`oz yopishtirilgan. Bu sirt nuqtalarining qoordinatalarini aniqlashga yordam 
    beradi. 
    3-rasm. 
    Ishni bajarish tartibi. 
    1. Sxemada keltirilgan zanjirni yig`ing. ( 3-rasm)
    2.Elektrodlarni kuchlanish manbasiga ulang. 
    3.Voltmetrning birinchi qlemmasini zondga 2 chi qlemmasini esa 
    elektrodning biriga ulang. 
    4.Zondni vannaga tushirib shu nuqtaning qoordinatalarini aniqlang
    potensiallar farqini voltmetrda aniqlang. 
    5.Aniqlangan kuchlanishingiz uchun ( ya’ni, keyingi nuqtalar uchun 
    kuchlanish o’zgarmasdan qolsin) yana 3-4 nuqta qoordinatasini toping. 


    6.2-potentsial sirtga tegishli nuqtalarni topish uchun zondning elektrodlarga 
    nisbatan joylashishini o`zgartiring. Buning uchun zondni biror bir elektordga 
    yaqinroq tushirish kerak xolos. Endi 4-5 punktlardagi ishlarni takroriy bajaring. 
    7.4-5-6-punktlarda ko`rsatilgan ishlarni takrorlab 3- ekvipotensial sirtga 
    tegishli 4; 5 ta nuqtaning qoordinatasini va ularga tegishli kuchlanishni voltmetr 
    yordamida aniqlang. 
    8.Natijalarni jadvalga tushiring. 
    № 
    U
    1

    U
    2

    U
    3







    1. 
    2. 
    3. 
    4. 
    5. 
    9.Jadvaldan foydalanib millimetrlarga bo`lingan qog`ozda ekvipotensial 
    sirtlarni yasang. 
    Sinov savollari. 
    1.Elektrostatik maydon deb nimaga aytiladi? 
    2.Elektrostatik maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi? 
    3.Potensial deb nimaga aytiladi? 
    4.Maydon kuchlanganligi bilan potensial orasida qanday bog`lanish bor? 
    5.Qanday sirtga ekvipotensial sirt deb aytiladi ? 
    6.Zaryadni ekvipotensial sirt bo`ylab ko`chirilishida bajarilgan ish nimaga 
    teng?
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     

    Download 151.91 Kb.




    Download 151.91 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №8 Mavzu: Elektrostatik maydonni o’rganish. Ishdan maqsad

    Download 151.91 Kb.
    Pdf ko'rish