• Etiboringiz uchun raxmat !
  • Baxodirova G




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #135352
    Bog'liq
    RAHIMJON



    TEZ TIBBIY Y O R D A M KOʻRSATISH
    TAYYORLADI:
    YO’LDASHEV R
    HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI


    2
    Tez tibbiy yordam — inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda 
    kechasiyu kunduzi shifoxonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi.
    TEZ TIBBIY YORDAM


    Ilk bor Tez tibbiy yordam 1918-yil
    Toshkent
    shahrida punkt sifatida 
    tashkil etilib, 1926-yil mustaqil Tez tibbiy yordam stansiyasiga, 1974-
    yil Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib boʻlimga 
    aylantirildi. 1983-yil kasalxonadan ajratilib, mustaqil shahar tez va 
    shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi.


    Oʻzbekiston Respublikasi Farmoni bilan №PF-2107 10.11.1998yil Shoshilinch
    Tibbiy Yordam Xizmati taʼsis etilib, 2001-yildan shoshilinch tibbiy yordam va
    tez tibbiy yordam tushunchalari ikki xil maʼnoga ega. Tez tibbiy yordamning
    vazifasi hodisa yuz bergan joyda, uyda, bemorni kasalxonaga olib keta turib
    shoshilinch, shu jumladan mutaxassis vrach tomonidan yordam koʻrsatish,
    lozim boʻlsa, bemorlarni kasalxonaga yetkazishni taʼminlashdan iborat.


    Bundan tashqari, Tez tibbiy yordam xizmati koʻzi yoriydigan (tug'ayotgan) ayollarni 
    yoki uyida koʻzi yoriganlarni shifokor talabiga koʻra davolash muassasalariga olib 
    boradi. Tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirish uchun yagona telefon indeksi (103) 
    joriy etilgan. Tez tibbiy yordam stansiyalari xodimlari mehnatga qobiliyatsizlik 
    varaqalari, sudtibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemorlarga yo ularning 
    qarindoshlariga yozma maʼlumotnoma berish huquqiga ega emas.


    Qishloq joylarida kunning istagan paytida Tez
    tibbiy yordam koʻrsatish shifokorlar va oʻrta
    tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va
    borish qiyin boʻlgan joylarga sanitariya aviatsiyasi
    vositalari 
    koʻrsatiladi.
    bilan
    shoshilinch
    tibbiy
    yordam
    Tez
    tibbiy
    yordam
    mashinalari
    radiolashtirilgan boʻlib, ikki tomonlama telefon
    aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz berish
    apparatlari,
    kislorod
    ingalyatorlar,
    elektrokardiograf va boshqa zaruriy asboblar bilan
    jihozlangan. Respublikaning har bir tuman (shahar)
    hududida ixtisoslashtirilgan maxsus reanimatsion,
    umumtarmoq shifokorlik brigadalari, feldsherlik
    brigadalari va psixiatrik brigadalari tashkil etilgan.
    Bu uyda va yoʻlda keta turib ixtisoslashtirilgan
    tibbiy yordam koʻrsatishga imkon beradi.


    Bugungi Tez yordam xizmatini mening fikrimga ko'ra 
    3 davrga bo'lish mumkin, yaʼni 2016 yilgacha davr, 
    2016 yildan 2022 yilgacha bo'lgan davr hamda 2022 
    yil iyun oyidan hozirgacha yangi davr tez tibbiy 
    yordam xizmatidir. 2016 yilgacha davrda tez tibbiy 
    yordam tibbiyotdagi eng og'ir ahvoldagi og'riqli soha 
    boʼlgan, chunki bu davrda oylik maoshi pastligi, 
    hodimlarga eʼtibor va yetarli sharoitni mavjud
    emasligi sababdan tibbiy hodimlar qo'nimsizligi, 
    sanitar avtomashinalarni eski va nosoz holatdaligi, 
    ularni sonini normaga nisbatan kamligi, yoqilg'i-
    moylash va avtomobillar ehtiyot qismlarini umuman 
    yo'qligi, dori-vositalar qog'ozda bo'lsada amalda 
    mavjud emasligi, hech qanday davolash standartlari, 
    ish yo'riqnomalarni mavjud emasligi, eskicha aloqa 
    vositalaridan foydalanilganlikdir.


    2016 yildan 2022 yilgacha davrda Sh.M.Mirziyoyevning 
    prezident etib saylanganligi, u kishini ko'plab aholini 
    fikridan kelib chiqib, sohadagi eng muammoli bo'lib 
    turgan tez yordam xizmatini isloh qilish kerakligi davri 
    desak bo'ladi, chunki bu davrda tizimni rivojlantirish 
    rejasi, yangiliklarni kirish emas eng avvalo mavjud 
    muammolarni bartaraf etish talab etilardi. Bemor 
    uchun eng avvalo kerak bo'lgan dori-vositalar bilan 
    taʼminlanishi, hodimlarni oylik maoshini bir nea 
    barobar oshirilishi, ularga etarlicha sharoitni yaratib 
    berilishi, sanitar-avtomashinalarni zamonaviylariga 
    almashtirilishi, ularni belgilangan normativ asosida 
    sonini ko'paytirilishi aholimiz tomonidan bir muddat 
    sohaga bo'lgan eʼtirozni kamaytirishga olib keldi. Lekin 
    bugunga kelib tizim zamonaviy emasligi yangi tizim 
    yaratish kerakligini ko'rsatib berdi.


    Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 
    2022 yil 16 iyundagi “Аholiga tez tibbiy yordam 
    ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-
    283-sonli Qarori orqali Respublika tez tibbiy yordam 
    markazi hamda uning 14 ta hududiy filiallarini tashkil 
    etilishiga zamin yaratdi. Shu o'rinda 
    Sh.M.Mirziyoyevning tez tibbiy yordam xizmati 
    xaqidagi bir fikrini keltirsam, “Sohada yagona 
    boshqaruv tizimi yo'lga qo'yilmagan, yaʼni tez tibbiy 
    yordam xizmatining 3 ta «xo'jayini» bor. Jumladan, 
    tibbiyot xodimini «rayzdrav» tayinlaydi, dispetcherlarni 
    ishga qabul qilish va dori-darmon taʼminoti viloyat 
    shoshilinch yordam markazida, transport parki, yoqilg'i 
    taʼminoti va haydovchilar esa «oblzdrav»ga bo'ysunadi”
    — degan edilar.


    Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion 
    muvofiqlashtiruvchi boʼlimlar tashkil etilib, tuman 
    (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi 
    faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va 
    takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi. 2023 yil 1 
    sentyabrga qadar Toshkent shahri tajribasi asosida 
    Respublikaning boshqa hududlarida elektron 
    avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi toʼliq joriy 
    qilinadi.


    1 dekabrga qadar Аndijon, Jizzax, Samarqand va 
    Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar 
    Qoraqalpog'iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, 
    Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg'ona va Xorazm 
    viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik 
    xizmatlari tugatiladi. Toshkent shahri tajribasi asosida 
    Markazning hududiy filiallarida — yagona Call-
    markazlar faoliyati yo'lga qo'yildi. "CALL" markazlarda 
    aholiga zamonaviy tez tibbiy yordam ko'rsatish uchun 
    barcha qulay shart-sharoitlar yaratilib, chaqiruvlarni 
    qabul qilish uchun tunu-kun uzliksiz faoliyat 
    yuritadigan yagona tizim yaratilgan.


    Bunda chaqiruvlarlar ustuvorligi bo'yicha 5 xil toifaga yaʼni binafsha rang-hayotga taxdid soladigan kasallik 
    yoki jaroxat, qizil rang-shoshilinch qo'ng'iroqlar, sariq rang-tezkor, yashil rang-tezkorligi pastroq va ko'k rang-
    tezkor bo'lmagan kasalliklarga ajratilgan xolatda bevosita GPS-orqali ko'rilib, bo'sh turgan eng yaqin 
    brigadalar qo'lidagi planshetlarga uzatiladi, tibbiy brigadalar tomonidan chaqiruvni qabul qilgan zaxoti zudlik 
    bilan bemor manzili tomon xarakatlaniladi.


    Ularga chaqiruvlarni qabul qiluvchi hodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat 
    xizmati faoliyati tashkil etildi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud 
    chegarasidan qatʼi nazar — bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigada yo'naltiriladi. Tez tibbiy 
    yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o'rnatildi, tez tibbiy yordam 
    brigadalarini planshetlar bilan taʼminlanmoqda. Hozirgi kunda Respublika tez tibbiy yordam markazi negizida 
    “sanitar aviatsiya” xizmati uchun zamonaviy vertolyotlar harid qilinishi rejalashtirilmoqda.


    E'tiboringiz uchun 
    raxmat !

    Download 0,62 Mb.




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish