|
Mavzu: Virusga qarshi vaksina va ularni ishlab chiqish Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 228,81 Kb. | | #156820 |
Bog'liq 5m Odam va hayvonning yuqumli kasalliklarigi qarshi immunoprofilaktika va immunoterapiya maqsadida faol immunitet hosil qilishi uchun ishlatiladigan biologik moddalar “vaksinalar” deyiladi. Vaksinalar bir nechta muhim talablarga javob berishi, chunonchi organizm uchun zararsiz, unga yuborilganda tana haroratini oshirmasligi (apirogen), yuqori darajada immunogen, oson yo'l bilan olinadigan, uzoq vaqtgacha sifati buzilmay va emlashga qulay bo'lishi kerak. Vaksinalar maxsus tanlab olingan viruslarning yoki mikroorganizmlarning shtammlaridan tayyorlanadi. Bunday shtammlar vaksina shtammlari deyiladi. Ular boshqa shu turdagi shtammlardan avirulentligi (zahari past) va yuqor darajada immunitetligi (kuchli immunitet chaqiradi) bilan farq qiladi. Vaksina unchalik kuchli bo'lmagan viruslardan tayyorlanadi. Lekin ularning immunitet chaqirish xususiyati juda yuqori bo'lishi kerak. Bunday toifadagi viruslar maxsus oziqli muhitlarda, qulay sharoitda qayta-qayta ekib o'stiriladi va nazorat qilib boriladi. Viruslar bir necha bor qayta ekilganida ular o'zining patogenligini, ya'ni kasallik chaqirish xususiyatini yo'qotib boradi. Ammo kuchli immunitet chaqirish odatini kamaytirmasligi kerak. Virus zarrachalari laboratoriya sharoitida tovuq embirionlari (tuxum ichida), odam yoki maymun hujayra kul`turalarida ko'paytiriladi. Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar yoki viruslarga noqulay sharoit tug'dirilsa ularda spontan mutasiyalar (o'zgarish) boshlanadi. O'zgartirilgan mutantlar ichidan zaharliligi pasaygan (avirulent) turlari ajratib olinib, alohida ko'paytiriladi. Lekin ularning shtammlari antigenlik va immunogenlik (immunitetni uzoq vaqt saqlaydigan) xossalari saqlanib qolishi shart. Odatda laboratoriya sharoitida vaksinalarni tayyorlash unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Ammo uning kasallikning oldini olish xususiyati va immunitet chaqira olish xossasini tekshirishga uzoq vaqt talab qilinadi. Barcha sinov tajribalari avval hayvonlarda, yaxshi, zararsiz natija olinganidan so'ng ko'ngilli odamlarda sinab ko'riladi. Mikrobiologiya tarixidan ma'lumki, juda ko'p hollarda dastlabki vaksinani mualliflarning o'zi qabul qilgan. Chinchechak, taun (chuma), epidemik parotit, shol, kuydirgi, quturish, sil va tulyaremiya kasalliklariga qarshi olingan vaksinalar shu tariqa olam yuzini ko'rgan va millionlab odamlarni saqlab qolgan. Tirik vaksinalar (kuchsizlantirilgan) ijobiy tomonlari: organizmga kiritilgan vaksina tarkibidagi bakteriyalar tabiiy jarayonda rivojlanadigan bakteriyalar kabi kuchli immunitet hosil qiladi. Tirik vaksinalarni tabiiy kirish yo'lidan bir marta immunizasiya (yuborilsa) qilinsa kifoya, ular kasalikka qarshi kuchli, uzoq vaqt talab etadigan immunitet yuzaga keladi.
|
| |