Asosiy tushuncha va ta’riflar




Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana09.03.2024
Hajmi0.57 Mb.
#168966
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 Elektr ta’minoti ish rejimlarini boshqarish va rejalashtirish
8 Kabel va havo liniyalari avtomatik o‘chganda tezkor xodimning harakati


 
 
 Asosiy tushuncha va ta’riflar 
Avvalo bir qator atama va tushunchalarning ta’riflari bilan tanishaylik. 
Energetika tizimi – elektr va issiqlik stansiyalari, podstansiyalari va 
iste’molchilarining elektr va issiqlik tarmoqlari yordamida bog’langan jamlanmasi.
Elektr energetika tizimi – elektr stansiyalari, podstansiyalari va 
iste’molchilarining elektr tarmoqlari yordamida bog’langan jamlanmasi. 
Energetika tizimining tuzilmasi. Elektr stansiyalarining belgilangan 
(nominal), oʻrnatilgan va ishchi quvvati tushunchalari mavjud. Oʻrnatilgan quvvat 
belgilangan quvvatdan uzilishlar va cheklanishlar tufayli kamaygan quvvatni ayirib 
tashlanganiga teng. Ishchi quvvat esa, oʻrnatilgan quvvatdan elektr stansiyasining 
ta’mirga chiqarilgan agregatlarini quvvatini ayirib tashlanishidan hosil boʻlgan 
quvvatga tengdir. Uzilish (masalan, qozonlarning qizuvchi sirtlarini choʻkmalar 
ta’sirida yopilib qolishi natijasida) cheklanish (masalan, IESning sovituvchi suvi 
haroratining oshishi natijasida)dan farqli holda unga elektr stansiyasi yoki 
tizimining personali ta’sir eta olish imkoniyatining mavjudligi bilan farq qiladi. 
Energetika tizimining belgilangan quvvati uning tarkibiga kiruvchi barcha 
turdagi elektr stansiyalarining belgilangan quvvatlarini yig’indisiga tengdir.
Energetika tizimining tuzilmasi uning tarkibiga kiruvchi turli elektr 
stansiyalarining belgilangan quvvatlarini butun energetika tizimini belgilangan 
quvvatiga nisbatan ulushi bilan belgilanadi. Masalan, energetika tizimining 
belgilangan quvvati 14000 MVt, uning tarkibiga faqat IES, GES va blok-
stansiyalarning umumiy belgilangan quvvatlari mos holda 12900 MVt, 1540 MVt 
va 560 MVt boʻlsa, u holda energetika tizimining tuzilmasi mos holda 0,85 va 0,11 
va 0,04 ni tashkil etadi. 

Download 0.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish