13-amaliy mashg‘ulot. Sex transformator podstansiyalari, sex podstansiyalari kompanovkasi, konstruksiyasi va elektr ulanishlari sxemasi




Download 438.31 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2024
Hajmi438.31 Kb.
#189862
  1   2
Bog'liq
13-amaliy
abn hisob grafik ishi, Resurslarni optimal taqsimlash va ulardan samarali foydalanish, Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish, Tavfsiyanoma, yetakchidan.hhhh, shppi 2, 3-kurs kundalik KECHKI oxirgi, vxo9rLprac8dynFTSCvMIMGjpSgrLrWL, Калит, 240-245 «АЛЛЮЗИЯ» ТУШУНЧАСИ ВА УНИ ТАДҚИҚ ЭТИШДАГИ, Laboratoriya jamlanmasi, jYv8XffDBsBrJLfoY8StP7nsISLPM 2T, Mavzu ttm va ttmsh markalanishi va xarakteristikasi. Reja (1), Mustaqil ish mavzulari (2), Mavzu ttm va ttmsh markalanishi va xarakteristikasi. Reja (3), Реализация важнейших приоритетов социально

13-AMALIY MASHG‘ULOT.SEX TRANSFORMATOR PODSTANSIYALARI, SEX PODSTANSIYALARI KOMPANOVKASI, KONSTRUKSIYASI VA ELEKTR ULANISHLARI SXEMASI.


Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemasi, ichki elektr ta’minot sxemalarini o‘rganish.
Ichki elektr ta’minoti sxemalari.
Korxonaning ichki elektr ta’minoti tizimida, faqat radial yoki faqat magistral tamoyilida qurilgan sxemalar ishlatilmaydi. Odatda yuqori quvvatli iste’molchilarning elektr ta’minoti radial sxemalarda, o‘rta va kichik quvvatli iste’molchilar esa, magistral sxemalarda bajariladi. Bunday aralash sxemalarni ishlatilishi, korxona ichki elektr taminoti tizimining texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashiga olib keladi.
Magistral sxemalar quyidagi xususiyatlarga ega:
– magistral sxemaning ishonchliyligi radial sxemaga nisbatan bir muncha kam;
– magistral sxemani tan narxi radial sxemaga nisbatan arzon;
– magistral tarmoqlarni tez ta’mirlash (montaj) imkoniyati bor;
– magistral tarmoqlarda kuchlanish va quvvat isroflari kichik, ammo qisqa tutashuv toki katta bo‘ladi.
Magistral tarmoqlarning sxema ko‘rinishlari quyidagi rasmlarda keltirilgan:

13.1–rasm. Sim yoki kabel bilan bajarilgan magistral sxema.


13.2–rasm. Shinali yig‘malar bilan bajarilgan magistral sxema.


13.3–rasm. «Zanjirli» magistral sxema.
Podstansiyalarda, magistral sxemalar uchun taqsimlovchi shitlarni o‘rnatilishi talab qilinmaydi, buning hisobidan o‘tkazgich materiallarining sarfi kamayadi, natijada sex elektr tarmoqlari qurulmalari arzonlashadi va soddalashadi.
Shina o‘tkazgichlari yordamida bajarilgan magistral sxemalarda, texnologik qurulmalarni o‘rnini o‘zgartirilishi, elektr tarmoqlarni qayta o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
Magistral tarmoqlarni ishdan chiqishi, shu tarmoqqa ulangan barcha iste’molchilarni uzib ko‘yilishiga sabab bo‘ladi, bu esa magistral tarmoqning kamchiligi hisoblanib, elektr ta’minotining ishonchliligini pasaytiradi.
Radial va magistral tarmoqlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish korxonalari xususiyatiga ko‘ra, atrof–muhit va sharoitga ko‘ra, aralash elektr ta’minlash sxemalari qo‘llaniladi, ya’ni 4.6–rasm bo‘yicha, 1 – asosiy magistral; 2 – ikkilamchi magistral va 3–iste’molchilar.
4.6–rasm. Radial va magistral sxemalardan tashkil topgan aralash sxema.
Konstruktiv tuzilishi va qurilishiga ko‘ra, sex elektr tarmoqlari quyidagicha bajariladi:
– komplekt shina o‘tkazgichli;
– kabel tuzilishli (konstruksiyali), ariqchali, ariq (lotok) va qutichalardagi kabel, hamda himoyalangan o‘tkazgichli;
– qurilish elementlariga o‘rnatilgan kabel va himoyalangan o‘tkazgichli;
– trubalarda o‘tkazilgan kabel va himoyalangan o‘tkazgichli;
– trolleyali tarmoqlar.
Elektr tarmoqlarni o‘rnatilishi, atrof–muhit sharoitiga qarab, texnologik qurilmalarini joylashishi va binoni qurilish xususiyatiga qarab tanlanadi.

13.4-rasm. ВРУ 1-12-10 tipidagi 0.4kVli tarqatish shiti va sxemasi.
  1   2




Download 438.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



13-amaliy mashg‘ulot. Sex transformator podstansiyalari, sex podstansiyalari kompanovkasi, konstruksiyasi va elektr ulanishlari sxemasi

Download 438.31 Kb.