|
Transformator ishlash jarayonida uning chulg'amlari va magnit o'tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo'lishi hisobiga qiziydi
|
bet | 1/3 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 3,19 Mb. | | #110475 |
Bog'liq Kuch transformatorlarning sovitish tizimlari
Transformator ishlash jarayonida uning chulg'amlari va magnit o'tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo'lishi hisobiga qiziydi. Transformator qismlarining qizish chegarasini izolyasiya cheklaydi, chunki uning ishlash muddati qizish haroratiga bog'liq. Transformator quvvati qancha katta bo'lsa, sovitish tizimi shuncha intensivroq bo'lishi kerak (1-jadval).
Kuch transformatorlarning sovitish tizimlari.
1. Moyli transformatorlar uchun: (1-jadval)
2. Quruq transformatorlar uchun:
3. Yonmaydigan suyuq dielektrikli transformatorlar uchun:
Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish. Bunday transformatorlar «quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha belgilanadi: ochiq tayyorlanganida S, himoyali tayyorlanganida S3; germetik tayyorlanganida SG. «Quruq» transformator chulg'ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan yo'l qo'yiladigan oshish chegarasi izolyasiyaning qizishga chidamliligi sinfiga bog'liq va standartlarga muvofiq A sinfi uchun 60°C; E sinfi uchun 75°C; V sinfi uchun 80°C; S sinfi uchun 100°C; N sinfi uchun 125°C dan ko'p bo'lmasligi kerak. Sovitishning bu tizimi kam samarali bo'lganligi sababli kuchlanishi 15 kV gacha, quvvati 1600 kVA gacha bo'lgan transformatorlar uchun qo'llaniladi.
Quruq turdagi transformatorlar
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli transformatorlar uchun qo'llaniladi. Bunday transformatorlarda chulg'am va magnit o'tkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak va radiator quvirlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator yuklamasi nominal bo'lganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida ±95°C dan oshmasligi kerak. Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga qarab, qovurg'alar, sovitish quvirlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyalash yo'li bilan sovitish (D) quvvati katta transformatorlarda qo'llaniladi. Bu holda radiator quvirlaridan tashkil topgan osma sovitgichlarga ventilyator o'rnatiladi. Ventilyator pastdan havoni so'radi va trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va to'xtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab, avtomatik amalga oshirilishi mumkin.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyatsiyalash yo'li bilan sovitish (DS) quvvati 63000 kVA va undan katta bo'lgan transformatorlar uchun qo'llaniladi. Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyasiyasini hosil qiladi. (1-rasm)
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash hisobiga sovitgichlar issiqlikni ko'p uzatadi va ixchamdir. Sovitishning bunday tizimiga o'tish transformatorlarning o'lchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi. Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning baki yonidagi alohida poydevorga o'rnatilishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Transformator ishlash jarayonida uning chulg'amlari va magnit o'tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo'lishi hisobiga qiziydi
|