|
Mavzu: “Radiator,ventilyator,thermostat va suv nasoslarini qismlarga ajratish,konstruksiyalarini o‘rganish. Ishlatiladigan sovutish suyuqliklarini o‘rganish,texnik xizmat ko‘rsatish va yig’ish sozlash” Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #253531 |
Bog'liq Sovutish
Mavzu: “Radiator,ventilyator,thermostat va suv nasoslarini qismlarga ajratish,konstruksiyalarini o‘rganish. Ishlatiladigan sovutish suyuqliklarini o‘rganish,texnik xizmat ko‘rsatish va yig’ish sozlash”
Reja.
Sovitish tiziminingi vazifasinii aytib bering.
Sovitish tizimi qanday detallardan tashkil topgani?
Qanday nosozliklar uchrashini bilasiz?
Ish joyini tashkil qilishda nimalarga etibor berish kerak?
ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Sovitish tizimining vazifasi - dvigatelni qisqa muddatda me’yoriy haroratgacha qizdirishga ko’maklashish, qizigan detallardan ortiqcha issiqlikni atrof muhitga tarqatish va dvigatelni me’yoriy haroratda ishlashini ta’minlashdan iborat.
Sovitish tizimi ikki xil usulda havo yoki suyuqlik yordamida sovitadi. Sovitish tizim dvigatel issiqlik haroratini 25-35 % kamaytiradi.
Dvigatel yaxshi ishlashi uchun tsilindrlar kallagidagi me’yoriy harorat 80-85 S bo’lishi kerak. Tsilindrlardagi harorat kiritish takti oxirida 80-120S ga va yonilg’i aralashmasining yonishi oxirida 2000-2200 S ga etadi. Yuqori harorat natijasida dvigatel detallari kengayib siqilib qolishi, tsilindr va porshenlardagi moylar kuyishi va detallarning eyilishi ortib ketadi. Shu sababli dvigatellar sovitiladi. Dvigatel o’ta sovib ketsa, yonilg’i tsilindrlar devorida suyuqlikka aylanib, moyni yuvib yuborishi natijasida karterdagi moy suyuqlanib, detallar yoyilishini kuchayadi. Dvigatelni me’yoriy haroratda ishlashi uning yuqori quvvatga erishishi, yonilg’i sarfini kamayishi va dvigatelni ta’mirlanmasdan uzoq muddatli xizmatini ta’minlaydi.
Havo bilan sovitish tizimida shovqinni, me’yoriy haroratni yuqoriligi, soviq dvigatelni ishga tushirish qiyinligi, kabinani istish uchun qo’shimcha yonilg’i sarflanishi hamda issiq sharoitda dvigatelni tez qizib ketishi sababli zamonaviy dvigatellarda qo’llanilmaydi.
Suyuqlik bilan sovitish tizimi barcha zamonaviy talablarga to’la javob beradi, shu sababli barcha zamonaviy dvigatellarda qo’llanilmoqda. Suyuqlik bilan sovitish tizimi yopiq, suyuqlikni majburiy harakatlantiruvchi, termostatli va sovitish parragi elektron tizim bilan boshqariladigan turlariga bo’linadi.
Yopiq sovitish tizimida (sovitish tizimi tashqi muhitdan ajratilgan), suyuqlikning qizishi hisobiga bosimning ortishi, sababli suyuqlikning qaynash harorati 110-115S ga ko’tariladi.
Suyuqlik nasos yordamida dvigatelning sovitish tizimida majburiy harakatlanib, sovitish jarayonini tezlashtiradi.
Termostat sovitish tizimi haroratni avtomatik ravishda ushlab turadi va sovuq dvigatelni o’t oldirganda etarli haroratgacha tez qizishini ta’minlaydi. Termostat to’ldirgichi qattiq to’ldirgichli va suyuq to’ldirgichli (YaMZ-236) turlariga bo’linadi. Suyuq to’ldirgich sifatida engil bug’lanuvchan 70 % etil spirti, 30 % distillangan suv, qattiq to’ldirgich sifatida-tserezin bilan mis kukuni aralashmasi (ZIL-130) parafin granulasi-ishlatiladi. Termostat korpusi latundan tayyorlanadi.
Sovitish parragi radiatorining trubkalari orasidan o’tadigan havo oqimini tezlashtirib beradi. Xarakatni tirsakli valdagi shkivdan tasmali uzatma orqali (M 412) yoki elektron tizim bilan boshqariladi («Matiz»). Parrak shkivi tasma yordamida suv nasosning o’qidagi shkivga o’rnatilgan bo’lsa, dvigatel soviq holatida ham parrak ishlab turadi. Elektron tizimli parrak dvigatel harorati 82S ga («Matiz») etganda ishga tushadi va dvigatel ishlamay turganida ham qizigan dvigatel me’yoriy haroratga tushmagunicha ishlab turadi.
Radiator suv issiqligini parrak shamoli ta’sirida, havoga tarqatadi. Radiator yuqorigi va pastki bachoklardan iborat bo’lib o’zak bilan biriktirilgan. Yuqorigi bachokda suyuqlik quyish bo’g’zi qopqoq bilan berkitilgan. Qopqoq sovitish tizimini tashqi muhitdan ajratib turadi. Unda havo hamda bug’ klapanlari mavjud. Bug’ klapani tizimidagi bosim 0,9 kg|sm2 dan ortsa, bug’ klapani ochilib ortiqcha suyuqlik kengaytirish idishiga chiqarib yuboriladi. Dvigatel soviganida tizimni siyraklanishdan saqlash uchun havo klapani ochilib, kengaytirish kiritish idishidagi suyuqlikni tizimga kiritadi. Suyuqlik quyish bo’g’zining yonida bug’ chiqarish uchun naycha mavjud. Unga kengaytirish idishidan kelgan shlang biriktiriladi. Radiatorning yuqorigi bachogiga issiq suv naychani biriktirish uchun patrubka kavsharlangan.
Radiatorlarning o’zak qismidagi trubka-plastinali yoki trubka-lentali bo’lishi mumkin. O’zak qismidaga bir necha qator trubkalar, yuqorigi va pastki bachoklarni tutashtiradi. Trubkalar orasiga yupqa plastina va lentalar o’rnatilgan. Lenta va plastinalar latun, alyuminiy yoki misdan tayyorlanib radiatorning sovitish yuzasini oshirish uchun xizmat qiladi. Sovitish ko’ylagi bilan radiator egiluvchan nayga va xomutlar orqali biriktirilgan. Bunday birikish dvigatel bilan radiatorni bir-biriga nisbatan siljish imkoniyatini beradi.
Sovitish tizimi: radiator, termostat, isitgich, tsilindrlar kallagidagi suv ko’ylagi, suv nasosi, tsilindrlar blokidagi suv ko’ylakgi, parrak, birlashtiruvchi naychalar va nazorat-o’lchov asboblaridan iborat. (rasm 1.).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: “Radiator,ventilyator,thermostat va suv nasoslarini qismlarga ajratish,konstruksiyalarini o‘rganish. Ishlatiladigan sovutish suyuqliklarini o‘rganish,texnik xizmat ko‘rsatish va yig’ish sozlash” Reja
|