Birinchi ish o’rnida: Qismlarga ajratish




Download 2,74 Mb.
bet3/4
Sana25.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#253531
1   2   3   4
Bog'liq
Sovutish

Birinchi ish o’rnida: Qismlarga ajratish

    1. Sovitish suyuqligini to’kish.

Kalitlar to’plami, suyuqlikni to’kish uchun idish.



Idishni avtomobil radiatori ostiga qo’ying. Kengaytirish bachogining qopqog’ini oching (1). Radiatorning pastki (2) shlangini ajrating.

    1. Kengaytirish bachogini echish.

Kalitlar to’plami.



Kengaytirish bachogi shlangalari (1) xomutlarni bo’shating. Kengaytirish bachogini (2) echib oling.

    1. Elektr yuritmali parrakni echish.

Kalitlar to’plami.



Elektr yuritmali parrakni to’k ulagichi (1) ajratilsin.
Boltlar (2) bo’shatib olinsin. Elektr yuritmali parrakni (3) echib olinsin.

    1. Radiatorni echishga tayyorlash.

Kalitlar to’plami.



Radiatorni yuqorigi shlangi xomutini (1) bo’shatilsin.
Kengaytirish bachogi shlangi 2 xamutini bo’shatib ajratilsin.

    1. Radiatorni echish.

Kalitlar to’plami.



Boltlarni (1) echib, mahkamlash kronshteynlari (2) olinsin. Radiatorni (3) chiqarib olinsin.

    1. Havo tozalagich trubkasini echish.






Havo kiritish trubkasining (1) xomuti bo’shatilsin. Havo tozalagichning korpusidan (2) trubka ajratilsin.

    1. Havo tozalagich qismlarini echish.

Kalitlar.



Havo trubkasi (1) bolti va (2) boltlarni bo’shatib oling. Havo tozalovchi elementlar (3) ajratib olinsin.

    1. Radiatorning yuqorigi shlangini termostatdan echish.

Kalitlar to’plami.



Shlangni (1) xomuti bo’shatilsin. Radiatorning (2) shlangi chiqarib olinsin.

    1. Termostatni echish.

Kalitlar to’plami.



Boltlar (1) bo’shatilib, termostat g’ilofi (2) ajratilsin. Termostat (3) zichlagichi bilan chiqarib olinsin.

    1. Sovitish tizimi haroratini o’lchovchi datchikni echish.

Kalitlar to’plami.



Elektr to’ki simi (1) ajratilsin. Datchik (2) bo’shatib olinsin.

    1. Sovitish suyuqligi haroratini o’lchovchi datchikni echish.

Kalitlar to’plami.



Elektr toki ulagichi (1) ajratilsin. Datchik (2) echib olinsin.

    1. Tishli tasmaning yuqorigi g’ilofini echish.

Kalitlar to’plami.



Boltlarni (1) echib, g’ilof (2) ajratib olinsin.

    1. Tirsakli val va taqsimlash vali shkivlaridagi belgilarini o’rnatish.

Kalitlar to’plami.



Tirsakli val shkivini soat millari bo’yicha aylantirib «a» va «b» belgilarni bir-biriga mos keltiring.

    1. Tirsakli val shkivini echish.

Kalitlar to’plami, otvertka.



Bolt (1) ni bo’shatib. (tirsakli valni aylanmasligini ta’minlab). (modullar 1.2. va 1.3.), otvertka yordamida shkiv (2) chiqarib olinsin.

    1. Tishli tasma g’ilofining pastki qismi va moy shchupining naychasini echish.

Kalitlar to’plami.



Bolt (1) echilib, moy shchupining naychasi olinsin. Boltlarni (3) bo’shatib, g’ilof (4) ajratib olinsin.

    1. Tishli tasmani echish.

Kalitlar to’plami.



Tishli tasmani taranglovchi moslamaning bolti (1) bo’shatilib, tishli tasma (2) echib olinsin.

    1. Taqsimlash valining tishli shkivini echish.

Kalitlar to’plami, maxsus otvertka.



Bolt (1) bo’shatilib, taqsimlash valining tishli shkivi (2) ajratib olinsin.

    1. Tishli tasmaning orqa g’ilofini echish.

Kalitlar to’plami.



Boltlar (1) bo’shatilib, g’ilof (2) ajratib olinsin.

    1. Suv nasosini echish.

Kalitlar to’plami.



Boltlar (1), (2), bo’shatilib, suv nasosi (3) ajratib olinsin.


Download 2,74 Mb.
1   2   3   4




Download 2,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Birinchi ish o’rnida: Qismlarga ajratish

Download 2,74 Mb.