|
-rasm: DS tizimli sovitgichning prinsipial sxemasi: 1-tansformator baki; 2-elektr nasosi; 3-adsorb filtr; 4-sovitgich; 5-puflash ventilyatori
|
bet | 2/3 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 3,19 Mb. | | #110475 |
Bog'liq Kuch transformatorlarning sovitish tizimlari1-rasm: DS tizimli sovitgichning prinsipial sxemasi: 1-tansformator baki; 2-elektr nasosi; 3-adsorb filtr; 4-sovitgich; 5-puflash ventilyatori
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy-suvli sovitish (S) prinsipial jihatdan DS tizimiga o'xshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan iborat bo'lib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasida esa moy yuradi. Transformatorning moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2 N/sm²) ga ortiq bo'lishi kerak. Sovitishning bu tizimi samarali, biroq konstruksiyasi jihatidan ancha murakkab bo'lib, gidrostansiya va yopiq xonalarga o'rnatiladigan (100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi. DS va S sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyatsiyalash qurilmasi transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va transformatorning yuklanishidan qat'iy nazar uzluksiz ishlashi kerak.
Shu bilan birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning yuklanishiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar moyning va sovituvchi suvning sirkulyatsiyalanishini to'xtatish, ventilyatorni to'xtatish kerakligi haqidagi signalizatsiyaga ega bo'lishi kerak. Shuni ham aytib o'tish kerakki, hozir chulg'amlari juda ham past haroratgacha sovitiladigan transformatorlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilmoqda. Metall past haroratda o'ta o'tkazuvchanlik xossasiga ega bol'ib, chulg'am kesimini keskin kamaytirish imkonini beradi. O'ta o'tkazuvchanlik prinsipidagi transformatorlar kriogenli transformatorlar quvvati 1000 MVA va undan yuqori bo'lishiga qaramay kichik og'irlikka ega.
Har bir transformator quyida ko'rsatilgan tartibdagi shartli harfiy belgilarga ega:
1) fazalar soni (bir fazali uchun-0, uch fazali uchun-T);
2) sovitish turi - yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida;
3) turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan chulg'amlar soni (agarda u ikkitadan ortiq bolsa); uch chulg'amli transformatorlar uchun T, ajratilgan chulg'amli transformator uchun R (fazalar sonidan keyin ko'rsatiladi);
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm: DS tizimli sovitgichning prinsipial sxemasi: 1-tansformator baki; 2-elektr nasosi; 3-adsorb filtr; 4-sovitgich; 5-puflash ventilyatori
|