8-ma’ruza kuch transformatorlarnig sovitish tizimlari. Havo va moy bilan tabiiy sovitish. Reja




Download 301.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi301.2 Kb.
#56601
  1   2
Bog'liq
8-ma’ruza kuch transformatorlarnig sovitish tizimlari. Havo va m
Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test


8-MA’RUZA
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimlari. Havo va moy bilan tabiiy 
sovitish. 
Reja: 
1. Transformatorlarning sovitish tizimlari. 
2. Transformatorlarning havoli sovitish tizimlari. 
3. Transformatorlarning moy bilan tabiiy sovitish tizimi 
 
Kalit so‘zlar: O‘zak, quvvat, cho‘lg‘am, koeffitsient, salt, aktiv, reaktiv, 
kuchlanish, isrof. 
Transformatorning izolyasiyasi uning eng muhim qismidir, chunki 
transformatorning ishonchli ishlashi asosan uning izolyasiyasining ishonchliligiga 
bog‘liq. Izolyasiyaning konstruksiyasi «Yuqori kuchlanish texnikasi» kursida 
batafsil o‘tiladi. 
Moyli transformatorlarda asosiy qismi izolyasiya bo‘lib, qattiq dielektriklar: 
qog‘oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.. 
Kuchlanishni rostlash uchun mo‘ljallangan qayta ulagich qurilmalar va 
transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning 
asosiy qismlari - devorlar, tagi va qopqoqdir. Bak qopqog‘idan kirish simlarini, 
chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi elementlarni, termometrlar va 
boshqa detallarni o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga sovitgich 
qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi. 
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib 
tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog‘ini olish, so‘ngra 
aktiv qismini bakdan ko‘tarish zarur bo‘ladi. 
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq bo‘lsa, bu holda uni 
bakning tubiga o‘rnatiladi, so‘ngra bakning qo‘ng‘iroq shaklli yuqori qismi bilan 
yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi ajraladigan bunday transformatorlarning 
aktiv qismini chiqarish uchun og‘ir yuk ko‘taruvchi qurilmalarga hojat yo‘q, 
chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi ko‘tarilsa, chulg‘am 
va magnit o‘tkazgichlarga bemalol qo‘l etadi. 
Oqim sochilishidan hosil bo‘ladigan isrofni kamaytirish uchun po‘lat baklar 
ichki tomonidan elektrotexnik po‘lat paketi yoki magnitsiz materiallardan 
tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi. 
Transformatorning kengaytirgichi bak bilan kuvir orqali tutashtirilgan 
silindrik idishdan iborat bo‘lib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini 
kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan to‘latilgan 
bo‘lib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining o‘zgarishi kengaytirgichdagi moy 
sathining o‘zgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib 
chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich 
atmosfera bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tutashgan bo‘lsa, unda havoning nami moyga 
o‘tib, uning izolyasion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun 
kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog‘langan. 


Selikagel so‘rilayotgan havodagi namni shimadi. YUklama keskin o‘zgarsa, 
selikagelli filtr havoni to‘liq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo 
namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moyning namlanishini oldini 
olish uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qo‘llaniladi yoki 
kengaytirgichdagi erkin bo‘shliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) 
bilan to‘ldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana qo‘llash 
mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin. 
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-o‘lchash va 
himoya qurilmalari ko‘zda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy ko‘rsatkich va 
termometr kiradi. Moy ko‘rsatkich kengaytirgichga, termometr bakning 
qopqog‘iga o‘rnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz 
relesi kiradi. 
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qo‘shimcha ravishda kirish joylari 
izolyasiyasini nazorat qiluvchi qurilma (KIV) va yuqori kuchlanishli germetik 
kirish joylaridagi moy bosimini o‘lchovchi manometrlar qo‘llaniladi. 
Transformagorning ishlash jarayonida uning chulg‘amlari va magnit 
o‘tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo‘lishi hisobiga qiziydi. Transformator 
qismlarining qizish chegarasini izolyasiya cheklaydi, chunki uning ishlash muddati 
qizish haroratiga bog‘liq. Transformator quvvati qancha katta bo‘lsa, sovitish 
tizimi shuncha intensivroq bo‘lishi kerak. 
Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish. Bunday transformatorlar 
«quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha 
belgilanadi: ochiq tayyorlanganida S, himoyali tayyorlanganida S3; germetik 
tayyorlanganida SG. 
«Quruq» transformator chulg‘ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan 
yo‘l qo‘yiladigan oshish chegarasi izolyasiyaning qizishga chidamliligi sinfiga 
bog‘liq va siandartlarga muvofiq A sinfi uchun 60
o
S; E sinfi uchun 75
o
S; V sinfi 
uchun 80
o
S; S sinfi uchun 100
o
S; N sinfi uchun 125
o
S dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Sovitishning bu tizimi kam samarali bo‘lganligi sababli kuchlanishi 15 kV 
gacha, quvvati 1600 kVA gacha bo‘lgan transformatorlar uchun qo‘llaniladi. 
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli 
transformatorlar uchun qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarda chulg‘am va 
magnit o‘tkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak 
va radiator kuvirlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator 
yuklamasi nominal bo‘lganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida 
±95
o
S dan oshmasligi kerak. 
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga 
qarab, qovurg‘alar, sovitish kuvirlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi. 
 

Download 301.2 Kb.
  1   2




Download 301.2 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-ma’ruza kuch transformatorlarnig sovitish tizimlari. Havo va moy bilan tabiiy sovitish. Reja

Download 301.2 Kb.
Pdf ko'rish