|
Mavzu: Qurilish materiallarini me’yorlash uchun texnologik uskunalar. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 55,22 Kb. | | #127833 |
Bog'liq Industriya 2 Mavzu: Qurilish materiallarini me’yorlash uchun texnologik uskunalar. Mavzu: Qurilish materiallarini me’yorlash uchun texnologik uskunalar. Reja: - Miqdorlovchi uskunalar turlari.
- Hajmi bo‘yicha miqdorlagichlar, turlari va konstruksiyalari.
- Og‘irligi bo‘yicha miqdorlagichning konstruksiyalari.
Tayanch iboralar: xajm, og‘irlik, miqdorlash, Lentasimon, vintli, plastinasimon, oziqlantirgich, Tarelkasimon , Qoshiqsimon, Ariqchali oziqlantirgich. Tayanch iboralar: xajm, og‘irlik, miqdorlash, Lentasimon, vintli, plastinasimon, oziqlantirgich, Tarelkasimon , Qoshiqsimon, Ariqchali oziqlantirgich. Hajmiy miqdorlagichlar Davriy ishlovchi miqdorlovchi uskunalar har xil suyuqlik va suvlarni o‘lchash va uzatish uchun suv o‘lchovi sifon turidagi idishlar, trubasimon miqdorlagichlar va avtomat boshqariluvchi miqdorlagichlar qo‘llaniladi. Sifon shaklidagi suv o‘lchovchi idishlar. Suv o‘lchovchi idish quyidagicha ishlaydi: 7-kran ochiladi va magistral suv tarmog‘idan suv 9-patrubok orqali 7-krandan va 6-trubadan idishga tushadi. Havo sekin asta bakdan 3-klapan orqali chiqib ketadi. Suvning miqdori 3-qopqoqqa yetganda u yopiladi, qolgan havo siqilib idishga yana suvning tushishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunda qopqoqning o‘qi idish to‘lganini ko‘rsatuvchi 4-richagni ko‘taradi. Shu tariqa ma'lum miqdor suyuqlik ta'minlanib turadi. Idishdan ortiqcha hajmdagi suvni chiqib ketishi uchun 4-trubka kran o‘qi va 13-richag yordamida talab qilinayotgan holatga to‘g‘rilanadi. Uch yo‘lli kran yoqiladi va suv idishdan 6-truba orqali uch yo‘lli kranga va 8-patrubkaga o‘tib qorishtirgichga keladi va 3-qopqoq bunda ochiladi. Suvni miqdori 14-trubkaga yetganida, havo 3-qopqoq orqali, 14-trubkadan kran hajmidan va 5-trubkadan o‘tib 6-trubkaga tushadi. Bu suv oqimining uzilishiga olib keladi va suvning oqib kelishi to‘xtaydi. Davomida ishning sikli to‘xtaydi. Uch yo‘lli kranni elektropnevmatik qopqoqlar yordamida o‘q va richaglar sistemasi orqali boshqariladi. 10-probka qish vaqtida yoki tekshiruv vaqtida suvni idishdan chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan.
|
| |