• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Beton qorishmasi komponentlarini miqdorlash. Reja




    Download 23,7 Kb.
    Sana12.02.2024
    Hajmi23,7 Kb.
    #155132
    Bog'liq
    Beton qorishmasi komponentlarini miqdorlash.


    Beton qorishmasi komponentlarini miqdorlash.
    Reja:

    1. Miqdorlash.

    2. Miqdorlovchilar tasniflanishi.

    3. Ta’minlovchilar.

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Miqdorlash - bu qoruvchiga tushirish davrida xomashyoning


    miqdorini o'lchash jarayonidir. Beton qorishmasi komponentlarini
    miqdorlash betonning loyihadagi zaruriy xususiyatlarini ta'miniaydigan
    darajada aniqlik bilan bajarilishi shart. Miqdorlash usuli bilan beton
    qorishmasi tayorlanganda komponentlar vazni bilan, suv va suyuq
    qo'shimchalar ham vazni, ham hajmi bilan miqdorlanadi. Hajmi bilan
    miqdorlanadigan to'ldirvchilar faqat katta bo'lmagan beton qorishmasi
    tayorlanganda ruxsat etiladi. Hajmli miqdorlashda sochiluvchan materiallarning hajm og'irliklari turlicha bo'lishlari bilan tushuntiriladi.
    Sement, suv va qo'shimchalaming miqdor aniqligi hisobdagi miqdordan
    chetga chiqishi 2%, to'ldiruvchilar 2,5% dan oshmasligi kerak. Bu
    shartlami 80% dan kam bo'lmagan o'lchovlar qoniqtirishi shart.
    Miqdorlovchilar ishi xarakteriga qarab tasniflanadi: siklli va beto'xtov
    harakatlanuvchi ishlash prinsipiga qarab hajmli, vaznli va aralash,
    boshqarishga qarab qo'l bilan, yarim avtomat va avtomat boshqarishga
    bo'linadi. Miqdorlovchi turi beton qoruvchi moslamaning
    komponovkasiga, beton qoruvchining turiga, qorishma markasining soniga va boshqa faktorlarga qarab aniqlanadi. Siklli vaznli miqdorlovchilar keng tarqalgan. Yarim avtomat miqdorlovchilarda yuklash va material vaznini o'lchash avtomat usulda bajariladi. Operator ularni beton qoruvchiga uzatish vazifasini bajaradi. Avtomat miqdorlovchilarda zanjir
    vazifalar operatorsiz bajariladi. Tarozili miqdorlagich vaznni
    miqdorlaydigan bunker o'lchagichdan, yuk ortiladigan moslamadan, tarozili mexanizm va boshqarish mexanizmlardan tashkil topadi. Yuk ortadigan moslama tamba ko'rinishida tayorlangan bo'lib, uning yordamida material oqimi ochiladi va oqim tartibga solib turiladi.
    Ta'minlovchilar (tarnov yoki vintli konveyer) yordamida materiallar
    ortiladi. Ta'minlovchilar miqdorlovchining rayon yuklanishini ta'minlaydi. Avtomat miqdorlovchilar, asosan, 2 turda ishlab chiqariladi:
    AVD va DB. AVD turdagi miqdorlovchilar siklli beton qoruvchilarda
    materiallarni miqdorlashga imkon beradi (1.21-rasm). Miqdorlanadigan
    materialning turiga qarab miqdorlovchilar quyidagilarga bo'linadi: AVDS
    - sement uchun, AVDI - to'ldiruvchilar uchun, AVDJ - suyuqlik uchun.Miqdorlovchining tarozili asbobi siferblat ko'rsatkichli massani beruvchi bilan qoʼllanilangan. Massa beruvchi kontaktli (simobli, magnit simobli) va kontaksiz (fotoelcktrik) turlarga bo'linadi.
    Oldingilari ancha sodda, lekin ishonchni oqlamaydigan. Miqdorlanayotgan material kerakli vaznga ega bo'lganda siferblatning strelkasi datchikdan o'tadi va ta'minlovchi yoki uzatmaga signal beradi.
    Miqdorlovchining tarozili sig'imida vazn richag sistemasi bilan moslashtiriladi. Keyingi yillarda anchagina ishonchli va aniq richagsiz vazn o'lchaydigan moslama ixtiro qilinayapti, bu moslama, asosan,
    tenzometrik massa datchiklidir. Material sarfini hisobga olish uchun miqdorlovchiga registratsiya asbobi o'rnatilgan. To'ldinlvchilar uchun miqdorlovchi bir va ko'p fraksiyali bo'lishi mllmkin. Ko'p fraksiyali miqdorlovchi to'ldiruvchining bir necha fraksiyalarini galma-gal miqdorlash imkoniga ega. G'ovak to'ldiruvchilarni miqdorlash uchun hajm-vaznli miqdorlovchidan foydalaniladi Hajm-vaznli miqdorlovchining konstnlktiv tuzilishi ikkita alohida bunkerdan iborat. Miqdorlanayotgan material sarflaydigan bunkerdan tambaning holatiga qarab birinchi va ikkinchi bunkerga tushadi. Tenzorezistor yopishtirilgan 2 ta kuch o'lchaydigan aylana turidagi elementga tayanadi. Har bir tarozili bunkerda sath ko'rsatkichi o'rnatilgan. Miqdorlagichdagi tartibga soluvchi moslama o'lchangan hajm va vaznni yozib qo'yadi.
    Betonning talab qilinadigan xususiyatiga erishishning asosiy sharti suv va sement munosabatini doimiy ravishda saqlashdir.
    Suv-sement nisbatining zaruriy barqaror bo'lish sharti -
    to'ldiruvchilarning namligini hisobga olish, hatto yaxshi sharoitda ham
    10 da 15% gacha, noxush sharoitga esa 20 dan 30% gacha bo'lishi
    mumkin. To'ldiruvchilarning namligini har xiI usul bilan aniqlash mumkin. Korxonalarda to'ldiruvchilar namligi 1 kecha-kunduzda namuna 1-2 marta quritilib aniqlanadi. Biroq bunday usul bilan namlikni aniqlashda tarkibni operativ tuzatish uchun ma'lumotlar olib bo'lmaydi.
    To'ldiruvchilarning namligini tinimsiz va yetarli aniqlik bilan
    aniqlash hozirgi davrda elektrometrik usul asosida kelajakda keng qo'lIaniladigan neytron 1IS1I1i bilan hal qilinadi. U to'ldiruvchilarning
    namligini 1,5-10% intervalda to'xtovsiz 0,2-0,3% aniqlik bilan nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, boshqa qiyosiy sodda va yetarli aniq to'xtovsiz nazorat usuli ishlab chiqilgan. Masalan, to'ldiruvchilar toko'tkavchanligining uning namligiga bog'liqligi.
    Avtomat ravishda suvning miqdorini korreksiyalash qurilmasi chizmasi ishlab chiqilgan, Su/S ning doimiyligini ma'lum darajada ta'minlash imkonini beradi Beton qoruvchida to'ldiruvchilarning ko'rsatilgan o'lchamlarini bevosita aniqlashda zichlik va namligi hisobidagi suvni miqdorlash korreksiyasi chizmasi anchagina takomillashgan. Siklli miqdorlovchilardan farqli, beto'xtov harakatlanadigan miqdorlovchilar materiallarni uzluksiz miqdorlashni avtomat ravishda taʼminlaydi. Bunday miqdorlovchilar zavodlarda uzluksiz harakatdagi beton qoruvchilarda qo'lIaniladi. Ular to'g'ri ta'sirli va to'g'ri ta'sirli
    bo'lmagan miqdorlovchilarga bo'linadi. To'g'ri ta'sirli miqdorlovchilarda bir agregatda miqdorni o'lchash
    va miqdorlangan materialning uzatilishini o'zgartiradigan moslama joylashtiriladi, to'g'ri ta'sirli bo'lmagan miqdorlovchilarda ikkita mustaqil agregat joylashgan bo'ladi. Ko'proq qo'lIaniladigan miqdorlovchilar mayatnikli uzluksiz harakatdagi miqdorlovchilardir.
    Ta'minlovchi voronka uzatma, tarozili konveyer va richag sistemasini o'z ichiga oladi. Tarozili konveyer richag sistemasi orqali qopqoq (zaslonka) bilan bog'langan bo'lib, konveyer lentasida material qatlami balandligini kerakli massa bo'lgunga qadar o'zgartiradi.
    Xulosa:
    Men bu mustaqil ishni bajarish davomida beton vat emir beton texnologiyasi fanida olgan bilimlarimni mustahkamladim va beton qorishmasi komponentlarini miqdorlashni o‘rgandim.

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi:

    darslik H. A. Akramov. H. N. Nurildillov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: (·O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati,) Nashriyoti.
    2011. - 496 b. [184-189 betlar]
    Download 23,7 Kb.




    Download 23,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton qorishmasi komponentlarini miqdorlash. Reja

    Download 23,7 Kb.