|
8-Amaliy mashg’ulot mashinasozlikda qo’llaniladigan detal va zagotovkalar uchun materiallar tanlash umumiy ma`lumot
|
Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 17,37 Kb. | | #111770 |
Bog'liq 8-amaliy
8-Amaliy mashg’ulot
MASHINASOZLIKDA QO’LLANILADIGAN DETAL VA ZAGOTOVKALAR UCHUN MATERIALLAR TANLASH
Umumiy ma`lumot: Mashina va jihozlarini detallarini tayyorlash uchun material tanlash va detallarning ishlash sharoitiga qarab uning puxtaligini oshirish texnologiyasini aniqlashni o’rganish
Nazariy qism: Biron detal tayyorlash uchun material tanlash – bu juda murakkab muammoni, yani ko’p o’zgaruvchan parametrlarga ega bo’lgan masalani echish demakdir. Bunda materialning mexanik xossalari , undan detall tayyorlash usullari, tannarhi va ishlab chiqarishga sarflanadigan mablag’ hisobga olinadi.
Sanoat korhonalarining amaliy faoliyatida yana boshqa faktorlar – materialning tansiqligi, shu materialdan detall tayyorlash uchun bor imkoniyati, ya’ni kerakli asbob uskunalarning bor – yo’qligi hisobga olinadi. Shuning uchun sanoat korhonalarida ularning ishlab chiqarish sohasiga qarab aniq bir guruh materiallardan foydalanish odat bo’lgan.
Ko’pchilik spavochniklarda materiallar qo’llanilish joylariga qarab gruppalarga bo’lingan, masalan; asbobsozlik, konstruksiyalar uchun, zanglamas, temir yo’l transportida qo’llaniladigan, shariko podshipniklar ushun, prujina va ressorlar uchun qo’llaniladigan po’latlar va boshqalar. Injener tayyorlayotgan detalning ishlash sharoitiga qarab ana shu gruppalardan kerakli materiallarni tanlab oladi.
Shuni esda tutmoq kerakki material tanlashda birinchi navbatda undan detal tayyorlash texnologiyasiga, ya’ni korhonaning imkoniyatiga ko’roq ahamiyat beriladi.
Metall material tanlashda ba’zi hollarda birinchi bosqichda materialning gruppasini(asbobsozlik, konstruksion) aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Material tanlash va uning puhtaligini oshirish usulini aniqlashda quyidagi shemadan (shema) foydalanish tavsiya etiladi. Bu sxemada materialning ikkita asosiy mezoni (kriteriy) ishlab chiqarish texnologiyasi va materialning yoki detalning xossalari bo;yicha tanlash ko’satilgan. Keltirilgan shemalardan ko’rinib turibdiki,har bir grupa materiallar quyma va bosim ostida ishlov berilgan homashyo sifatida qo’llaniladi.
Demak detal tayyorlash uchun homashyo material tanlash qotishmaning markasini tanlab olishga hisobga olishi kerak. Shunday qilib birinchi navbatda homashyo material ishlab chiqarish usulini tanlab oladi.
Undan so’ng materialning gruppasi tanlanadi.Tabiyki ishlab chiqarish tehnologiyasi kam harajatli bolmjgi lozim.
Materialning gruppasini tankab olingandan so’ng spravchniklardan materialdan talab qilingan mexanik va boshqa hossalariga qarab uning markasi aniqlanadi. Bunda materialning narhiga axamiyati berish kerak.
Ishni bajarish jarayonida o’qituvchi tomonidan material va uning puxtaligini oshrish usulini tanlashni osonlashtiradigan boshqa sxema va usullar xam tavsiya etilishi mumkin.
Sanoatda detallarning turiga qarab bir necha materiallar tanlab olinadi:
1)Legirlangan po’latlar va ularning klassifikatsiyasi
2) Cho’yanlarning klassifikatsiyasi
3) Uglerodli po’latlar turlari
4) Sifatli po’latlar
Ishni bajarish tartibi.
Masalada berilgan detalning ishlash sharoitiga qarab materialning markasini tanlash, agar lozim bo’lsa materialning yoki detalning puhtaligini oshirish usulini tanlash va masalaning echimini asoslash.
1.Student o’qituvchidan topshriq ( masala ) oladi ( quyida berilgan ).
Masalaning nomeri studentning jurnaldagi tartib nomeriga teng.
2.Sxemadan foydalanib birinchi navbatda materialning gruppasi aniqlanadi. Bunda albatta arzon, ishlab chiqarish oson va kam xarajatli bo’lgan materialni tanlashga harakat qilinada.
3. Materialning gruppasi aniqlangandan so’ng spravochniklardan yoki o’quv qo’llanmalardan foydalanib qotishmaning detalga quyilgan talablarni to’la qondira oladigan va arzon markasi tanlab olinadi.
Tanlangan materialga al’ternativa boshqa variatlarni (qotishmaning boshqa turini) ham ko’rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4. Agar qotishmadan mehanik hossalarining hajmi yuqori darajada bo’lish talab qilinsa, uning puhtaligini oshirish tehnologiyasi ham ko’rsatilishi kerak. Bunda qotishmaning toblash chuqirligi ham hisobga olinadi.
Hisobot yozish tartibi
1.Berilgan masala
2. Materialning gruppsi qanday aniqlanganligini dalili.
3. Tanlangan materialning markasi
4. Materialning yoki detalning puhtaligini oshirish tehnologiyasi.
5. Qotishmaning puhtaligini oshirilgandan kegingi jami mehanik hossalari.
6.Masalani echishda foydalanilgan adabiyotlar.
Nazorat uchun savollar:
1. Uglerodli po’latlar turlari
2. Sifatli po’latlar turlari
3. Legirlangan po’latlar va ularning klassifikatsiyasi
4. Cho’yanlarning klassifikatsiyasi
|
| |