• Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar.
  • Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
  • Metall kesish dastgohlari va ularning klassifikatsiyasi




    Download 0,68 Mb.
    bet1/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #233921
      1   2   3
    Bog'liq
    Metall kesish dastgohlari va ularning klassifikatsiyasi.pptx 4

    Metall kesish dastgohlari va ularning klassifikatsiyasi Bajardi: Abduraimov M. qabul qildi: mEliboyev Y.

    Reja:

    • Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar.
    • Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
    • Metall kesish dastgohlarining harakatga keltiruvchi mexanizmlari.

    Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar.

    • Metall kesish dastgohlari haqida ma’lumotlar.
    • Mashinasozlik sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning konstruksiyalari murakkablashib, turlari ko‘payib bormoqda, ularni ishlab chiqarish ob’ektlari tez–tez almashib, ularni o‘zlashtirish muddati qisqarmoqda. Metall kesish dastgohlarida ishlashda ish unumini oshirish uchun asosiy texnologik va yordamchi vaqtni kamaytirish lozim.
    • Tayyor buyum olish maqsadida zagotovkani kesib ishlashning texnologik jarayonini amalga oshirish uchun metall kesish stanogida zarur harakatlar hosil qilish, zagotovkani va kesuvchi asbobni o‘rnatish hamda mahkamlash uchun tegishli mexanizm va moslamalar bo‘lishi kerak. Dastgoh o‘zaro bog‘langan va ish harakatlarini (asosiy harakat va surish harakatini) hosil qiladigan bir qator mexanizmlardan iborat bo‘lishi zarur; bundan tashqari, dastgohda kerakli aylanishlar soni olish, kerakli surish qiymati hosil qilish, zagotovkani siqish va bo‘shatish moslamalarini o‘rnatish, kesuvchi asbobni zagotovkaga keltirish va zagotovkadan chetlatish mexanizmlari va bir qator boshqa mexanizmlar ham bo‘lishi lozim.

    Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari.

    • Metall kesish dastgohlarining asosiy ko‘rsatkichlari.
    • Metall kesish dastgohlari metall kesish instrumentlari yordamida metal zagotovkaga mexanik ishlov berish uchun qo‘llanadigan ishlab chiqarish mashinalari bo‘lib hisoblanadi. Zagotovkalarga qirindilarni olib tashlash hisobiga kerakli o‘lchamlar, formalar va metall yuzasining tozaligiga erishiladi. Metall kesuvchi dastgohlar bajaradigan ishlari va bu ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan insturmentlariga asosan klassifikatsiyalanadi. 12.1–jadvalda metall kesish dastgohlarining Metall kesish dastgohlari eksperimental ilmiy tekshirish instituti ishlab chiqqan klassifikatsiyasi berilgan.
    • Dastgohlarning turli organlari harakatlarini tahlil qilish uchun dastgohning kinematik sxemasi tuziladi. Kinematik sxema tuzishda dastgohlar mexanizmlarining shartli belgilaridan foydalaniladi, kinematik sxemalar esa dastgohlarning konstruksiyasi va kinematikasi to‘g‘risida yaqqol tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Dastgohlar mexanizmlarining bunday shartli belgilari GOST 3462–61 da keltirilgan.
    • Dastgohning kinematik sxemasiga qarab, elektr motoridan tortib, to dastgohning ish organlarigacha borgan harakatlarni ko‘zdan kechirish va aylanishlar soni va surish qiymatlarini bilish mumkin, chunki kinematik sxemada zvenolarning shartli belgilaridan tashqari, elektr motorining aylanishlar soni, shkivlarning diametrlari, tishli g‘ildiraklar tishlarining soni raqamlar bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi. Xar xil ishlarni bajarishda foydalaniladigan metall kesish dastgohlari konstruksiyalarining va tiplarining nixoyatda xilma–xil bo‘lishiga qaramay, ularning mexanizmlari va harakatlarida ko‘pgina o‘xshashlik bor. Bu xol dastgohlarda sodir bo‘ladigan harakatlarni asosiy harakatga, surish harakatiga va yordamchi harakatga ajratish imkonini beradi. Metall kesish dastgohlarining klassifikatsiyasi

    Download 0,68 Mb.
      1   2   3




    Download 0,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metall kesish dastgohlari va ularning klassifikatsiyasi

    Download 0,68 Mb.