|
Metall kesish dastgohlarining harakatga keltiruvchi mexanizmlari
|
bet | 2/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #233921 |
Bog'liq Metall kesish dastgohlari va ularning klassifikatsiyasi.pptx 4 - Metall kesish dastgohlarining harakatga keltiruvchi mexanizmlari
- Metall kesish dastgohlarining ishchi harakatlarini avtomatlashtirish va ba’zi xollarda qo‘lda bajariladigan yordamchi harakatlarni imkoni boricha soddalashtirish, dastgohsozlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.
- Dastgohlardan foydalanish sifati, ya’ni unumdorligi qulayligi va ishonchli ishlashi birinchi navbatda dastgohning mexanizmlarini boshqarish tizimiga bog‘liq. Dastgohning qo‘llanilish sohasi, konstruksiyasi va texnologik jarayonning xarakteriga asosan, dastgohni boshqarish tizimi bir qator elektr zanjirlarga bo‘linib, ular o‘zaro mustaqil yoki bir–biri bilan bog‘liq yoki blokirovkalangan ko‘rinishda ishlashlari mumkin.
- Dastgohlarning boshqarish tizimlariga quyidagi talablar ko‘rsatiladi: 1) boshqarishni qulayligi–boshqarish organlarini dastgohning boshqarish uchun qulay joylariga o‘rnatish; 2) boshqarishni tezligi–dastgohda biror operatsiyani bajarish uchun kam vaqt sarflanishi; 3) boshqarish tizimining aniqligi–tizimni bajaradigan funksiyasiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Metall kesish dastgohlarida gidravlik, pnevmatik va elektrik boshqarish tizimlari qo‘llanadi. Boshqarishning gidravlik tizimi agregatli, nusxalash dastgohlarida keng qo‘llanadi. Gidravlik tizim boshqa tizimlardan oddiyligi, tezligi, gidroyuritma elementlarining silliq harakati, ya’ni dastgohning titrashini kamaytirish kabi ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Gidravlik boshqarish tizimi ham o‘ziga xos kamchiliklarga ega: boshqarish elementlari orasidagi aloqa richaglar va masloprovodlar yordamida amalga oshiriladi; dastgohning gidravlika tizimida doim ko‘p moy bo‘lib, uni belgilangan muddatida almashtirish lozim. - Metall kesish dastgohlarida gidravlik, pnevmatik va elektrik boshqarish tizimlari qo‘llanadi. Boshqarishning gidravlik tizimi agregatli, nusxalash dastgohlarida keng qo‘llanadi. Gidravlik tizim boshqa tizimlardan oddiyligi, tezligi, gidroyuritma elementlarining silliq harakati, ya’ni dastgohning titrashini kamaytirish kabi ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Gidravlik boshqarish tizimi ham o‘ziga xos kamchiliklarga ega: boshqarish elementlari orasidagi aloqa richaglar va masloprovodlar yordamida amalga oshiriladi; dastgohning gidravlika tizimida doim ko‘p moy bo‘lib, uni belgilangan muddatida almashtirish lozim.
- Boshqarishning pnevmatik boshqarish tizimlari va metall kesish dastgohlarida qo‘llaniladi. Pnevmatik elementlar va tizimlar elektrik va gidravlik elementlar bilan birgalikda qo‘llaniladi.
|
| |