|
Raqamli texnika fanidan prezintatsiya
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #240076 |
Bog'liq Tavus prezintatsiya Raqamli texnika fanidan prezintatsiya Mavzu:Shifarator va Deshifrator - Bajardi: Joldasboyeva .T
- Qabul qildi: Ramanov .M
Reja - Kirish.
- Asosiy qism
- 1.Shifarator
- 2 Deshifarator
- Xulosa
- Foydalangan adabiyotlar
Kirish - Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‘lgan, nol va bir yoki «rost» va «yolg‘on» so‘zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‘llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma’lum kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta’reflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‘ladi
1 Shifarator - To‘liq emas va to‘liq kombinatsion mantiqiy qurilmalar. Yetti segmentli yorug‘lik indikatori. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli kodga o‘zgartirish. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli indikatorda akslanishi
- O‘nlik, sakkizlik yoki o‘noltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki ikkilik-o‘nlik kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – shifrator yoki koder deb ataladi. Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o‘zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lmasligi kerak. 2n kirish va chiqishga ega bo‘lgan shifrator to‘liq , agar shifrator kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lsa, u to‘liq emas deb ataladi.
2 Deshifarator - Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq tizimidagi kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi. Bunday o‘zgartirishlar, masalan, elektron soatlarda, EHM va shu kabilar dasturidagi ma’lumotlarni qayta shifrlashda qo‘llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2n munosabat bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday deshifrator to‘liq deb ataladi. Deshifrator mikrosxemalari ko‘p hollarda S ruxsat kirishiga ega bo‘ladilar. Bu kirishning mavjudligi ISlar asosida kirish kodi razryadini oshirishga imkon beradi.
Xulosa - . Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradiShifrator chiqishlari soni doim kirishlari sonidan kam bo‘lganligi sababli, aloqa liniyalari cheklangan hollarda turli qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun ham qo‘llaniladi. Mazkur shifratorning kirishlari soni 2 n =16 dan kam bo‘lganligi sababli, u to‘liq emas hisoblanadi.
Foydalangan adabiyotlar - www.wikipediya
- www.ziyonet
- www.aim.uz
- www.arxiv
|
| |