|
Mavzu: Shifarator va Deshifarator
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 47,52 Kb. | | #240077 |
Bog'liq Tavus raqamli texnika
To’rtko’l ko’p tarmoqli texnikum
Kompyuter injiniring 1- bosqich 2-guruh
Raqamli texnika fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Shifarator va Deshifarator
Bajardi: Joldasboyeva.T
Qabul qildi: Ramanov.M
To’rtko’l 2021
Reja
Kirish
Asosiy qism.
1.Shifarator
2.Deshifarator
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
Kirish
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‘lgan, nol va bir yoki «rost» va «yolg‘on» so‘zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‘llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma’lum kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta’riflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‘ladi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizim sinfiga mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral sxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu fan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan raqamli qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.
1 Shifrator
Shifrator. To‘liq emas va to‘liq kombinatsion mantiqiy qurilmalar. Yetti segmentli yorug‘lik indikatori. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli kodga o‘zgartirish. Ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli indikatorda akslanishi O‘nlik, sakkizlik yoki o‘n oltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki ikkilik-o‘nlik kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – shifrator yoki koder deb ataladi. Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o‘zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lmasligi kerak. 2n kirish va chiqishga ega bo‘lgan shifrator to‘liq , agar shifrator kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lsa, u to‘liq emas deb ataladi. Shifrator chiqishlari soni doim kirishlari sonidan kam bo‘lganligi sababli, aloqa liniyalari cheklangan hollarda turli qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun ham qo‘llaniladi. 0 dan 9 gacha bo‘lgan o‘nlik raqamlarni ikkilik-o‘nlik kodiga o‘girishda shifrator qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz. O‘nlik raqamlarni ikkilik-o‘nlik kodiga o‘girishda (yoki aksincha hollarda) har bir o‘nlik raqam to‘rtta ikkilik raqam bilan almashtiriladi. O‘nlik raqamlar mos ravishda boshqaruv pultining i=0,1,2…9 sonlarini bosish orqali kiritilayotgan bo‘lsin. Shifrator holatini haqiqiylik jadvali (1-jadval) yordamida tadqiq etish mumkin. Bunday shifratorning to‘liq haqiqiylik jadvali turli kirish o‘zgaruvchilari uchun (210 - 10)=1014 ta kombinatsiyadan tashkil topgan bo‘lishi kerak edi. Mazkur shifrator ishi davomida qo‘llanilmaydigan turli mantiqiy o‘zgaruvchilar to‘plamini olib tashlash hisobiga, chiqishdagi o‘zgaruvchilar soni to‘rttagacha qisqartirilgan. Mazkur shifratorning kirishlari soni 2 n =16 dan kam bo‘lganligi sababli, u to‘liq emas hisoblanadi. Shifrator bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 4 ta chiqishga ega bo‘lib, uning holati to‘rtta MAFdan tashkil topgan tizim bilan ifodalaniladi.
Shifrator ishi mantiqini ifodalovchi MAF tizimini, 1-jadvaldan foydalanib hosil qilamiz
1 jadval
2 Deshifarator
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq tizimidagi kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi. Bunday o‘zgartirishlar, masalan, elektron soatlarda, EHM va shu kabilar dasturidagi ma’lumotlarni qayta shifrlashda qo‘llaniladi. Deshifrator shifratorga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Agar deshifratorning n adres kirishlari uning m chiqishlari soni bilan m=2n munosabat bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday deshifrator to‘liq deb ataladi.
Ikkita adres kirishiga va to‘rtta (0-3) chiqishga ega bo‘lgan chiziqli DSh tasviri , a-rasmda, uning shartli tasviri esa .1 b-rasmda keltirilgan. Har bir chiqish HAM elementining chiqishi bo‘lib hisoblanadi. Demak, bu kirish bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilik o‘zgaruvchi 1 qiymatini faqat shu holda qabul qilishi mumkinki, agar mos keluvchi HAM elementining uchchala kirishida 1 qiymatiga mos keluvchi o‘zgaruvchi hosil bo‘lsa. Deshifrator mikrosxemalari ko‘p hollarda S ruxsat kirishiga ega bo‘ladilar. Bu kirishning mavjudligi ISlar asosida kirish kodi razryadini oshirishga imkon beradi.
Xulosa
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini yecha oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada, yechiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar, yechish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari ko‘rinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar, matnlar, komandalar va h.z.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin. Shunday qilib, raqamli tizimlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar ko‘rinishida ifodalanadi. Shuning uchun ularda masalalar yechishning sonli usullari ko‘llaniladi.
Foydalangan adabiyotlar
www.wikipediya
www.ziyonet.uz
www.ziyo.uz
www.arxiv
www.aim.uz
|
| |