• 7.2. Arifmetik-mantiqiy qurilmalar Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik mantiqiy qurilma
  • Vaiant savol




    Download 22,05 Kb.
    bet1/6
    Sana17.01.2024
    Hajmi22,05 Kb.
    #139537
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    imtixon


    6 vaiant 2 savol
    Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini
    echa oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada,
    yechiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar,
    yechish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1
    signallari koʻrinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari ketma-ketligi
    yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar,
    matnlar, komandalar va h.k.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin.
    Shunday qilib, raqamli tizimlarda oʻzgaruvchan va oʻzgarmas (doimiy)
    kattaliklar raqamlar koʻrinishida ifodalanadi. Shuning uchun ularda
    masalalar yechishning sonli usullari qoʻllaniladi.
    Masala yechishning sonli usuli – bu sonlar ustida bajariladigan
    arifmetik amallar (operatsiyalar) ketma-ketligidir. Yechilishi talab
    etilayotgan masala, odatda,, oddiy matematik tilda (tenglama, funksiya,
    differensial operandlar va shu kabilar) shakllanadi. Shuning uchun
    ixtiyoriy matematik masalani yechish uchun sonli usullar yordamida
    nisbatan sodda arifmetik amallarga olib kelish kerak. Masalan, shart
    boʻyicha funksiyani hisoblash uchun uni qatorga yoyish mumkin,
    Bu vaqtda raqamli qurilma faqat arifmetik amallarni emas, balki
    hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beruvchi amallarni
    ham yechish imkoniga ega boʻlishi kerak. Mantiqiy amallar, boshqaruv
    amallari va bir qator boshqa amallar bularga misol boʻla oladi.
    7.2. Arifmetik-mantiqiy qurilmalar
    Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik
    mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.206
    Sodda amallar ketma-ketligi koʻrinishida ifodalangan masalalarni
    avtomatik ravishda yechish uchun, berilganlarni, oraliq va olingan
    hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi
    haqidagi ma’lumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi.
    Bunday qurilma xotira deb ataladi.
    Barcha turdagi AMQlar uchun ayiruv, mantiqiy koʻpaytiruv,
    mantiqiy qoʻshuv, istisnoli YOKI, inversiya, oʻngga siljish, chapga
    siljish, musbat orttirma (inkriment), manfiy orttirma (dekrement)
    arifmetik amallarini bajarish majburiy hisoblanadi. Majburiy amallar

    Download 22,05 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 22,05 Kb.