|
Vaiant savol
|
bet | 2/6 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 22,05 Kb. | | #139537 |
Bog'liq imtixonapparat vositalari yordamida amalga oshiriladi, ya’ni talab etilgan ishni
bajarish uchun ma’lumotlar ma’lum mikrosxemalardan oʻtishi kerak.
Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi. AMQlar arifmetik
koʻpaytiruv va boʻluv kabi nisbatan murakkab amallarni bajarmaydi.
Shuning uchun bu amallar sodda amallarning dasturiy kombinatsiyasi
yordamida bajariladi. Bu usul amallarni bajarishning mikrodasturiy
usuli deb ataladi. AMQlar EHMning asosiy tugunlaridan hisoblanadi.
AMQlar 2-,4-,8-,16-razryadli amallarni bajaruvchi alohida
mikrosxemalar yoki KISlar tarkibida ishlab chiqariladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan AMQ mikrosxemalari ikkita
oʻzgaruvchi ustidan 16 ta mantiqiy va ularga mos keluvchi 16 ta
arifmetik amallarni bajaruvchi toʻliq majmuadan tashkil topgan.
Ularning roʻyhati 7.1-jadvalda keltirilgan. AMQ koʻp turli amallarni
bajarishga moʻljallangani bilan, koʻproq arifmetik qoʻshuv va ayiruv
(45% gacha) va arifmetik koʻpaytiruv (50% gacha) amallarini bajaradi.
Eng koʻp qoʻllaniladigan 8 yoki 4 ta mantiqiy amallar:
konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, istisnoli YOKI va h.k., va ularga
mos keluvchi arifmetik amallarni bajaruvchi AMQlar qam ishlab
chiqariladi.
FM mantiqiy amallari asosida Fa arifmetik amallarni bajaruvchi
eng sodda AMQ tuzilmasi quyidagicha ifodalanadi
Fai = Fмi ∝ Ci = Fмi ⊕Ci (7.1)
bu yerda, Fai = f (xi , yi ,Ci), Fмi = f (xi , yi) – i- razryadlar ustidan
bajariladigan arifmetik va mantiqiy funksiyalar, Si – oldingi razryaddan
arifmetik oʻtkazish. Eng koʻp qoʻllaniladigan arifmetik amallar qoʻshuv
va ayiruv boʻlganligi sababli, AMQ tuzilmasi kam mantiqiy elementlar
miqdorida katta tezlik bilan koʻrsatilgan amallarni bajarishga mos
ravishda loyiqalashtiriladi.207
|
| |