|
Mavzu: Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
|
Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #147126 |
Bog'liq taqdimot
Mavzu:
Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
Ayiruv munosabatini ifodalovchi qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo‘shma gap komponentlari goh..., goh..., ba’zan..., ba’zan; dam..., dam..., yo...,yo..., xoh...., xoh; bir..., bir... kabi ayiruv bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi.Bu bog‘lovchilar qo‘shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi.
Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqaerda garmon tovushi eshitilib turar edi.
Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
Ayiruv bog‘lovchili qo‘shma gap komponentlari mazmunan turli xususiyatga ega: goh, dam, bir kabi bog‘lovchilar birdan ortiq voqeaning ketma-ket yuzaga kelishini ko‘rsatsa, yo, xoh bog‘lovchilari o‘sha voqealardan birininggina yuzaga kelishini ko‘rsatadi:
Bir tachanka taraqlab qolar, bir xo‘kizning bo‘yinturug‘i qimirlab qolar edi.
- Ayiruvchi boglovchi yordami bilan birikkan sodda gaplar umumiy bir fikrni ifodalasalar-da, mazmunan va struktura jiqatdan ma’lum darajada mustaqillikka ega bo‘ladi. Bu xil qo‘shma g‘aplar tuzilish tomondan qam uncha murakkab bo‘lmaydi.
Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ulardan faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi.
Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
1. Yo siz keling, yo men boray. (Qo‘shiq)
2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Oybek)
3. Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi.(Oybek)
Yo (yoki) bog‘lovchisi yolg‘iz holda ham, takror holda ham qo‘llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog‘lovchilari takror holda qo‘llaniladi va yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchidan oldin vergul qo‘yiladi.
Sukut saqla yoki sukutdan tuzukroq biron
narsa gapir.
Yo uning tovushi chiqmaydi, yo odam yo‘q.
Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
Men har doim darsdan so‘ng yo kitob o‘qiyman, yo sport bilan shug‘ullanaman.
Dam havo bulutli bo‘ladi, dam quyosh nurlari ojiz ko‘rinib qoladi.
Voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishi
Voqea-hodisalarning ikkisidan birisining amalga oshishi
Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
Voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishi
Voqea-hodisalarning ikkisidan birisining amalga oshishi
Yoki
Yo…, yo…
Dam…, dam…
Goh…, goh…
Ba’zan…, ba’zan…
Bir…, bir…
Xoh…, xoh…
Qiyoslang
Ayiruv bog‘lovchilari
Uyushiq bo‘laklar
Ukam goh menga, goh onamga hayron tikilib turardi.
Sodda gaplar
Goh sho‘x musiqa yangraydi, goh zo‘r qahqaha olamni buzadi.
Ba’zan, goh
Yakka qo‘llansa
Takror qo‘llansa
- …To‘pori baytlarim bitar paytim goh
Ko‘zimga ko‘rinmay qolar bolam ham…
- Ba’zan shunday hollar ham bo‘lib turadi.
1. Uzoqlardan keng vodiy quchog‘ida goh ko‘m-ko‘k o‘t
bosib yotgan yaylovlar ko‘rinadi, goh qop-qorong‘i daralar ko‘zga tashlanadi. (Oybek)
Goh…, goh…
Galma-gal ro‘y berishi
2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. (Oybek)
Goh…, goh…
Galma-gal ro‘y berishi
3. Mashinaning nuqsoni bo‘lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog‘i yasaladi. (Abdulla Qahhor)
yo
Ikkisidan birining amalga oshishi
4. Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi,
Yoki so‘kildimi suvsar telpaging. (M. Lermontov)
Yo…, yoki…
Ikkisidan birining amalga oshishi
|
| |