|
Dars ishlanmasi mavzu: y tovushi va y y harfi. Darsning maqsadlari: Ta`limiy
|
Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 40,3 Kb. | | #108377 |
Bog'liq 1-sinf Alifbe fanidan - Y tovushi va Yy harfi dars ishlanmasi
____________________ VILOYATI _____________________ TUMANI ___-MAKTABNING _____________ SINF O’QITUVCHISI _____________________ 1-SINF ALIFBE FANIDAN “Yy TOVUSHI VA Yy HARFI” MAVZUSIDAGI
DARS ISHLANMASI
Mavzu: Y tovushi va Y y harfi.
Darsning maqsadlari:
Ta`limiy: O’quvchilarni y tovushi va Y y harflari bilan tanishtirish,y tovushi vay tovushli so’zlarni o’qishga o’rgatish.TK1:turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni kitobni sevishga, uni yirtmasdan, varaqlariga chizmasdan avaylab foydalanishga o’rgatish.TK2: kun tartibiga rioya qilish;o‘zlashtirgan bilimlarini boyita olish.
Rivojlantiruvchi: “Y” tovushini to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatib, fikrlash qobiliyati, og’zaki nutqini “Yaxshi” va “yomon” xislatlar haqidagi tushunchalarni mustahkamlash. FK1 — adabiy-nutqiy kompetensiya
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: Analiz-sintez, suhbat, tushuntirish, ko’rgazmalilik, “Havo shari” , “Yong’oq terish”,”Unli,undosh” didaktik o’yinlari,”Uycha quramiz”,”Yelpig’ich”texnologiyalari, AKT dan foydalanish.
Dars jihozi: Texnik vositalar, kesma harflar, Y harfiga oid rasmlar,bo’g’inlar yozilgan tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Dars alifbe qo’shig’i bilan boshlanadi
O’qituvchi:Qani do’mboqlarim,bugun hamma sog’lommi?
Yangi darsga tayyormi?
O’quvchilar:Ustoz bizlar sog’lommiz
Yangi darsga tayyormiz!
O’qituvchi:Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi?
Navbatchilar:Menman bugun navbatchi
Doskani ham artuvchi
Gullarga suv quyuvchi
Sanani ham aytuvchi
Sinfda 35 nafar oq’uvchi bo’ishi kerak,shundan hamma darsga tayyor.
O’qituvchi:Barakalla aziz bolajonlar.Bugungi alifbe sabog’imizni musobaqa tarzida olib boramiz.Har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkasi berib boraman.Dars so’ngida eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “Oltin toj” sohibi bo’ladi.
1-qator:Kuz fasli haqida davomli matn tuzadi.
2-qator:Kuz faslida nishonlanadigan muhim sana va bayramlarni aytadi.
Til bayrami haqidagi she’rlar aytiladi va monitordan Muhammad Yusufning “Ona tilim”she’ri o’qib eshittiriladi.
O‘zbek tili – ona tiling,
O‘zbekiston –Vataning.
Tiling uchun, eling uchun
Fido bo‘lsin jon-taning.
3-qator:”Sehrli so’zlar”ni aytadi.
O’qituvchi:Alifbe sabog’i bizga nimani o’rgatadi?
II.O’tgan mavzuni so’rash
O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
U harfi va tovushi bilan tanishgan edik.
Harf nima?Tovush nima?
qator:Til haqida maqollar
qator:U harfli maqollar
qator:Y harfli maqollar
3 qatordan 3 o’quvchi chiqadi.
1-qator:”Yelpig’ich” metodi,bunda u harfli so’zlar yozadi.
2-qator:“Uycha quramiz” metodi,bunda a harfli so’zlar yozadi.
3-qator:”Havo shari” metodi
Doskaga rasmlar ilingan,uch o’quvchi chiqib u harfi bilan boshlanadigan rasmni bo’yaydi.
Bular bajargunga qadar o’tilgan mavzu qolgan o’quvchilar bilan o’qiladi.
“Unli,undosh”didaktik o’yin.Bunda kesma harflar teskari qilib qo’yiladi,bir o’quvchi unli harflarni,ikkinchi o’quvchi undosh harflarni olishi kerak.
O’tilgan mavzu mustahkamlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni boshlashdan oldin yo’lbars ovozi eshittiriladi va bu nimaning ovozi ekanligi so’raladi.Yo’lbars rasmi ko’rsatiladi va u haqida ma’lumot beriladi.Yangi mavzu slayd yordamida tushuntirib boriladi.Y harfi va tovushi haqida ma’lumot beriladi.
-Y harfi alifboda nechanchi o’rinda?
-23-o’rinda.
Harf kassadan y harfi ochiladi.
-Y harfi unli harfmi,undosh harfmi?
-Nima uchun undosh harf?
-Chunki o’pkadan chiqayotgan havo og’zimizda to’siqqa uchraydi.
O’qituvchi:Yo’lbarsing to’ni yo’l-yo’l,
Yo’liqsang ehtiyot bo’l.
Bo’g’in nima,bo’ginni qaysi tovush hosil qiladi?
Hozir sizlar bilan bo’g’inlar o’qiymiz.
Shu bo’g’inlar bilan boshlanadigan so’zlar so’rash.
Yo-mon,ng’oq,l,sh,z,r va hokazo
Ya-xshi,xmalak,x,na,gona va hokazo
Kitobdagi har bir so’zlar o’qitiladi va ma’nosi slayddagi rasmlar yordamida ochiladi.
Yong’oq va kiyik so’zlari har va tovush jihatidan tahlil qilinadi.
O’quvchilar bilan “Yong’oq terish” didaktik o’yini o’tkaziladi.
Rasm asosida hikoya tuzing.
Darslikdagi matn tushuntiriladi va sahna ko’rinishi ko’rsatiladi.
-Laylo,Diyorani o’ynat.Mayli.Diyora bilan maydonda o’y-nay-man.
“So’z boyligimizni oshiramiz” o’yini
“Harflarni toping” o’yini
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash”Xotira” mashqi
qator:”Ortiqchasini top” metodi
qator:”Ha yoki yo’q”o’yini
V.O’quvchilarni baholash
G’olib o’quvchi aniqlanadi va “Oltin toj” kiydiriladi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarning ota-onasiga tashakkurnomalar beriladi.
VI.Uyga vazifa:O’quvchilarga rasmlar tarqatiladi va y harfi bilan boshlanadigan rasmni bo’yashlari so’raladi.Y harfli so’zlar topib kelish.
|
| |