Vaiant savol




Download 22,05 Kb.
bet3/6
Sana17.01.2024
Hajmi22,05 Kb.
#139537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
imtixon

Arifmetik qoʻshuv-ayiruv amalini bajarilishi.
Arifmetik qoʻshuv-ayiruv amalini bajarishga moʻljallangan
kirishlarga ega boʻlgan AMQ tuzilma sxemasi 7.1-rasmda keltirilgan.
Soddalik uchun ikki razryadli sonlar bilan ishlaydigan qurilma sxemasi
keltirilgan. Ayirish kamayib boruvchi X larni qoʻshib borish va
qoʻshimcha Y ayiriluvchi kodi yordamida amalga oishiriladi.
Bunday usul yordamida avval koʻrib oʻtilgan jamlagichlar asosida
ayiruv amalini bajarish ham mumkin. Manfiy ikkilik sonning
qoʻshimcha kodini hosil qilish uchun quyidagi qoidalar qoʻllaniladi:208
- ishorasidan tashqari barcha razryadli raqamlar inverslanadi (0 ni
1 ga va 1 ni 0 ga oʻzgartirish yordamida);
- invreslangandan soʻng kichik razryadga bir uzatiladi.
Bu vaqtda natija ishorasi hosil boʻlgan kodning katta razryadi bilan
aniqlanadi.
7.1-rasam. Ikki razryadli ikkilik sonlarni arifmetik qoʻshish va ayirish
amallarini bajaruvchi AMQ sxemasini fragmenti.
Sxema ikkita bir hil qoʻshuv-ayiruv bloki (ikki razryadli
qoʻshiluchilar uchun)dan tashkil topgan. Har bir blok EMAS invertori
2(3), ikkita kirishli HAM elementi 5(7), murakkab 2YOKI-2HAM
elementi 4(6) va bir razryadli jamlagich SM 8(9)dan iborat. Qovuslar
ichida ikkinchi blok elementlarining raqami koʻrsatilgan. Ikkala blok
ikkita kirishli 2YOKI-EMAS mantiqiy elementida bajarilgan bitta
tugundan boshqariladi.
Dastlabki holatda, «+», «-» boshqaruv kirishlariga mantiqiy 0
signali uzatilganda, bir razryadli jamlagichning barcha kirishlarida xi, yi
kirish signallari qiymatlari qanday boʻlishidan qat’i nazar nolga teng
signallar mavjud boʻladi. Mos ravishda Si chiqish signallari ham nolga
teng boʻladi. 209
Qoʻshuv amalini bajarish uchun «+» kirishga mantiqiy bir signali
berilishi kerak. Qurilma chiqishidan qoʻshiluv natijasiga teng signallar
va oʻtkazish signali olinadi.
Ayiruv amalini bajarish uchun «-» kirishga mantiqiy bir signali
berilishi kerak. Bu vaqtda jamlagichning «b» kirishiga kamayuvchining
toʻgʻri kodi beriladi. Yuqoridagi elementning 4 va 6 birinchi kirishlariga
aktiv, quyidagi elementning huddi shunday 5 va 7 kirishlariga passiv
mantiqiy signallar keladi. Natijada, ayiriluvchi kodi invertor orqali
jamlagichning «a» kirishiga tushadi, ya’ni inverslanadi. Bir vaqtning
oʻzida jamlagichning 8 C kirishida bir signali hosil boʻladi. Demak,
jamlagichning «a» kirishiga ayiriluvchining qoʻshimcha kodi beriladi.
Shuning uchun jamlagichning chiqishida ikkita qoʻshiluvchining U-X
ayirmasi hosil boʻladi.
Shunday qilib, sxemaning chiqishida ikki sonning yigʻindisini yoki
ayirmasini olish mumkin. Amal turi boshqaruv signalining qiymatiga
bogʻliq boʻladi.
AMQlar sanoatda turli integral mikrosxemalar koʻrinishida yoki
2-. 4-, 8-, 16-razryadli operandlar ustida amallar bajaruvchi KISlar
tarkibida ishlab chiqariladi.
AMQ tarkibida har bir razryad uchun mantiqiy va qoʻshimcha
amallar shakllantiruvchi, arifmetik amallarni bajarishda AMQning
barcha razryadlari uchun tezkor TOʻS shakllanuvchi sxemalar mavjud.
Shuni aytib oʻtish kerak-ki toʻrt razryadli AMQ hosil qilish uchun 70 ta
HAM-EMAS yoki YOKI-EMAS elementlari talab etiladi.
K155ИП3 IS misolida toʻrt razryadli AMQning funksional
imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. Uning shartli belgilanishi 5.28 -
rasmda keltirilgan. Mazkur sxema yoki mantiqiy, yoki arifmetik
amallarni bajaruvchi ikkita rejimda ishlashi mumkin. Qurilma ikkita 4-
razryadli operandlardan foydalanib 16 ta mantiqiy va 16 ta arifmetik
amallarni bajarishi mumkin. Bajariladigan amal turi M (mode control)
kirishga beriladigan boshqaruv signali darajasi bilan belgilanadi. Agar
M kirishga katta kuchlanish darajasi (M=1) berilgan boʻlsa, barcha ichki
oʻtkazishlar berkiladi (blokirovka qilinadi) va qurilma ketma-ket u yoki
bu mantiqiy amalni bajaradi. Agar M kirishga kichik kuchlanish darajasi
M (M=0) berilgan boʻlsa, barcha ichki oʻtishlarga ruhsat beriladi va
ikkita toʻrt razryadli operandlar ustidan arifmetik amallar bajariladi.
Rejimni boshqaruvchi M kirishdan tashqari mikrosxema S0-S3 parallel
kirishlar bilan ham boshqariladi. Bu kirishlardagi signallar
kombinatsiyasi bajarilishi kerak boʻlgan aniq amalni tanlaydi. 210

Download 22,05 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 22,05 Kb.