• Multisim-8
  • 57-rasm
  • 11 – Laboratoriya ishi Arifmetik-mantiq qurilmalarini tadqiq etish. Ishdan maqsad




    Download 337,54 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana15.12.2023
    Hajmi337,54 Kb.
    #119180
    Bog'liq
    11-laboratoriya



    11 – Laboratoriya ishi 
    Arifmetik-mantiq qurilmalarini tadqiq etish. 
    Ishdan maqsad: Berilgan funksiyani amalga oshiruvchi kombinatsion sxemalarni
    loyihalashtirish: Arifmetik- mantiqiy qurilmalar, dasturlanuvchi matritsalarlarni
    ishlash prinsiplarini o‘rganish va ularni Multisim-8 dasturi yordamida tekshirish.
    Boshlang‘ich ma’lumotlar 
    Arifmetik - mantiqiy qurilma (AMQ) raqam kodlari ustida amallar bajarishga
    mo‘ljallangan. AMQda odatda arifmetik, mantiqiy va maxsus arifmetik amallar
    bajariladi. Arifmetik amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish va son
    modullarini ayirish amallari mantiqiy amallarga kodlarning tengligini aniqlah 
    maqsadida bir-biriga taqqoslash, ko‘p xonali ikkili so‘zlar ustida bajariladigan 
    diz’yunktsiya va konyunktsiya amallari; maxsus arifmetik amallarga siljitih,
    normallashtirish, butun sonlar ustida bajariladigan amallar va h,. kiradi. 
    Arifmetik qo‘shuv-ayiruv amalini bajarishga mo‘ljallangan kirishlarga ega 
    bo‘gan AMQ tuzilma sxemasi 56-rasmda keltirilgan. Soddalik uchun ikki razryadli
    sonlar bilan ishlaydigan qurilma sxemasi keltirilgan. Ayirish kamayib boruvchi 
    larni qo‘shib borish va qo‘shimcha ayiriluvchi kodi yordamida amalga oshiriladi. 
    Bunday usul yordamida avval ko‘rib o‘tilgan jamlagichlar asosida ayiruv 
    amalini bajarish ham mumkin. Manfiy ikkilik sonning qo‘shimcha kodini 
    hosil qilish uchun quyidagi qoidalar qo‘llaniladi: 
     ishorasidan tashqari barcha razryadli raqamlar inverslanadi (0 ni
    1 ga va 1 ni 0 ga o‘zgartirish yordamida); 
     invreslangandan so‘ng kichik razryadga bir uzatiladi. 
    Bu vaqtda natija ishorasi hosil bo‘lgan kodning katta razryadi bilan aniqlanadi. 
    Sxema ikkita bir xil qo‘shuv-ayiruv blokidan (ikki razryadli qo‘shiluvchilar 
    uchun) tashkil topgan. Har bir blok EMAS invertori, ikkita kirishli VA elementi, 
    murakkab 2YOKI-2VA elmenti va bir razryadli jamlagich SM dan iborat.
    Qo‘shuv amalini bajarish uchun «+» kirishga mantiqiy bir signali berilishi 
    kerak. Qurilma chiqishidan qo‘shiluv natijasiga teng signallar va o‘tkazish signali 
    olinadi. 


    Ayiruv amalini bajarish uchun «» kirishga mantiqiy bir signali berilishi 
    kerak. Bu vaqtda jamlagichning «b» kirishiga kamayuvchining to‘g‘ri kodi beriladi. 
    56-rasm. Ikki razryadli ikkilik sonlarni arifmetik qo‘shish va ayirish 
    amallarini bajaruvchi AMQ sxemasi 
    Shunday qilib, sxemaning chiqishida ikki sonning yig‘indisini yoki ayirmasini 
    olish mumkin. Amal turi boshqaruv signalining qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Kompyuter sxemalarini yaratishdagi istiqbolli usullardan biri katta integral
    sxemalar (KIS) texnologiyasini qo‘llashdir. Bu usul sxemalarning massalari,
    gabaritlari va qiymatlarini kamaytirish bilan birga, ishonchliligini ancha
    oshirishga imkon beradi. KISlarning narxi ishlab chiqarishning seriyaliligi
    darajasiga ko‘p jixatdan bog‘liq. Ishlab chiqarishning seriyaliligi darajasi o‘z
    navbatida belgilangan to‘zilmali sxemalar bajara oladigan vazifalar ko‘lami bilan 
    belgilanuvchi KISlarning universalligiga bog‘liq. KIS va O‘KISlarni qo‘llash 
    ularning maxsus xossalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarga imkon beradi:
    • ishonchlilik va tezkorlikni oshirish;
    • iste’mol quvvati va o‘lchovlarini kamaytirish; 


    • yoki iste’mol quvvati va o‘lchamlari o‘zgarishsiz qolgan holda, 
    apparaturaning funktsional imkoniyatlarini kengaytirish. 
    KISlar asosida Bo‘l funktsiyalarining har xil tizimlarini amalga oshirish 
    uchun, ya’ni har xil kombinatsion sxemalarni qurish uchun maxsus muntazam 
    to‘zilmalardan - dasturlanuvchi mantqiy matrisalar (DMM)dan foydalaniladi. 
    Dasturlanuvchi doimiy xotira qurilmalari (DDXQ) va dasturlanuvchi mantiqiy 
    matritsalar (DMM) ISlarning birinchi dasturiy foydalanuvchilari bo‘lib 
    hisoblanadilar. Bu erda DMM DDXQning bir turi hisoblanadi. 
    Tanlangan ish algoritmi uchun sozlashga(dasturlashga) tayyor mantiqiy KIS 
    sodda mantiqiy integral sxema (SMIS) deb ataladi. 
    SMISlarni uch xil usul bilan sozlash (dasturlash) mumkin: 
    • VA matritsasini o‘zgartirmasdan turib, YOKI matritsasining tuzilmasini 
    dasturlash; 
    • YOKI matritsasini o‘zgartirmasdan turib, VA matritsasi-ning tuzilmasini 
    dasturlash; 
    • ikkala matritsa tuzilmasini dasturlash. 
    DMM signallarning bir tomonlama, ya’ni M
    1
    matritsada istalgan vertikal 
    zanjirdan gorizontal zanjirga, M
    2
    matritsada esa istalgan gorizontal zanjirdan 
    vertikal zanjirga uzatilishini ta’minlovchi elektr elementlarining to‘liq to‘plami 
    yordamida quriladi. Bunday ulanishlar diod yoki tranzistorlar orqali amalga 
    oshiriladi (rasmda bu ulanishlar nuqtalar yordamida ko‘rsatilgan). Axborotni 
    DMMga matritsalarning gorizontal va vertikal zanjirlari orasida bog‘lanish 
    o‘rnatish yo‘li bilan kiritiladi. Bu jarayon matritsalarni dasturlash deb yuritiladi. 
    Dasturlash usuli bo‘yicha maskali va elektr dasturlanuvchi hamda qayta 
    dasturlanuvchi DMMlar farqlanadi. Maskali dasturlanuvchi DMMda axborot 
    kiritish matritsa zanjirlariga diodlar yoki tranzistorlarni ulash yo‘li bilan bajariladi. 
    Buning uchun matritsalarning mos qismlari maska (shablon) orqali metallashtiriladi. 


    57-rasm. Dasturlanuvchi mantiqiy matritsa sxemasi 
    Topshiriq: AMQ sxemasini yig‘ing. 
    Hisobot tarkibi 
    1. Laboratoriya ishining nomi va uni bajarishdan maqsad.
    2. O‘lchash prinsipial sxemasi.
    3. Har bir bajarilgan ish va natijalar (jadval, xarakteristika va parametrlar).
    4. Xulosa. 

    Download 337,54 Kb.




    Download 337,54 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11 – Laboratoriya ishi Arifmetik-mantiq qurilmalarini tadqiq etish. Ishdan maqsad

    Download 337,54 Kb.
    Pdf ko'rish