INVESTITSIYA FAOLIYATI TO'G'RISIDA
(O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. , 1-son, 10-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2006 y., 41-son, 405-modda; 2008 y., 52-son, 513-modda)
1-modda. Investitsiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari
Investitsiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog'iston Respublikasida investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari chet el investitsiyalari to'g'risidagi, chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risidagi qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
investitsiyalar — iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar;
investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati sub'ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmui; Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
investor — o'z mablag'larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag'larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob'ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub'ekti;
investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta'minlovchi investitsiya faoliyati sub'ekti;
reinvestitsiyalar — investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish.
3-modda. Mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra investitsiyalarning turlari
Investitsiyalar mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo'linadi.
Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne'matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiradi. Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
4-modda. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari
Investorlar investitsiyalarni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg'armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yoki aktsiyalarni olish;
qimmatli qog'ozlarni, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
kontsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo'lgan kontsessiyalarni olish;
mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko'rsatish sohalari ob'ektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek erga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish.
Investorlar investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin.
Investitsiyalar birlamchi yoki takroran qo'shiladigan shakllarining o'zgartirilishi ularning investitsiyalar sifatidagi darajasining o'zgarishiga olib kelmaydi.
5-modda. Investitsiya resurslari
Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul va boshqa moliyaviy mablag'lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar;
ko'char va ko'chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
intellektual mulk ob'ektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau;
erga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.
6-modda. Investitsiya faoliyati ob'ektlari
Moddiy va nomoddiy ne'matlar ishlab chiqarish ob'ektlari investitsiya faoliyatining ob'ektlaridir.
Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan ob'ektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi.
7-modda. Investitsiya faoliyatining sub'ektlari
Quyidagilar investitsiya faoliyatining sub'ektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo'lishlari mumkin:
O'zbekiston Respublikasining rezidentlari — fuqarolari (jismoniy shaxslari), yuridik shaxslari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari; Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va O'zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari;
hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar.
Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag' kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo'lishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo'lishlari mumkin.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo'lishlari mumkin.
8-modda. Investorning huquqlari
Mulk shakllaridan va faoliyat turidan qat'i nazar, investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarga egadirlar.
Investitsiyalanishi ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan cheklangan yoxud taqiqlangan ob'ektlardan tashqari, har qanday ob'ektga investitsiyalar kiritish investorning mutlaq huquqi hisoblanadi va qonun bilan qo'riqlanadi.
Masalan, O'zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o'ttiz foizdan ortiq bo'lgan yuridik shaxslarning ommaviy axborot vositalarini tashkil etishiga yo'l qo'yilmaydi.
Investor investitsiyalash maqsadi, yo'nalishi, turi va hajmini mustaqil ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma asosida, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosini o'tkazish yo'li bilan yuridik va jismoniy shaxslarni investitsiya faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Qonun hujjatlariga muvofiq investor investitsiya ob'ektlariga va ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish, shuningdek reinvestitsiya qilish huquqiga ega.
Qonun hujjatlarida belgilangan mulk huquqini qo'lga kiritishni keltirib chiqarmaydigan ob'ektlarga investitsiya kiritish investorning keyinchalik bu ob'ektlarga egalik qilish, ularni operativ boshqarish yoki ulardan foydalanishdan olinadigan foyda (daromadlar)da ishtirok etish huquqini istisno etmaydi.
Investorning qaroriga binoan investitsiya ob'ektlariga va ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlarni berish paytida taraflarning o'zaro munosabatlari ular tuzadigan shartnomalar asosida tartibga solinadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, investor, o'ziga zarur bo'lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o'zaro kelishuv asosida belgilanadigan narx va shartlarda, hajmi va nomenklaturasini cheklamagan tarzda olishga haqli.
Investor qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
9-modda. Investorning majburiyatlari
Investor:
investitsiya loyihalarida sanitariya-gigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishi;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
| Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. |
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashi;
(9-moddaning birinchi qismi to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O'RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)
shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga etkazilgan zararni qoplashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o'z vakolati doirasida qo'yiladigan talablarini bajarishi shart.
Investorning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
10-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli:
tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo'lish;
investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish;
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, investor oldidagi o'z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish;
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, investitsiya faoliyati ob'ektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etish.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
11-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:
qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga rioya etishi;
shartnomalarni o'z vaqtida va lozim darajada bajarishi;
shartnomani bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi tufayli investorga etkazilgan zararni qoplashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o'z vakolati doirasida qo'yilgan talablarini bajarishi shart.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi litsenziyalanishi lozim bo'lgan faoliyatni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda litsenziya olishi shart. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222-II-son qarori bilan amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro'yxati belgilangan.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
12-modda. Investitsiya faoliyati sub'ektlarining o'zaro munosabatlari
Shartnoma tuzish, sheriklar va kafillarni tanlash, majburiyatlarni belgilash, shuningdek investitsiya faoliyati sub'ektlari o'zaro munosabatlarining boshqa shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
13-modda. Investitsiya faoliyatida narx belgilash
Investitsiya faoliyati jarayonida mahsulot (ishlar, xizmatlar) bahosi, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosi natijalariga ko'ra, kelishilgan narxlarda belgilanadi. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Investitsiya faoliyati sub'ekti bozorda monopol holatni egallagan hollarda narxlarni davlatning vakolatli organi qonunlarga muvofiq tartibga soladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroruga qarang.
14-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi:
investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish;
soliq to'lovchilar va soliq solish ob'ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo'llash;
asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;
normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;
monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash;
kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o'tkazish; Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;
investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;
O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.
Davlat investitsiya faoliyati doirasida:
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag'i hisobidan to'g'ridan-to'g'ri moliyalash yo'li bilan amalga oshiriladigan investitsiya;
O'zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat investitsiyalari maqsadlari uchun ob'ektlarni, investitsiyalash shart-sharoitlarini belgilashdan va ular bilan bog'liq boshqa masalalarni hal etishdan iborat.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
16-modda. Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo'yicha qarorlar qabul qilish
Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo'yicha qarorlar davlat organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolga mo'ljallangan taxminlari, aniq maqsadga mo'ljallangan ilmiy-texnik va kompleks davlat dasturlari hamda ana shu investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi texnik-iqtisodiy asoslar negizida qabul qilinadi. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Umumdavlat ahamiyatiga molik bo'lgan aniq maqsadga mo'ljallangan kompleks davlat dasturlarining loyihalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat byudjetidan moliyalanadigan investitsiyalarning hajmlarini tasdiqlaydi.
17-modda. Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish
Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, davlat kontrakti asosida amalga oshiriladi.
Davlat kontrakti investitsiya faoliyati ishtirokchisini — bajaruvchini tanlov (tender) asosida saralab olish orqali tuziladi. Bunda mazkur bajaruvchi uchun qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar belgilab qo'yilishi mumkin.
18-modda. O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo'yicha yoki umuman O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi bo'yicha beriladigan imtiyozlarning aniq ro'yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 155-moddasi va 282-moddasi ikkinchi qismining 18-bandiga qarang.
19-modda. Investitsiya loyihalari ekspertizasi
Byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga, shuningdek chet el investitsiyalarini O'zbekiston Respublikasining Hukumati kafolati ostida jalb etilgan holda moliyalanadigan investitsiya loyihalari ekspertizadan o'tkazilishi shart. Ekspertizani o'tkazish tartibini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalari sanitariya-gigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar bajarilishiga doir qismida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkazilishi lozim.
Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan «Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o'tkazish va tasdiqlash tartibi to'g'risida»gi Nizomga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 fevraldagi PF-1924-son «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 28 oktyabrdagi PF-1875-son «Kapital qurilishni tashkil etishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarning kredit resurslari hisobidan moliyalanadigan kichik tadbirkorlik investitsiya loyihalari tijorat banki tomonidan mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida ekspertiza qilinishi lozim.
(19-moddaning ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 18-modda)
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari shu shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda ekspertiza qilinishi lozim.
20-modda. Investitsiya fondlari
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida tegishli investitsiya fondlari tashkil etilishi mumkin.
Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-son «Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga qarang.
21-modda. Investitsiya faoliyati sub'ektlari huquqlarining kafolatlari
Davlat investitsiya faoliyati sub'ektlarining huquqlarini kafolatlaydi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub'ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub'ektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular vakolatlari bo'lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog'liq choralarni ko'rishlari mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati sub'ektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklab qo'yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplariga muvofiq belgilanadigan, O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta'minlashga bevosita bog'liq bo'lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga qo'shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
22-modda. Investitsiyalarni himoya qilish
Davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi.
O'zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi.
Investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiya hollari va boshqa favqulodda xususiyatga ega bo'lgan holatlar bundan mustasno.
Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to'g'risidagi qaror:
ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo'lgan investitsiyalar yoki boshqa aktivlarning eng kam miqdori cheklanadigan;
kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasiga qarang.
etkazilgan zararga monand ravishda kompensatsiya to'lanadigan rekvizitsiya bo'yicha talablarga rioya etilgan holda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat ko'rsatib o'tilgan kompensatsiya to'lovlari o'z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo'ladi.
Investor Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to'g'risidagi qaror yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli.
Investitsiyalar sug'urta qilinishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa sug'urta qilinishi shart.
23-modda. Mablag'lardan foydalanish kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya faoliyati sub'ektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langach, uning xohishiga ko'ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
(23-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O'RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)
Investitsiya faoliyati sub'ekti olgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek olingan mol-mulk olib qo'yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to'lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to'lanadi).
Investitsiya faoliyati sub'ektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qo'yish yoki mablag'larni majburan olib qo'yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
24-modda. Investitsiyalarning qo'shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari
Investitsiyalarning qo'shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari hukumat tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy ta'minlashda ko'maklashishni, maxsus soliq va to'lov rejimi yaratilishini, loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi yuritilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o'z ichiga olishi mumkin.
Investitsiyalarning qo'shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari investitsiya faoliyati sub'ektlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan beriladi.
25-modda. Ochiq axborotdan erkin foydalana olish
Investitsiya faoliyati sub'ektlarining manfaatlariga muayyan tarzda daxldor umum majburiy tusdagi qonun hujjatlaridan ular erkin foydalana olishlari lozim.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari investitsiya faoliyati sub'ektlarining so'rovlariga ko'ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida»gi Qonuniga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi Qonuniga qarang.
26-modda. Investitsiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish yoki tugatish
Investitsiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning qaroriga ko'ra amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish yoki tugatish to'g'risidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e'lon qilingan yoki topilgan;
Batafsil ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to'g'risida»gi Qonuniga qarang.
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin»;
(26-modda ikkinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktyabrdagi O'RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2006 y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini to'xtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qo'yish, to'xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda
|