• Mavzu : INVESTITSIYALAR BILAN FIRIBGARLIKLAR Reja : 1.
  • Investitsiyalar bilan firibgarliklar




    Download 75,73 Kb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi75,73 Kb.
    #102237
    Bog'liq
    gozal



    O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim ,
    fan va innovatsiyalar vazirligi
    Urganch davlat universiteti, texnika fakulteti

    193-QXALTE guruh talabasi
    Masharipova Go’zalning
     Moliyaviy savodxonlik asoslari
    Fanidan
    INVESTITSIYALAR BILAN FIRIBGARLIKLAR
    Mavzusida

    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu : INVESTITSIYALAR BILAN FIRIBGARLIKLAR
    Reja :
    1. Forex bozoridagi “yengil” ishlab topilma
    2 Moliyaviy piramidalarning belgilari qanday?
    3 Sof investitsion loyihalarni firibgarlik
    sxemalaridan qanday farqlash mumkin?

    Hayot obyektiv realligi (haqiqati) shundan iborat -


    pulimizni u yoki bu joyga joylashtirib, barchamiz quyidagi uch
    maqsadga erishishni xoxlaymiz:
    - birinchidan, yuqori daromad olishni;
    - ikkinchidan, oʻz mablagʻlarimiz saqlanib
    qolinishining kafolatini;
    - uchinchidan, joylashtirilgan pullarimizni oʻzimizga
    qulay boʻlgan vaqtda qaytarib olish imkoniyatini.
    Shunday boʻlishiga qaramasdan, odamzodning tabiati
    shunday investitsiyalashtirish obyektini topishni orzu
    qiladiki, unda yuqorida qayd etilgan har uch mezon yuqori
    darajada boʻlishi kerak. Orzumiz koʻlamining ana shunday
    tarzda kattaligidan moliyaviy firibgarlar ustamona
    foydalanadilar va bizga “idel” investitsion qarorlarni
    taklif qiladilar. Firibgarona investitsion takliflarning mohiyati
    nimada?
    Pullarni joylashtirish boʻyicha koʻplab firibgarona
    takliflarning mohiyati, eng avvalo, aql bovar qilmaydigan
    daromadlarning vaʼda qilinishiga borib taqaladi. Odatda,
    bu vaʼda bank depoziti boʻyicha daromadlilikdan bir necha
    marta yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Amaliyotda bunday
    daromadlilikni taklif qiluvchi kompaniyalarning faoliyati
    moliyaviy piramida (ehrom) qurishga qaratilgan boʻlib, unda
    226
    oldin kelgan investorlarga toʻlanmalar keyin (yangi) kelgan
    investorlarning pul tushilmalari hisobidan amalga
    oshiriladi. Shuningdek, bunda investitsion faoliyatning oʻzi
    imitatsiya qilinadi yoki umuman sodir etilmaydi. Ayrim
    hollarda bunday piramidalar oʻzaro yordam kassalari
    toifasidagi sotsial loyihalar ostida niqoblanadi. Bunday
    hollarda firibgarlar hatto oʻzlarining tartiblarini,
    “Bugun sen odamlarga yordam berayapsan. Ertaga esa ular senga
    yordam berishadi” shiori ostida yashirmaydilar ham. Rasmiy
    ravishda odamlar hech qanday daromad olishmaydi. Biroq, “de fakto” tarzida unlarga doimiy ravishda kundan-kunga oʻsib
    boruvchi summalar koʻrinishida daromad (kuniga bir necha
    foizlik) hisoblanadi. Uni esa har bir shaxs bu tashkilotga
    “qaytarilmaydigan tarzda qarzga berishi” (yechib olishi)
    mumkin. Albatta, odamlarning soni cheksiz boʻlsa va badallar
    oqimi uzluksiz boʻlib, aslo toʻxtamay tursa, nur ustiga aʼlo
    nur boʻlur edi. Bunga qoʻshimcha ravishda, piramidaning
    boshlanishida bu jarayonga kiraman-da, uning “jahannam sari”
    yoʻl olishidan sal oldinroq foyda koʻrib, chiqib qolaman, deb
    oʻylash ham xom xayollikdan oʻzga narsa emas. Ovvora boʻlmang,
    uning boshlanishi qachon boʻlgan va uning finali qachon boʻlishi
    mumkinligini shu paytgacha hech kim bila olmagan. Aslo xafa
    boʻla koʻrmang-gu, Siz ham shu toifaga kirasiz. Biz ham sizning
    safingizdami Har kuni OAV orqali xorijiy valyutalar (birinchi
    navbatda AQSH dollari va yevro)ning kurslari qanday
    oʻzgarayotganligi toʻgʻrisida xabar berib boriladi. Kursning
    nega oʻzgarganligiga jurnalistlar “oddiygina” izohlaydilar
    yoki tushuntirish beradilar. Masalan, “AQSHda ishsizlar
    227
    sonining kamayganligi toʻgʻrisida yangi maʼlumotlar maʼlum
    boʻldi” yoki “Yevropa Markaziy banki past foiz stavkalarini
    ushlab turish siyosatini davom ettirmoqda” kabi.
    Insonlarning koʻplariga bunday iboralarning maʼno mazmuni unchalik tushunarli emas. Biroq, inson bunday
    eʼlonlarni har kuni eshitib borar ekan sodir boʻlayotgan
    voqeliklarni tushunishda illyuziya paydo boʻlishi, tabiiy Aziz oʻquvchilar! Marhamat qilib, quyidagilarga alohida
    eʼtibor bering va ularni qulogʻingizga “isirgʻa” qilib osib
    oling:
    1. Koʻplab moliyaviy piramidalarning eng asosiy va
    oʻzgarmaydigan belgisi – bu yuqori daromad vaʼda
    qilishdir;
    2. Ayrim firibgarona takliflar ishonchni yanada
    kuchaytirish maqsadida, yuqoridagiga qoʻshimcha ravishda,
    qoʻyilgan (joylashtirilgan) kapitalning saqlanib
    qolishiga va ayrim istisno hollardagina, daromadning
    olinishiga ham kafolat berishga harakat qiladilar.
    Bunday kafolatlar mijoz kapitali va daromadini “ishonchli
    aktivlar”ning vaqtinchalik oʻzgarishidan ham va investitsion
    kompaniyaning “amalda ehtimoli boʻlmagan” kasodga uchrashidan
    ham goʻyo xavfsiz boʻlishini taʼminlashi lozim. Kafolatchi
    sifatida, odatda, pullarni jalb qiluvchi kompaniya emas,
    balki mustaqil obroʻli tashkilot (ehtimol, xorijiy) maydonga
    chiqadiki, uning nomlanishida “trust”, “foundation” va “securites”
    tipidagi xorijiy soʻzlardan foydalaniladi. Bunda hisob kitob quyidagiga yoʻnaltirilgan: “u oddiy kun koʻruvchi
    fuqaroga tushunarli emas, lekin ishonch tugʻdiradi”. roga tushunarli emas, lekin ishonch tugʻdiradi”.
    Ponsi chizmasi (tartibi) “jarayoni”
    1919-yilda Bostonda yashovchi italiyalik yosh immigrant
    Charlz Ponsi pul mablagʻlarini quyilma qilish
    234
    (joylashtirish)ning juda ajoyib imkoniyatini topadi: agar
    haqi AQSHda emas, balki Yevropada toʻlansa, xatni AQSHdan
    Yevropaga joʻnatish arzonga tushadi. Aloqa kuponlarini
    Yevropada sotib olib, soʻng ular AQSHda sotilsa, 400% gacha
    foyda ishlab topish mumkin. Faqat murakkablik shunda ediki,
    kuponlarni pulga emas, balki faqat aloqa markalariga
    almashtirish mumkin edi.
    Shunda Charlzning boshiga boshqa bir gʻoya keldi – bu
    jarayonga investorlarni jalb qilish kerak. Birinchi
    omonatchilar sifatida uning doʻstlari maydonga chiqishdi. U
    doʻstlariga qoʻyilgan (joylashtirilgan) summalarni uch oy
    ichida ikki martaga koʻpaytirishga vaʼda bergan edi va buning
    uddasidan chiqdi ham. Bundan soʻng pullar unga daryo misoli
    oqib kela boshladi. Ponsi investitsion kompaniyaga asos
    soldi va agentlarni yolladi. Ularga har bir jalb qilingan
    dollari uchun hotamtoylik bilan komissiyalar toʻladi.
    Albatta, bu kompaniya pullarni hech qayerga investitsiya
    qilmagan va hech qanday foyda ham keltirmagan. Eski
    mijozlarga yuqori foizlarni toʻlash uchun Ponsi yangi
    mijozlarning pullaridan foydalangan. Ular oʻrtasidagi
    farq esa – uning choʻntagidan joy olgan. Hammasi boʻlib yarim
    yilda Ponsi millionerga aylangan va oʻziga hashamatli qasr
    sotib olgan.
    Download 75,73 Kb.




    Download 75,73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Investitsiyalar bilan firibgarliklar

    Download 75,73 Kb.