|
Ummon oldida tursang ham bir tomchi suvni isrof qilma
|
bet | 1/2 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 51 Kb. | | #147795 |
UMMON OLDIDA TURSANG HAM BIR TOMCHI SUVNI ISROF QILMA.
Suv! Sening na mazang, na ranging, na hiding bor, sen to‘g‘ringda biror so‘z aytish juda og‘ir va qiyin, nima ekaningni tushunmay inson sen bilan rohatlanadi, sendan orom topadi, lazzatlanadi. Sen hayot uchun o‘ta keraklisan deb aytib bo‘lmaydi, chunki sening o‘zing hayotsan. Sen qaerda bo‘lma, har joyda baxt-saodat, huzur-halovat tuyg‘usini berasan. Buni organizmga joylashgan besh sezgi organlarimizning birortasi orqali tushunish qiyin. Sen bizga kuch-quvvat bag‘ishlaysan. Sening marhamating yuraklarimizda qurib qolgan chashmalarni jonlantiradi. Dunyodagi eng katta boylik sensan, senga yot bo‘lgan aralashmalarni yoqtirmaysan, bardosh berolmaysan, ular senga begonadir. Sen shunday bir ajoyib ma’buda-ki, seni cho‘chitib yuborish mumkin, ammo sen bizga cheksiz, poyoni yo‘q baxt-saodat berguchisan”.
Antuan de-Sent Ekzyuperi
Dunyodagi barcha mavjudodlar suv bilan tirik. Shu bois o‘tmishdan insoniyat ob-hayotni tabiatning shifobaxsh ne’mati, bebaho boyligi sifatida qadrlagan. Toza, chuchuk suv mavjud yerlarda hayot kechirishga intilgan. Biroq uzoq yillar ichimlik suvi zaxiralari ko‘zimizga tuganmasdek ko‘rinib, tiriklik manbaimiz bo‘lgan ob-hayotni tejab ishlatishga loqayd munosabatda bo‘ldik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ydik. Oqibatda sayyoramiz tabiat injiqliklari-yu, toza ichimlik suvi zaxiralari taqchilligiga yuz tutdi. Bu holat endilikda bizning yurtimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani sir emas.
Shu o’rinda suv to‘g‘risida tushuncha berib o’tsak. Suvning o‘zi nima? Hayotni suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Suv Yaratganning tirik jonzotlar yashashi, hayoti uchun bergan in’omi. Inson hayotida, uning turmush faoliyatida, xalq xo‘jaligining deyarli hamma tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan suv - o‘ziga xos mineral suyuqlik desa ham bo‘ladi. Ilm-fan, texnika taraqqiyoti, sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar faoliyati suv bilan bog‘langan.
Suv — gidrosfera, Yer qurrasining boshqa qobig‘i, ya’ni, atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bog‘langan va ularning asosiy tarkibidir. Suv yer qobig‘ida doimo harakatda. Suvning dunyoviy almashinishi gidrosferani bir berk sistema — tizim sifatida bog‘laydi, ya’ni dengiz — okean — atmosfera — quruqlik. Bu berk sistema tabiatda suvning aylanma harakatini ta’minlaydi.
Suv dunyoviy modda almashinuvida eng faol qatnashadigan suyuqlikdir. U tirik jonzotlarning hujayra va to‘qimalari tarkibiga kiradi, hattoki, suyuqliklar tarkibi ham oz bo‘lsada suvni ushlaydi. Suv tirik organizmlarda eng murakkab biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Sayyoramizning iqlimi, ob-havosi, ko‘p jihatdan, undagi suv havzalarida suv bug‘larining atmosferada bo‘lishligiga bog‘liq. Daryo va okeanlar suv transporti rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. U elektroenergiya ishlab chiqarishda va sanoatni turli tarmoqlarida katta rol o‘ynaydi.
Suv insonning xo‘jalik, hayotiy jarayonlarida eng zarur bo‘lgan suyuqlik. Hozirgi vaqtda insonlarning jon boshiga kundalik sarflanadigan suvning miqdori oshib bormoqda, ammo bu ehtiyojni ta’minlash muammo bo’lib bormoqda. Inson uchun esa suvning qanchalik bebaholigi hamda uning xislatlariga baho berish amri mahol. Tabiat go‘zal, uning insoniyat uchun marhamati nihoyatda keng, tabiatni hayot onasi deganlaricha bor. Suv esa tabiatning tirik jonlarga hayot beruvchi chashmasidir.
Suvning qadri
Bir tomchi suvning qadri va ahamiyati yil sayin ortib bormoqda. Mamlakatimizda suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish sohasida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi ommalashib, yangi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ekinlarni tomchilatib sug‘orish va pulsar kabi suvni tejaydigan turli texnologiyalardan foydalangan holda sug‘orish nafaqat suv sarfini kamaytiradi, balki xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishga zamin yaratadi.
Bunday sa'y-harakatlar faqat bitta maqsadni ko'zlaydi - suvni iloji boricha to'g'ri taqsimlash va tejash.
|
| |