|
Suvning bioekologik xislatlari
|
bet | 2/2 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 51 Kb. | | #147795 |
Suvning bioekologik xislatlari
Suv o‘ziga xos qator fizik, kimyoviy va biologik xislatlarga ega bo‘lib, tirik organizmlarning tuzilishi va ularning-hayot faoliyatini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Uni boshqa suyuqlik bilan almashtirib bo‘lmaydi. Suvning bioekologik xislatlari kuyidagilardan iborat:
1) suv Yer yuzasidagi suyuq modda bo‘lib, u bir vaqtda va ko‘p mikdorda suyuq, qattiq va gaz (bug‘) holatida uchrashi mumkin;
2) suv suyuqlik sifatida juda katta eruvchanlik xususiyatiga ega, bu undagi molekulalarning ko‘pligidan va vodorod bog‘lamlarini hosil qilishdan kelib chiqadi;
3) suv yashash muhiti bo‘lishi bilan bir qatorda, tirik organizmlarda bo‘lib o‘tadigan turli biokimyoviy reaksiyalar jarayonda faol qatnashadi;
4) suv eritmalari o‘simliklarning tuproqdan oziqlanishining asosi bo‘lishi bilan, tanaga moddalarni tashib beradi va ko‘p umumiy biologik jarayonlarning o‘tishiga sababchi bo‘ladi;
5) suv muzlaganda toray ish, zichlanish, qaynaganda kengayish xususiyatiga ega. Suvning bu xislati juda katta ekologik ahamiyatga ega bo‘lib, Yer yuzasining ko‘rinishini o‘zgartirish qobiliyatiga ega kuchdir, ya’ni tog‘larni yemirib, katta harsang toshlarning tuproqqa aylanishiga sabab bo‘ladi;
6) suvda yashaydigan organizmlarning tirik bo‘lishi va ular hayot faoliyatlarining normal o‘tishida suvning 400 S darajada katta zichlikka ega bo‘lishi ahamiyatlidir. Buning natijasida suv havzalarining yuzasi muzlaydi, suvning pastki qatlamlari muzlashdan xoli bo‘ladi va organizmlar tiriklik jarayonlarini o‘taydilar;
7) suvning sovishidan hosil bo‘lgan muzning o‘ziga xos “sirli” issiqligi (33,6 Dj/g) bo‘lib, bu issiqlik daryo, ko‘l va dengizlarning birdan emas, balki asta-sekin muzlashini, qorlar, muz va muzliklarning erishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham sayyorada fasllar bo‘yicha haroratning asta-sekin almashinishi kuzatiladi;
8) turli suyuq va qattiq moddalar ichida suv katta issiqlik yig‘ish va issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, tirik organizmlar tanasida bir xil issiqlik muvozanatini ushlab turadigan suyuq moddalardir. Suvdagi bu xislatlarning mohiyati cheksiz, ya’ni suvning yuqori darajada issiqlik yig‘ish qobiliyati natijasida unda quyosh va issiqlik energiyasi to‘planadi va sayyorada taqsimlanadi;
9) suvning diaelektrik o‘tkazuvchanligi suvdagi tuzlarning, kislotalarning ionlarga ajralishini tezlashtiradi, ionlar esa o‘z navbatida organizm tanasida turli biokimyoviy reaksiyalarni, muhit va organizm o‘rtasidagi asmatik turg‘unlikni boshqarib turadilar;
10) suv molekulalarining qutbligidan makromolekulalarning tuzilishi va funksional aktivligining barqarorligi ta’minlanib turadi;
11) suv har qanday haroratda ham (qaynashda ham, muzlashda ham) bug‘lanish qobiliyatiga ega. Boshqa suyuqliklarga qaraganda suvning bug‘lanish issiqligi 2263,8 Dj/g 100°S darajada yuzaga keladi. Suvning asta-sekin bug‘lanishi - suv havzalaridan ko‘p suvning bug‘lanib ketishidan saqlaydi. Bug‘lanish uchun ketgan energiya yo‘qolmaydi, balki havo yoki atmosfera haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va organizm bilan muhit o‘rtasidagi munosabatlarning borishida katta rol o‘ynaydi;
12) suvning biologik xislatlaridan yana biri uning suyuq — bo‘lishiga qaramasdan yuzasidagi yuqori darajadagi taranglik bo‘lib, bu holat suv molekulalarining bir-biriga kuchli bog‘lanishidan qelib chiqqan. Buning natijasida suv va uning eritmalari o‘simliklar poyasida harakat qiladi, ularning ildiz sistemasidan adsorbsion (shimilish, yutilish) jarayonlari, hayvonlarda harakat, nafas olish, ovqat hazm qilish jarayonlari bo‘lib o‘tadi.
13) suv tiniqlik qobiliyatiga ega bo‘lib, yer yuzasida va suv qatlamida uchraydigan tirik organizmlardagi hayotiy jarayon, fotosintez, fotoperiodizm, fazoda orientatsiya qilish, fotomorfogenez, ozuqa topish, organizmning muhitdagi holatlari uchun katta ahamiyatga egadir;
14) suvning xislatlaridan yana biri uning siqilmasligi bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar, inson qismlarining va organlarining o‘sishida va ma’lum shaklda bo‘lishida juda muhimdir.
Ekologiya nuqtai nazaridan suv o‘ziga xos va almashtirib bo‘lmaydigan suyuqlik bo‘lib, u fotosintez jarayonida ajralib chiqadigan gazsimon kislorodning asosiy manbai hisoblanadi. Bundan tashqari fotosintetik reaksiyaga ishlatiladigan vodorod ionlarining donori hamdir.
|
| |