• Geoekologik
  • Biosfera monitoringi
  • Bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. Bioekologik monitoring




    Download 20,68 Kb.
    Sana07.02.2024
    Hajmi20,68 Kb.
    #152574
    Bog'liq
    3-


    3. Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qi-lishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
    Bioekologik monitoring bosqichi yoki pog'onasida atrof-muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta'siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur pog'onada odamlarning kasallanishi, o'lim, tug'ilish, uzoq umr ko'rish va boshqa ma'lumotlardan foydalaniladi. Bu ma'lumotlar insonning atrof-muhit o'zgarishiga aks ta'siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma'lumotlariga tayanib, ish ko'riladi.Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo'lgan chiqindi va moddalar bo'yicha kuzatishni tashkil qiladi.
    Geoekologik (geotizimli) monitoring bosqichi yoki pog'onasida asosan tabiiy-hududiy, tabiiy-texnogen va demografik (aholi) geotizimlari kuzatiladi va nazorat qilinadiJVIazkur bosqich (pog'ona) uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va tabiiy komplekslarning (geotizimlarning) o'z-o'zini tozalash qobiliyati haqidagi ma'lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografik statsionarlarda, maxsus zonal yoki mintaqaviy poligonlarda olib boriladi.
    Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo'yicha kuzatish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinmog'i lozim. Cho'llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida ma'lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o'chog'i yuzaga keladi. Shuni hisobga olib, cho'l geotizimida muntazam ravishda monitoring ishlarini olib borish lozim bo'ladi.
    Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changla nishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko'rsatkichlarga ko'proq e'tibor beriladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo'ladigan o'zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta'sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo'riqxonalar va aholining xo'jalik faoliyati zonalari kiradi.
    Atmosferani kuzatishda asosiy e'tibor chang miqdorining ortib ketishiga, "issiqxona samarasi" ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.Hozirgi vaqtda monitoring xillari (tiplari) va turlarini ajratish bo‘yicha xilma - xil yondashuvlar mavjud bo‘lsada, monitoring tizimning tasniflash tamoyillari turlima-turlidir.Hududiy qamrovi miqiyosiga ko‘ra monitoring tizimlari global, xalqaro va milliy monitoringga ajratiladi. Ifloslanish ta’sirlari darajasiga ko‘ra tayanch (fond), hududiy (regional) va impakt (lokal), mahalliy monitoringga ajratish qabul qilingan. Biosfera komponentlariga ko‘ra monitoringning turli muhitlari atmosfera, hidrosfera, litosfera va boshqa turlari ajratiladi.Ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ko‘ra ifloslovchi moddalar va agentlarning (lot. agens (agentis) biror bir sabab yoki hodisani keltirib chqaruvchi, jumladan elektromagnit nurlanishi, issiqlik ifloslanishi, shovqin, zaharli moddalar va boshqalarni nazorat qilib borayotgan ingredient (lot. ingrediens kiruvchi) monitoring ajratiladi.
    Ifloslanish manbalari monitoringi ifloslanish manbalarining turli xillarini kuzatib boradi (nuqtasimon statsionarlar - sanoat korxonalari, chorvachilik fermalari va b.;
    Nuqtasimon harakatlanuvchi – transport; chiziqsimon yoki maydonli – hokazolar; dalalardan chiqadigan oqim, o‘g‘itlarning sepilishi va ularning yuvilishi va b).
    Kuzatish uslublariga ko‘ra monitoring turlicha tavsiflanadi.Yerning sun’iy yoldoshlari (sputnik) monitoringida masofaviy metodlardan foydalaniladi va bu monitoring kosmik apparatlar yordamida Yer yuzasida va atmosferada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. Geofizikaviy monitoringga atmosferani ifloslanishi, muhitning meteorologik va hidrologik tavsiflari to‘grisidagi ma’lumotlarni interpretatsiya (lot. interpretation vositachi) qilish va kuzatish kiradi. Bunday monitoringda beosferaning jonsiz komponentlari, konstruktsiyalar (lot. konctructio tuzilish, qismlarning o‘zaro joylashuvi; inshoot) va binolar kiradi.



    Download 20,68 Kb.




    Download 20,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. Bioekologik monitoring

    Download 20,68 Kb.