|
Tabiy antropogen geotizmlarni loyihalashda geoekologik tadqiqotlar
|
Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #263144 |
Bog'liq Tabiy antropogen geotizmlarni loyihalashda geoekologik tadqiqotlar OTM: Urganch Davlat Universiteti Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti Fan: Qishloq xo’jaligi Guruh: 202-guruh Talaba: Egamberdiyeva Gulasal Reja - landshaftlar va ularning oʼzgarishini geoekologik monitoring qilish
- Oʻzbekistonda ekologik monitoringni amalga oshirish va landshaftlarning ekologik holati
- antropogen geotizmlarni loyihalashda geoekologik tadqiqotlar
- Tabiiy va antropogen omillar taʼsiri darajasi ekologik barqarorlikni buzilishiga olib kelgan. Ekologik vaziyatni tasniflash va uni baholash murakkab tizimli jarayondir. Landshaftlar holatini uzviy kuzatish orqali ekologik vaziyatni toʻgʻri baholashimiz va uning mezonlarini yaratishimiz mumkin. Soʻnggi yillarda atrof - muhit va uning landshaftlariga antropogen omilning salbiy taʼsiri kuzatilib, landshaft va uning komponentlariga putur yetishiga sabab boʻlgan. Ekologik vaziyat barqaror hodisa emas, u doimiy dinamik oʻzgarishda, jarayonning qanday kechishini antropogen omilning taʼsiri darajasi belgilab beradi.
- Birgina texnogen omillar taʼsirida yaylovlarning buzilishi, ishdan chiqishi, mahsuldorlikning pasayib ketganligi, harakatdagi qumlar maydonining kengayib borayotganligi misolida koʻrishimiz mumkin.
- Qizilqum, Ustyurt platosi, Qarshi choʻli (Koʻkdumaloq, Oʻrta buloq, Zevarda) va boshqa gaz va neft konlarining ishga tushirilishi atrof - muhitga salbiy taʼsir koʻrsatgan, bu jarayon davriy jadallashib bormoqda. Tabiiy muhitda barcha komponentlar uzviy ekologik muvozanatda boʻladi.
- Bu oʻzaro munosabatni tirik va notirik tabiat oʻrtasidagi aloqada kuzatishimiz mumkin. Geotizim doimiy va uzluksiz harakatda, hech qachon barqaror holatda turmaydi. Landshaft va uning komponentlari oʻrtasidagi oʻzgarishlar esa ana shunday murakkab tizimli jarayonning hosilasidir. Landshaftning ichki va tashqi kuchlar taʼsirlariga qaramasdan, vaqt oʻtishi bilan oʻzining avvalgi holatini tiklashga harakat qilishi uning barqarorligi bilan tavsiflananishi, adabiyotlarda keltirib oʻtilgan. B.B.Polinov (1946)
- yilda ,,Landshaft muvozanatdagi tizim emas. U toʻxtovsiz oʻzgarib turadiʼʼ.
- N.R. Reymers tomonidan tuzilgan, sotsial- iqtisodiy ekologik lugʻatda ham ekologik barqarorlik deganda, ekotizimni tashqi omillar taʼsirida oʻz strukturasini va funksional holatini saqlay olish qobilyati tushuniladi, deb izoh berilgan. Landshaftning barqarorlik xususiyati, odatda landshaftga tashqi kuchlar taʼsiridan keyingina roʻy beradi. Landshaft barqarorligini buzilishiga olib keladigan yetakchi omil sifatida - antropogen omillarni keltirishimiz mumkin. Atrof - muhitni muhofaza qilish maqsadida landshaftlar holatini uzviy kuzatish, baholash va ularni tahlil qilish muhim omil hisoblanadi. Tabiatda roʻy berayotgan davriy oʻzgarishlar birinchi navbatda landshaftning komponentlarida namoyon boʻladi.
- Landshaftda sodir berayotgan tabiiy dinamik oʻzgarishlar bir invariant doirasida roʻy berganligi uchun, bu holat landshaftning tubdan sifat oʻzgarishlariga olib kelmaydi. Geotizimlarda tabiiy muvozanatning murakkablashuvi ularning xususiyatiga mos holda turli daraja va tezlikda sodir boʻlishi mumkin. Geotizmda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar eng sodda fatsiyadan tortib eng murakkab ekotizm – geografik qobiqqacha, boʻlgan makonda yuz beradi, sayyoraviy miqyosga egadir. Landshaftlarni ham oʻziga xos hosil qiluvchi geotizmlar deb atashimiz mumkin. ,,Har bir landshaft oʻziga xos ekologik imkoniyatga ega; antropogen taʼsirlarga oʻzicha beriluvchan, ushbu taʼsirlarga yoki bu darajadagi barqarorlik bilan ajralib turadi, turli xil ekologik axborotlarni oʻzida namoyon etuvchi hamda geoekologik tahlil va baholash uchun yaxlit hududiy birlik hisoblanadiʻʻ
- Geotizmlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini tatbiq etishda zonallik, balandlik mintaqalari va geomorfologik xususiyatlarini hisobga olishni taqazo etadi.
- Landshaftlarni qishloq xoʻjaligi, uning biror tarmogʻi nuqtai nazaridan tahlil qilinsa yoki baholansa bu lanshaftshunoslikdagi ekolgik yondashish boʻladi. Landshaftning oʻzgarishiga, uning ichki strukturasiga putur yetishiga sabab boʻladigan yetakchi omil - antropogen, endogen va ekzogen jarayonlardir. Oʻzbekistonda ekologik vaziyatni baholash uzoq muddatli kuzatish asosida amalga oshiriladi. Geoekologik vaziyatni baholashda ekologik vaziyatni keskinligi boʻyicha pogʻonalar soni, ularni ajratishdagi mezonlar asos qilib olingan.
- Ekologik baholashning asosiy mezonlari sifatida: yer usti suvlarining ifloslanish indeksi, atmosferaning ifloslanish indeksi, tuproqning pestitsidlar bilan ifloslanishi, ichimlik suvining davlat standartiga toʻgʻri kelishi, tuproqning shoʻrlanishi, aholining umumiy kasallanishi va boshqalar asos qilib olingan. 1999- yilda nashr etilgan Oʻzbekiston geoekologik kartasida geoekologik vaziyatga komponentlar boʻyicha baho berilgan. Misol uchun, Ohangaron daryo havzasi oʻrta oqimida geoekologik holat Z.A.Amanbaeva (2004) va A.A.Rafiqov (1999) tomonidan oʻrganilgan va kartada aks ettirilgan. Zarafshon vohasining geoekologik vaziyat A.Rahmatullayev (2007) tomonidan oʻrganilgan boʻlib, mavjud geoekologik vaziyatni keskinlik darajasiga koʻra 7 ta pogʻonaga ajratadi - qanoatlanarli, jiddiy, oʻrtacha keskin, tang, xavfli, halokatli darajalarini izohlab beradi.
- Oʻzbekiston hududidagi landshaftlarni geoekologik holatini optimallashtirish va landshaftlarining barqarorligini saqlash, ekotizimning buzilishiga olib keladigan salbiy taʼsirlarni kamaytirish zarur. Hududlar miqiyosida geoekologik vaziyatni baholashda barcha tabiiy komponentlarning xususiyatlari oʻrganish va tatbiq etish ancha samarali usul hisoblanadi. Antropogen omillarning landshaftlarga salbiy taʼsirlari bartaraf etilmasa, ekologik vaziyatning mahalliy koʻlamda keskinlashuviga olib kelaveradi.
- Mamlakatimizda lanshaftlarining bugungi holatini qanoatlanarli darajada deb baholanadi, Oʻzbekistonda ekologik holat va uning darajalarini oʻrganish, baholash muhim masalalardan biri boʻlib qolaveradi.
- Xulosa qilib aytganda, geotizimda ekologik barqarorlikning buzilishi va uning salbiy taʼsirlari landshaftning eng kichik komponentlarida namoyon boʻladi. Demak, tabiatda birgina komponentning oʻzgarishi butun landshaft miqyosida oʻzgarishga olib keladi.
|
| |