|
Quva tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida favqulodda vaziyat ro’y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro’y berganligi haqida ob`ekt darajasidagi xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimining tayyorligini baholash mezonlari
|
Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 21,06 Kb. | | #141195 |
Bog'liq 2 3 Низомга 3 илова Бахолаш мезонлари лотинча
Quva tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida Favqulodda vaziyat ro’y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro’y berganligi haqida ob`ekt darajasidagi xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanish tartibi to’g’risida nizomga 3-ilova
Quva tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida favqulodda vaziyat ro’y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro’y berganligi haqida ob`ekt darajasidagi xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimining tayyorligini baholash
MEZONLARI
1. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi quyidagi mezonlarga muvofiq bo’lgan taqdirda “tayyor” deb baholanadi:
a) ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi texnik topshiriq hamda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq yaratilgan va foydalanishga topshirilgan bo’lsa;
b) ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi mahalliy darajadagi xabar berish tizimi bilan bog’langan bo’lsa;
v) ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi to’g’risidagi nizom, doimiy tayyorgarlik va undan foydalanish bo’yicha tizim pasportlari hamda boshqa belgilangan barcha hujjatlar mavjud bo’lsa;
g) ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi orqali quyidagilarga favqulodda vaziyatlar to’g’risidagi signallar va shoshilinch ma`lumotlarni yetkazish imkoniyati mavjud bo’lsa:
ob`ekt fuqaro muhofazasi boshlig’i, ishchi-xizmatchilari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlariga;
ob`ekt avariya-qutqaruv va maxsus ishlarni bajaruvchi xizmatlarga;
ob`ektda bo’lib turgan tashrif buyuruvchilarga.
d) ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi va terminal komplekslar tayyorligi muntazam ravishda tekshirib borilsa;
e) xabar berish texnik vositalariga texnik xizmat ko’rsatilsa, foydalanish davrida muddati o’tgan vositalardagi nosozliklarni ta`mirlash yoki almashtirish o’z vaqtida amalga oshirilsa;
j) ob`ekt ishchi-xizmatchilariga xabar berish tizimining texnik holati “qoniqarli” deb baholangan bo’lsa;
z) xabar berish tizimini ishga tushirish uchun mas`ul xodimlarning navbatchiligi va ularning kasbiy tayyorgarligi tashkil etilgan bo’lsa;
i) xabar berish tizimi tayyorligini tekshirish vaqtida navbatchi xodimlar ishonchli harakat qilsalar hamda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarsalar.
2. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi quyidagi mezonlarga muvofiq bo’lgan taqdirda, “cheklangan tayyor” deb baholanadi:
a) mazkur Mezonlarning 10-bandi “a”, “v”, “g”, “d”, “e” kichik bandlari bajarilgan bo’lsa;
b) ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimlari loyiha-smeta hujjatlariga mos yaratilgan va foydalanishga topshirilgan, lekin mahalliy darajasidagi xabar berish tizimiga bilan integratsiya qilinmagan bo’lsa;
v) xabar berish texnik vositalariga o’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatilgan, nosoz qismlarni almashtirish yoki ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan, lekin xizmat muddatini o’tagan texnik qurilmalar mavjud bo’lsa;
g) xabar berish tizimini ishga tushirish uchun mas`ul bo’lgan navbatchi xodimlarning navbatchiligi va kasbiy tayyorgarligi tashkil etilgan, lekin FVDT hududiy quyi tizimi xizmatlari (zvenolari)ga, shuningdek, ob`ekt rahbariyati, ishchi-xizmatchilari va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlariga xabar berish ro’yxatlari yangilanmagan bo’lsa;
d) ob`ekt xabar berish tizimi tayyorligini tekshirishda vaqtida mas`ul xodim kamchiliklarga yo’l qo’ysa, noaniq harakat qilsa va berilgan vazifalarni muddatidan kechikib bajarsa.
3. Ob`ekt darajasidagi xabar berish tizimi mazkur Mezonlarning
2-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq bo’lmagan taqdirda, “tayyor emas” deb baholanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Quva tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida favqulodda vaziyat ro’y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro’y berganligi haqida ob`ekt darajasidagi xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimining tayyorligini baholash mezonlari
|