|
Qishloq xo’jaligida innovatsion suv tejovchi texnologiyalari
|
bet | 1/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 21,96 Kb. | | #235521 |
Bog'liq MAQOLA
QISHLOQ XO’JALIGIDA INNOVATSION SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARI
“TIQXMMI” MTU NING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI TALABASI
JO’RAYEV ZUHRIDDIN AKROM O’G’LI
Annotatsiya: Maqolaning maqsadi suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish afzalliklari va istiqbollarini o'rganishdir. Aniqlangan innovatsion suvni tejash texnologiyalaridan foydalanishning iqtisodiy samaralari. Hozirgi suv taqchilli sharoitida qishloq xo’jaligida hosildorlikni saqlagan holda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish va ortiqcha suv sarfini oldini olish.
Kalit so’zlar: Suv intensivligi, innovatsiya, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, suvdan oqilona foydalanish, resurslarni tejovchi texnologiyalar, tomchilatib sug‘orish.
Mamlakatimiz miqyosida suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni, jumladan tomchilatib sug’orish, egatga plyonka to’shab hamda o’q ariqlar o’rniga egiluvchan ko’chma quvurlar yordamida sug’orishni keng joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. Faqatgina oxirgi yillarning o’zida 7,6 ming gektardan ortiq maydonda tomchilatib sug’orish tizimi qurilib, muvaffaqiyatli tarzda ishlatilmoqda. Egatga plyonka to’shab va ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish texnologiyasi 4 ming gektarga yaqin maydonda qo’llanilib, uning asosiy qismi paxta maydonlarini sug’orishda ishlatilmoqda. Suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishda suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, davlatimiz tomonidan ushbu yo’nalishni rivojlantirish qo’llabquvvatlanmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi «2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan 2013-2017 yillar davomida jami 25 ming gektar maydonda tomchilatib sug’orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda egatga plyonka to’shab sug’orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa o’q ariqlar o’rniga ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish usullari joriy etilishi belgilangan. Zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari, ekinlarni sug’orishda suv tejovchi istiqbolli usullarni qo’llashda yomg’irlatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori 20-25 % gacha kamayadi, yer ostidan sug’orishda dalaga suv berish miqdori 25-30 % gacha kamayadi, tomchilatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 % gacha kamayadi, egat olinmaydi.
|
| |